qo‘llaniladi. Chunki metil spirti juda zaharli bo‘lib, kuchli zaharlanish holatlarini chaqirishi
xususiyatlariga ham ega. Jarrohlar qo‘llarini yuvishi uchun va operatsiya maydonlariga ishlov
berishda keng qo‘llaniladi. Bunday hollarda spirtning 70 % eritmasidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Chunki kuchli spirt birikmasi terilarni qotirib, teshiklarini yopib qo‘yishi, chuqurda
yotgan mikroblarning saqlanib qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. 90–95 % li spirtlar asosan
kesuvchi jarrohlik asboblari va jihozlarni sterillashda qo‘llaniladi.
5. Formaldegid guruhi.Asosan bu guruhdan formalin qo‘llaniladi.
Formalin formaldegidning 40 % suvli eritmasidir. Qotiruvchi antiseptik vosita sifatida
6. Fyenol guruhi.
Qatron (dyogot) – oq qayin daraxti po‘stlog‘ining quruq ishlovi natijasida olinadi. Antiseptik
7. Anilin bo‘yoqlari guruhi.
Antiseptiklar sifatida quyidagi bo‘yoqlar:
– etakridin (rivanol) – yiringli jarohat va bo‘shliqlarni yuvishda;
– brilliant ko‘kining 0,1–2 % spirtli eritmalari yiringli yaralarga surtish maqsadida;
– metilen ko‘ki kuyishlarda, piodermiya va siydik pufagini yuvishda (0,02 % suvli eritmasi) 1–3
% spirtli eritmalari ishlatiladi.
8. Nitrofuranlar hosilalari guruhi.
Kam zaharli va kuchli antiseptiklardan sanaladi. Klinik amaliyotda qo‘llaniladiganlari:
– furatsillin – yiringli jarohat va bo‘shliqlarni yuvish va chayqashda 0,2 % eritma va malhamlar
ko‘rinishida qo‘llaniladi;
– furagin – jarohat infeksiyalari va kuyishlarda eritmalari, ichishga tabletkalari ishlatiladi;
– furadonin – siydik yo‘llari infeksiyalarida tabletkalar ko‘rinishida qo‘llaniladi.
9. Sulfanilamid preparatlari guruhi.
Mikroblarning o‘sishi va rivojlanishiga bakteriostatik (streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk
va h. k. ) ta’sirini yaqqol namoyon qilishi bilan quyidagilar alohida ajralib turadi:
– streptotsid – yallig’lanishga qarshi, jarohatlar infeksiyalanishining oldini olish va davolashda;
– norsulfazol – ichish uchun tabletka ko‘rinishida;
– sulfatsil – eritilgani yiringli jarohatlarni davolashda ishlatiladi.
10. Antibiotiklar ( biologik antiseptiklar).
Antibiotiklar
bakteriyalar
hayot
faoliyatini
to‘xtatgan
hayvonlar,
o‘simliklar va mikroblar mahsulotidir.
Bu mahsulotlar amaliyotda har xil dorilar shaklida, ya’ni ichish uchun tabletkalar, mahalliy
eritmalar va malhamlar ko‘rinishida, musqo`l va tomirlarga yuborish uchun keng ko‘lamda
qo‘llaniladi.
Antibiotiklar bir necha turga bo‘linadi:
– penitsillin;
– streptomitsin;
– tetrasiklin;
– eritromitsin;
– sintomitsin va boshqalalar.
Antibiotiklar,
o‘zlarining
ta’sir
kuchlariga
qarab,
ma’lum
mik-
roorganizmlarga nisbatan yuqori ta’sir etishi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham
kasallikning rivojlanish bosqichi va uni chaqiruvchi mikroorganizmlarning tanlangan
antibiotiklarga sezuvchanligi inobatga olinganda davolash samarasi yuqori bo‘ladi. Ayrim
hollarda antibiotiklar organizmlarda
turli
xil
allergik
reaksiyalar
chaqirishi
mumkin, ya’ni antibiotik yuborilganda organizm qarshilik ko‘rsatib, bir necha daqiqa
ichida anafilaktik shok chaqirishi, natija o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.
Ba’zan bu allergik qarshiliklar kechikkan holda, ya’ni antibiotiklar yuborilgandan bir necha
soat yoki kundan keyin ham yuz berishi mumkin. Shuning uchun ham har bir antibiotikni
yuborishdan oldin bemordan mazkur darmonlarni olganligi haqida ma’lumotlar yig‘ish, olgan
bo‘lsa, teri qichishi, qizarishi, shilliq pardalarning shishlari kabi alomatlar bo‘lganligi haqidagi
ma’lumotlarga asoslangan holda ish olib borish zarur. Bundan tashqari, yuqoridagi asoratlarning
oldini olish uchun oldindan terining antibiotikka sezuvchanligini aniqlash maqsadida sinamalar
qo‘yiladi. Buning uchun 500000 birlikdagi penitsilinni 5 ml suvda eritib, undan 0,1 ml ga yaqin
eritmasi bilakning oldingi qismi terisi ichiga «limon po‘sti» hosil qilib yuboriladi, 30–60 daqiqa
ichida esa terida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib borish shart.
Agarda teri atrofida qizarish, qizil donachalar, shish va teri qichishlari paydo bo‘lsa, organizmning
mazkur antibiotikka nisbatan qarshiligi borligini ko‘rsatadi. Bunday hollarda qolgan antibiotik
eritmasini yuborish qat’iyan man etiladi.
Maqsadga
muvofiq
samara
olish
va
mikroorganizmlarning
antibiotiklarga nisbatan moslanishini pasaytirish maqsadida, bir vaqtda bir necha antibiotiklarni
birga qo‘llash tavsiya qilinadi. Masalan, tetrasiklinni eritromitsin va oleandometsin bilan, ammo
shu bilan birgalikda, ba’zi bir, ya’ni penitsillinni eritromitsin bilan, streptomitsinni tetrasiklin