Ko’p yillik epidemik tendensiya
Tendensiya to’g’ri yoki egri chiziqli bo’lishi mumkin:
a) to’g’ri chiziqli tendensiya infeksiya tarqalishidagi sabablarning o’zgarishi
bilan bog’liq.
b) egri chiziqli tendensiya - sabablar notekis ta’sir etganda sodir bo’ladi.
Ko’p yillik epidemik tendensiya asosida odamlarning hayot sharoitlarining
o’zgarishi, ya’ni ijtimoiy omillar yotadi. Har xil infeksiyalarda ko’p yillik
epidemik tendensiyalarning o’zgarishi bir xil emas.
Boshqariladigan infeksiyalar ko’p yillik tendensiyasi profilaktik emlash
tadbirlarining sifatiga bog’liq boshqarilmaydigan infeksiyalar (gripp, ORZ)
tendensiyasi asosida aholi soni o’zgarishi va uning aholi punktlarida va ular
orasida muloqotda bo’lishi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |