Dezinfeksiya usullari
Dezinfeksiyaning asosan to’rtta usullari bor: mexanik, fizikaviy, kimyoviy va
biologik. Amaliyotda ularning har biridan alohida yoki bir necha usuldan
birgalikda foydalaniladi.
Dezinfeksiyaning fizikaviy usuli. Bu usulda zararsizlantirish uchun yuqori
haroratning har xil turlaridan (olov, issiq havo, qaynatish va suv bug’i) Shuningdek
quyosh nurlari, ultrabinafsha nurlari va radiatsiyaning boshqa vositalaridan
foydalaniladi.
Fizikaviy usul Shuningdek mikroblarni o’ldirmay, zararsizlantirish, ya’ni
ularni yo’qotadigan barcha mexanik usullarni ham o’z ichiga oladi. Masalan:
xonalarni shamollatish, tozalash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |