O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/244
Sana15.08.2021
Hajmi1,67 Mb.
#148042
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   244
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг

Moyillik.  B  gepatitiga  nisbatan  aholi  moyilligi  umumiy,  ya’ni  organizmida 
shu kasallikka nisbatan (maxsus) immuniteti bo’lmagan barcha shaxslar moyildir. 
Immunitet  esa  o’tkir  B  gepatit  asoratsiz  intihosiga  yetganida  (postinfeksion 
immunitet)  va  unga  qarshi  emlash  natijasida  (postvaksional  immunitet)  paydo 
bo’ladi. V gepatit bilan og’rib o’tganlarning qayta kasallanishi juda kam kuzatiladi. 
Epidemik  jarayon  ko’rinishlari.  B  gepatit  infeksiyasining  epidemik 
jarayoni quyidagi ko’rinishlar bilan xarakterlanadi: 
-  barcha joyda tarqalganlik va notekis hududiy taqsimlanish; 
-  ko’p yillik dinamikada o’sish tendensiyasi; 
-  aholining  turli  yosh  va  ijtimoiy  -  kasbiy  guruhlarning  turlicha 
zararlanganligi; 
- surunkali infeksiyaga chalinganlar atrofida yakka o’choqlik shakllanishi; 
-  tibbiyot muassasalarida infeksiya yuqishining yuqoriligi; 
B  gepatit  infeksiyasi  barcha  joylarda  uchraydi,  lekin  uning  tarqalish 
darajasida  hududiy  tafovut  yaqqol  ko’zga  tashlanadi.  Muayyan  joydagi  epidemik 
jarayon  jadalligi  haqida  kasallanish  ko’rsatkichlari  aholi  o’rtasida  HBsAg  va 
tegishli  antitelolarni  aniqlash  darajasiga  qarab  xulosa  chiqariladi.  Shularga 
asoslanib  yer  yuzi  uchta  zonaga  -  B  gepatit  bo’yicha  yuqori,  o’rtacha  va  past 
epidemiklikdagi hududlarga ajratiladi. 
Yuqori epidemiklikdagi hududlarda (Janubiy -Sharqiy Osiyo, Janubiy Afrika, 
Amazonka  daryosi  basseyni,  Markaziy  Osiyo,  ayrim  O’rta  Sharq  va  Sharqiy 
Evropa  mamlakatlari)  anamnestik  yoki  hozir  kechayotgan  B  gepatit  infeksiyasi 
serologik  markerlar  70-90%,  jumladan  HBsAg  tashuvchiligi  8-20%  aholida 


 
168 
aniqlanadi. 
O’rta Sharq, Markaziy va Janubiy Amerika, ayrim Janubiy va Sharqiy Evropa 
endemiklikdagi  o’rtacha  hudud  bo’lib,  serologik  markerlar  aniqlanishi  20-55%, 
HBsAg  tashuvchilik 2-7%ni tashkil etadi. 
Past  endemiklikdagi  hududlarga  Shimoliy  Amerika,  G’arbiy  va  Shimoliy 
Evropa,  Avstraliya  va  qisman  Janubiy  Amerika  mansub  bo’lib,  bu  erlarda 
serologik markerlar 20%,  HBsAg  2% aholida aniqlanadi. 
Jahonning  ko’pgina  mamlakatlarida  o’tkir  va  surunkali  B  gepatit  bilan 
kasallanishning  ko’p  yillik  dinamikasida  o’sish  tendensiyasi  kuzatilmoqda. 
Surunkali  B  gepatit  o’sish  tendensiyasi  surunkali  bemorlar  to’planib  borish 
jarayonini aks ettiradi. 
Aholining  ayrim  qatlamlari,  yosh,  ijtimoiy-kasbiy  guruhlari  o’rtasida  sun’iy 
yoki tabiiy yuqish yo’llarining faol ta’sir etib turishi xatarli guruhlar shakllanishiga 
sabab bo’ladi. 
Infeksiyaning  sun’iy  yuqish  xavfi  retsipientlar,  turli  parenteral  tibbiy 
muolajalarni ko’plab qabul qiluvchi o’tkir va surunkali bemorlar, giyohvandlarda 
yuqoridir.  O’z  kasb-koriga  ko’ra  ko’pgina  tibbiyot  xodimlari  xatarli  guruhga 
mansub. 
Virus-tashuvchi  onalardan  tug’ilgan  chaqaloqlar,  bolalarning  yopiq 
muassasalari  tarbiyalanuvchilari,  fohishalar  va  surunkali  B  gepatit  infeksiyasi 
o’chog’ida yashovchilar kasallikni tabiiy yuqtirish nuqtai nazaridan xatarli guruhga 
kiritiladi. 
Surunkali  infeksiyaga  chalingan  bemorlar  atrofidagi  barcha  oila  a’zolari 
epidemik jarayonga jalb etilib, kuchli va uzoq saqlanib qoluvchi oilaviy epidemik 
o’choq shakllanishi mumkin. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish