Gijjalar lichinkalarini Berman usuli bo’yicha najasda aniqlash
Bu usul gijjalar lichinkalarining issiqlikda migratsiya qilish xususiyatiga
asoslangan.
Reaktiv zarur emas.
Maxsus jihozlar - Petri kosachalari.
Aniqlash - Petri kosachasida najasning ozgina qismi suv bilan aralashtiriladi
va muallaq moddalarning cho’kishi uchun bir necha daqiqaga qoldiriladi.
Cho’kma usti suyuqligi to’kib toza suv bilan aralashtiriladi. Bu muolaja cho’kma
osti suyuqligi tiniq bo’lguncha bir necha bor amalga oshiriladi, yuvilgan cho’kma
mikroskop ostida tekshiriladi. Tekshirish uchun najasning bir necha namunasidan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |