O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Buyumlarning sterilizatsiya oldi ishlov sifatini tekshirish nazorati



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/244
Sana15.08.2021
Hajmi1,67 Mb.
#148042
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   244
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг

Buyumlarning sterilizatsiya oldi ishlov sifatini tekshirish nazorati 
 
Qon  qoldiqlari  mavjudligini  bilish  uchun  orto-tolidinli  yoki  amidopirinli 
sinamalar  qo’llaniladi.  Yuvish  vositalari  qoldiqlarini  aniqlashda  esa  fenolftaleinli 
sinama qo’llaniladi. 
ORTO-TOLIDINLI  SINAMA  teng  miqdordagi  hajmda  distillangan  suvda 
tayyorlangan  orto-tolidinning  1%  li  suvdagi  eritmasi  va  vodorod  peroksidining 
3%li eritmasi aralashtiriladi. Tampon ho’llanib tibbiy anjom artiladi,  qon qoldig’i 
bo’lsa ko’k-yashil rang paydo bo’ladi. 
AMIDOPIRINLI SINAMA. Teng miqdordagi 5% li amidopirinning spirtdagi 


 
86 
eritmasi,  30%  li  sirka  kislotasi  va  3%  li  vodorod  peroksid  eritmasi  olinib 
aralashtiriladi. Nazorat qilinayotgan buyumga birlamchi reaktiv tomiziladi. Agar u 
ifloslangan bo’lsa ko’k yashilga bo’yaladi. 
FENOLFTALEINLI  SINAMA  quyidagicha  qo’yiladi:  fenolftalinning  1%  li 
spirtli eritmasi tayyorlanib buyumlar yuzasiga 1 tomchi suriladi (tomiziladi). Agar 
buyum yuzasida yuvuvchi vosita qoldig’i bo’lsa eritma pushti rangga bo’yaladi. 
Sterilizatsiyadan  oldin  ishlov  berilgan  buyumlarning  har  bir  turining  1% 
nazoratdan o’tishi shart. DSENM va dezinfeksiya xodimlari davolash-profilaktika 
muassasalarida  sterilizatsiyadan  oldingi  ishlovni  kamida  har  3  oyda  1  marotaba 
nazorat qilishlari kerak. 
T.  I.  ISKANDAROV  SINAMASI.  Iskandarov  sinamasining  yuqorida 
ko’rsatilgan sinamalardan (amidopirin, orto-tolidin) keskin farq qilib, tibbiy asbob-
uskunalarda  qon  yoki  uning  elementlari  qoldiqlari  qolgan  yoki  qolmaganligini 
aniqlab  ko’rsatib  beradi.  Yangi  usulning  afzalligi  yana  shundaki,  unda  nafaqat 
yangi qon qoldiqlari, balki plazma va zardoblar qoldiqlari ham samarali aniqlanadi. 
Bu  esa  gepatit  V,  OITS  (SPID)  kabi  kasalliklarning  tarqalishining  oldini  olishda 
epidemiologik jihatdan juda katta ahamiyat kasb etadi. 
T.  I.  Iskandarov  sinamasining  yutuq  tomonlaridan  yana  biri  shuki,  bunda 
tekshirilayotgan  asbob  anjomlar,  ularning  yuzalari  sinama  uchun  ishlatiluvchi 
eritmalar  bilan  muloqatda  (kontakt)  bo’lmaydi,  shuning  uchun  bu  anjomlarni 
sinama o’tkazilgandan so’ng qayta ishlovdan o’tkazish shart emas. 
Sinamani  qo’yish  uchun  dastlab  3  ta  eritma  tayyorlab  olinadi,  ya’ni 
qiyoslovchi eritma. 
№1 eritma — asosiy indikator eritma (T. I. Iskavdarov eritmasi); 
№2 eritma - musbat natijalarni qiyoslash uchun; 
№3 eritma - manfiy natijalarni qiyoslash uchun. 
Plastinkaga  №2  eritmadan  1  tomchi  va  №3  eritmadan  1  tomchi  tomiziladi 
hamda ularga 1 tomchidan №1 eritmadan qo’shiladi. 
Musbat sinama (№2eritma + №1eritma) ko’k rangda. 
Manfiy sinama (№3eritma + №1eritma) pushti rangta bo’yaladi. 
Taqqoslovchi  sinamalar  tayyor  bo’lgach,  asosiy  sinamaga  o’tish  mumkin. 
Tekshirilayotgan  shprislarga  3-4  tomchi  distillangan  suv  quyiladi  va  qolgan  qon 
qoldiqlarini  aralashtirish  uchun  shpris  porsheni  silindr  ichida  bir  necha  bor 
harakatlantiriladi. Bu suyuqlikdan №1 eritmaga 1 tomchi tomiziladi. Natija musbat 
bo’lsa ko’k ranga bo’yaladi. 
Bug’  bilan  sterilizatsiya  qilish  usuli:  To’yingan  suv  bug’i  bosim  ostida 
qo’llanilganda  barcha  turdagi  mikroblarni  yo’qotishda  yaxshi  natija  beradi.  Bug’ 
bilan  sterilizatsiya  uslubi  bug’  sterilizatorlarida  amalga  oshiriladi.  Bug’  bilan 
sterilizatsiyalash 
kasalxonalar  va  poliklinikalarning  turli  bo’limlarida, 
mikrobiologiya  laboratoriyalarida,  farmasevtika  va  boshqa  muassasalarda 
qo’llaniladi. 
Bug’li  sterilizatsiyaga  yara  yuzasiga  teguvchi,  qon  va  uning  preparatlariga 
hamda  shilliq  qavatga  tegib,  uni  jarohatlantirish  holati  bo’lgan  asbob-uskunalar 
beriladi.  Bug’li  sterilizatorlar  tuzilishi,  hajmi,  ishlash  bosimi  va  boshqa 


 
87 
ko’rsatkichlariga qarab farqlanadi, sterilizatorlar turi: yumaloq, to’g’ri, burchakli. 
Bug’li sterilizator ishining nazorati. Elektr yordamida isitiladigan tik holdaga 
bug’li  sterilizatorlar  quyidagilardan  iborat:  sterilizatsiya  kamerasi,  vodoprovod 
kamerasi  va  himoya  qiluvchi  g’ilof.  Ish  tartibi:  bug’  bosimida  (atmosfera 
bosimidan  yuqori)  (1  kg/sm
2
)  va  harorati  120°S  45  daqiqa  ushlanadi,  bosimi 
(2kg/sm
3
) va harorati 132 °S bo’lganda 20 daqiqa ushlanadi. 
Bug’li  sterilizatsiya  sifatini  bakteriologik  sinovdan  o’tkazishda  tarkibida 
120°S haroratli bug’ ta’siriga 3-5 daqiqa davomida chidash bera oladigan sporali 
saprofitlari bor bo’lgan bog’ tuprog’i sinamasi qo’llaniladi. Nazorat paytida bironta 
sinamada  sporalar  o’sishi  kuzatilsa,  sinama  qaytariladi.  Maboda  yana  o’shanday 
natija  olinsa,  sterilizatorning  sifatsiz  ishlash  sabablari  aniqlanib  tuzatilguncha 
to’xtatib  qo’yiladi.  Markazlashgan  sterilizatsiya  bo’limlarida  bug’li  sterilizatorlar 
ishi yil mobaynida kamida 2 marta tekshiriladi. Sterilizatorlarning umumiy sonidan 
tanlab 30% tekshiruvdan o’tkaziladi. 
Bug’li  sterilizatsiyani  sifatini  termik  nazorat  yordamida  ham  o’tkazish 
mumkin. Bu usul ayrim moddalarni turli haroratlarda rangini o’zgarishi yoki erish 
xususiyatlariga  asoslangan.  Bu  usullardan  biri  Mikulich  usulidir.  Eng  samarador 
usullardan  bo’lgan bu  usul  kukunsimon moddalar bilan  o’tkaziladi.  Bu  moddalar 
turli haroratlar ta’sirida erish xususiyatiga egadir. Kukunsimon  moddalarni kichik 
shisha  probirkalarga  solinib  berkitiladi  va  sterillanayotgan  biksni  ichiga  solinadi. 
Asosan  quyidagi  moddalardan  foydalaniladi:  oltingugurt  (erish  harorati  111-
120°S),  antipirin  (113°S),  rezorsin  (110-119°S),  benzoy  kislotasi  (121°S),  naftol 
(120-122°S), fenasetin (134-135°S). 
 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish