156
oshxonasi) dushxonalar bevosita zararsizlantiriladi.
5. Poliklinikalarda, ambulatoriyalarda, bolalar konsultatsiyasi va boshqa
davolash profilaktik muassasalarida vabo bilan og’rigan bemor yoki shunga
gumon
qilinayotgan odam aniqlansa, shu muassasa xodimlari tomonidan najas va qusuq
moddalari, bemor bo’lgan vrach xonalari va boshqa xonalar, umumiy foydalanish
varaqalari, asboblar dezinfeksiya qilinadi.
6. Shifoxona va izolyatorlarni ochishdan oldin bino ichida va Shu maydonda
profilaktik dezinfeksiya qilinadi.
Shifoxona bo’limlarida kundalik dezinfeksiya ishlari kichik tibbiyot xodimlari
tomonidan, bo’lim katta hamshirasining bevosita rahbarligi ostida bajariladi. Vabo
bilan kasallanganlar yoki vaboga gumon qilinayotganlar uchun shifoxona (bo’lim)
dezinfektorlari
markazlashtirilgan
holatda
dezinfeksiyalovchi
vositalar
tayyorlaydilar:
a) qabul bo’limi sanitariya ishlovi o’tkazgichida (san.propusknik) I-II darajali
suv yo’qotgan bemorlarga sanitariya ishlovi o’tkaziladi (bu paytda dushdan
foydalanilmaydi) va ishlatilgan suv va xona zararsizlantiriladi.
b) bemorning buyumlari kleyonkali qopga yig’ilib, zararsizlantirish uchun
dezinfeksion kameraga
yuboriladi;
v) bemor qabulidan so’ng, qabul bo’limi xonasi dezinfeksiya
qilinadi;
g) bemorlar shaxsiy tuvaklar yoki tagga qo’yiladigan idish (podkladnыe
sudna) bilan ta’minlanadilar;
d) bemor ajratmalari idishlarda zararsizlantiriladi. Zararsizlantirilgan
ajratmalar (chiqindilar) kanalizatsiya quvuriga yoki maxsus ajratilgan xonada
dezinfeksiyalovchi eritmaga solinib, maxsus tayyorlangan, suv o’tkazmas zovur
(chuqur)ga quyiladi;
e) yumshoq buyumlar (bemorning ichki kiyimlari va yotoq choyshablari)
klyonka qoplarga yig’ilib (og’zi yopilgan holatda) qaynatish yo’li bilan yoki
maxsus ajratilgan xonalarda dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ho’llash-namlash
yo’li bilan zararsizlantiriladi;
j) bemor shifoxonadan chiqarilganda yoki vafot etgandan so’ng o’rin joy
anjomlari (ko’rpa, to’shak, yostiqlar) dezinfeksion kameralarda zararsizlantiriladi;
z) bemor foydalangan oshxona idish-tovoqlari, ovqat qoldiqlaridan tozalanib
qaynatish yoki dezinfeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantiriladi. Idish-tovoq
zararsizlantirilgach, yuviladi, quritiladi va yana shu bo’limdan boshqa yerlarga
chiqarilmagan holda ishlatiladi;
i)
palatalarda,
koridorlarda,
oziq-ovqat
tayyorlaydigan
joylarda
dezinfeksiyalovchi eritmalardan foydalangan holda, kuniga 2 martalab namlab
tozalab chiqiladi;
k) infeksion shifoxonaning barcha xonalarida pashshalarga qarshi chora-
tadbirlar olib boriladi;
l) tozalash-asbob-uskunalari (tog’aralar, chelaklar va x,.k.) belgilanib,
qat’iyan o’z vazifasi bo’yicha (qatiy ko’rsatmaga binoan) ishlatiladi va har bir
ishlatishdan so’ng zararsizlantiriladi;
m) shifoxonani berkitish - yopish vaqtida yakuniy dezinfeksiya o’tkazilib,
157
albatta uning sifati tekshiriladi.
9. O’liklar (murdalar)ni yorish, tashish va ko’mish ishlari. “ I-II guruh
yuqumli kasalliklari qo’zg’atuvchilari bilan zararlangan yoki zararlanishga gumon
qilinayotgan materiallar bilan ishlashning epidemiyaga qarshi tartibi” nomli
amaldagi instruksiyaga mos ravishda o’tkaziladi (Toshkent, 1992).
10. Aholi yashash punktlarida vabo tez avj olish paytida hovli sanitariya
qurilishlarini zararsizlantirish va pashshalarni qirish chora-tadbirlari yuzasidan
profilaktik dezinfeksiya chora-tadbirlari olib boriladi.
11. Qishloq joylarida, shu jumladan dala shiyponlarida ham, zararsizlantirish
chora-tadbirlari shahar sharoitidagidek amalga oshiriladi. Vabo bilan kasallangan
bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar uyida qoldirilgan holatlarda kundalik
dezinfeksiya ishlari bemor bilan muloqotda bo’lganlar yordamida amalga
oshiriladi.
12. Dezinfeksion chora-tabirlar o’tkazish va uni tashkil etish yuzasidan va
zararsizlantirish bo’yicha dezinfeksiya stansiyasi va DSENM mutaxassislari yo’l-
yo’riqlar ko’rsatib borishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: