Epizootik va epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi. Quturish kasalligi
qo’zg’atuvchisi yovvoyi hayvonlar (tabiiy o’choq) va uy hayvonlari (antropurgik
o’choqlar) o’rtasida doimiy aylanib yurishi hisobiga tabiatda mavjud bo’lishi
mumkin. Dunyoning deyarli barcha hududlarida tabiiy quturish hollari turli
hayvonlar turlari ishtirokida doimiy kuzatilib turadi (Evropada - qizil tulki,
Amerikada -peses, koyot, skuns, enot, ko’rshapalak, O’rta Sharqda - bo’ri,
Afrikada - chiya bo’ri). Agar odam qo’zg’atuvchining sirkulyatsiya jarayoniga faol
ravishda aralashmasa, virus antropurgik o’choqlarda uzoq vaqtlar saqlanishi
mumkin. Virus sut emizuvchilarning ko’pchilik turlariga patogen hisoblanadi.
Shuning uchun tabiiy va antropurgik o’choqlarda turli hayvonlar - bo’rilar, chiya
bo’rilar, tulkilar, enot itlari, itlar, muhhuklar, yirik va mayda shoxli mollar
zararlanishi mumkin. Lekin itsimonlar turiga kiruvchi hayvonlar epizootik
jarayonni shakllantirishda yetakchi o’rinni egallaydi. Bu shu bilan tushuntiriladiki,
itsimonlar turi to’da holda hayot kechirishadi va turlararo munosabatlar ko’pincha
talashish, jarohatlanish bilan kuzatiladi. Hayvonlar so’lagida virus kasallik
alomatlari yuzaga chiqishdan 5 kun burun paydo bo’ladi va kasallikning butun
klinik davri mobaynida mavjud bo’lib turadi, klinik davr esa kamdan-kam hollarda
5 kundan ortiq davom etadi va hamisha o’lim bilan tugaydi. Shunday qilib,
hayvonlar hayotining taxminan oxirgi 10 kunida yuqumli hisoblanadi.
Turli hayvonlar so’lagida virusning bo’lishi va konsentratsiyasi bir xil emas.
Kasal bo’ri so’lagida virus 90-100% hollarda aniqlanadi. Tulkilarda esa 75-87%,
itlarda - 75%, sigirlarda esa - 45-47% hollarda virusni aniqlash mumkin. Itsimonlar
so’lagida yuqori konsentratsiyada gialuronidaza fermenti bo’lib, u virusning
to’qimaga kirishi xususiyatini oshiradi. Bemor odam tabiiy sharoitlarda
epidemiologik ahamiyatga ega emas. Tailandda gidrofobiyadan o’lgan odamlar
ko’zini shox pardasini ko’chirib o’tkazish operatsiyalari natijasida bir nechta
198
kasallik yuqish hollari qayd etilgan. Shuningdek, bemorlarni parvarishlash
jarayonida ma’lum xavfsizlik choralarini qo’llash, ehtiyot bo’lish zarur. Odatda
odam quturgan hayvonlar jarohatlashi, tishlashi yoki ko’proq hollarda ularning
so’lagi tegishi natijasida kasallikni yuqtiradi.
Yashirin davr shtammning virulentligiga, tishlangan joyiga va uning hajmiga
bog’liq. Yuz, bosh, bo’yin va qo’l barmoqlaridagi jarohatlar ko’proq xavfli.
Jarohatning bunday joylashishida yashirin davri qisqa bo’ladi (bir necha kun - 10
kun va undan yuqoriroq). Organizmning pastki qismlari jarohatlarida, ayniqsa
yuzaki yoki so’lak tegishidan iborat bo’lsa yashirin davr bir necha oyga cho’ziladi.
Virus bir qancha muddat organizmga kirgan joyida bo’ladi (turli mualliflar
ma’lumotlariga ko’ra bir necha soatdan - 6 kungacha). So’ngra u markazga
intiluvchi harakatlanib, dorsal koreshok gangliyalarida nerv tolalari bo’ylab
tarqaladi, bosh miyaning kulrang moddasiga boradi va neyronlarda ko’payadi.
Yuqishning muloqot mexanizmi orqali bo’lishi virusning markazdan qochuvchi
nerv tugunlari va so’lak bezlari kanalchalarida ko’payishi hamda to’planishi
hisobiga amalga oshadi.
So’lak bezlari yo’llariga virusning chiqishi, uning so’lak orqali tishlash
jarayonida yuqishini ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash joizki, qutirgan hayvon
tishlagan har bir odam ham kasallanavermaydi. Qutirgan itlar tishlaganlardan
taxminan 30%i, bo’rilar tishlaganidan 45 %i kasallanishadi. Bu avvalo jarohatga
tushgan infeksiya miqdori bilan belgilanadi. Bu esa o’z navbatida jarohatlangan
joyga va uning hajmiga bog’liq. Ma’lumotlarga ko’ra, quturgan hayvonlar yuzdan
tishlaganida gidrofobiya o’rtacha 90% hollarda, qo’l va barmoqlari
jarohatlanishida 63%, qo’l va oyoqlarni proksimal qismlarini tishlaganda 23%
hollarda kuzatiladi.
Shtammlarning virulentligi turlicha bo’lib, bu ham kasallanishga ta’sir etadi.
Ayniqsa, bo’ri shtammlari xavflidir. Bolalar kattalarga nisbatan infeksiyaga o’ta
moyil bo’ladilar.
Quturishning tabiiy o’choqlari Avstraliya, Okeaniya va Antraktidadan boshqa
hamma joylarda uchraydi. Antropurgik o’choqlarning ahamiyati dunyo miqiyosida
ancha pasayib ketdi. Lekin O’zbekistonda uysiz-daydi itlar ko’p bo’lgani uchun
antropurgik o’choqlar ahamiyati kattadir.
Quturish bilan kasallanish asosan quyidagilarga bog’liq:
1) antirabik yordam uchun murojaat qilmaslik;
2) jarohatlanganlarning antirabik yordam uchun kech murojaat qilishlari
bilan;
3) emlash paytida rejimning buzilishi;
4) immunizatsiya siklining tugallanmaganligi.
Taxminan 60% kasallanganlar kasal hayvon bilan muloqotda bo’lgandan
keyin umuman tibbiyot muassasasiga murojaat qilmagan. Kasallanganlar orasida
erkaklar taxminan 75%ni tashkil etishadi, bu ularning xo’jalik faoliyatlari va tabiiy
o’choqlar bilan ko’p duch kelishi ehtimolligiga bog’liq. Kasallik odatda kichik
yoshdagi bolalarda (4 yoshgacha) uchramaydi. Bunga sabab ularning yovvoyi va
daydi hayvonlar bilan kam muloqotda bo’lishlaridadir va aksincha, bunday
199
muloqotlarning epidemiologik ahamiyati 4-14 yoshdagi bolalarda (2,5% atrofida)
hamda faol mehnat yoshidagilarda - 20 dan 50 yoshgacha (50%dan yuqoriroq)
oshadi.
Odamlarning gidrofobiyani yuqtirishlari va ularning kasallanishi asosan
turlicha bo’ladi. Yovvoyi hayvonlar va uy hayvonlaridan yuqtirishda mavsumiylik
turlicha bo’ladi. Yovvoyi hayvonlar bilan muloqot yozda, uy hayvonlari bilan
muloqot esa yil davomida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |