O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Yuqish  yo’llari  va  omillari



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/244
Sana15.08.2021
Hajmi1,67 Mb.
#148042
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   244
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг

    Bu sahifa navigatsiya:
  • HBsAg
Yuqish  yo’llari  va  omillari.  B  gepatit  virusi  tabiiy  va  sun’iy  yo’llar  bilan 
yuqishi  mumkin.  Tabiiy  yo’llar  tadrijiy  taraqqiyot  jarayonida  shakllangan  bo’lib, 
qo’zg’atuvchining  tur  sifatida  saqlanib  qolishini  ta’minlaydi.  Tabiiy  yo’llar, 
xususan, infeksiyaning onadan homilaga (antenatal, perinatal, postnatal), jinsiy va 
turmushdagi  yaqin  maishiy  muloqot  natijasida  berilishida  kuzatiladi.  Qon 
so’ruvchi  hasharotlar  organizmida  HBsAg  aniqlanishi  (28  turdagi  hasharotlar 
organizmida  HBsAg  topilgan)  infeksiyaning  transmissiv  mexanizmi  bilan  ham 
tarqalishini ko’rsatadi. 
B  gepatit  virusining  sun’iy  yo’llar  bilan  yuqishi  qon  va  qon  mahsulotlarini 
quyishda,  teri  hamda  shilliq  qavatlar  butunligi  buzilishga  sabab  bo’luvchi  turli-
tuman  tibbiy,  notibbiy  muolajalar  oqibatida  kuzatiladi.  Infeksiya  manbaidagi, 
ko’pincha, kasallikning tashqi alomatlarisiz kechadigan uzoq muddatli va intensiv 
virusemiya qon hamda yuqish uchun ko’maklaShuvchi holat bo’lib xizmat qiladi. 
Infeksiya  yuqishi  sodir  etilishi  uchun  juda  kam  miqdordagi  (10
-6
  –  10
-7
ml) 
tarkibida  virus  saqlovchi  qon  kifoyadir.  Bunday  xajmdagi  qon  esa  faqat  ignasini 
almashtirib shprislardan qayta foydalanilganida, tibbiy anjomlar etarlicha mexanik 
tozalanmaganida saqlanib qolishi mumkin. 
Notibbiy  muolajalarda  yuqish  giyohvand  moddalarni  parenteral  qabul 
qiluvchi  giyohvandlar  o’rtasida,  tatuirovka,  turli  kosmetik  va  milliy  odatlarni 
bajarish  kabi  jarayonlarda  sodir  etiladi.  Muayyan  hududlarda  V  gepatit  virusi 
yuqishining ma’lum bir yo’li asosiy hisoblanib dominantlik qilishi mumkin. Turli 
hududlarda  turlicha  yo’llarning  u  yoki  bu  darajada  faol  ta’sir  etib  turishi  shu 
joyning  endemiklik  darajasiga,  sanitar-gigiyenik  holatiga,  ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlariga,  xususan  tibbiy  xizmat  saviyasiga,  aholi  turmush  tarzi  va  darajasiga, 
urf-odatlariga bevosita bog’liqdir. 

gepatitga 
nisbatan 
yuqori 
endemiklikdagi 
hududlarda  ko’proq 
infeksiyaning onadan homilaga va bolalarga yuqtirilishi xosdir. 
Rivojlangan mamlakatlarda esa giyohvand moddalarni parenteral qo’llash va 
jinsiy  (geteroseksual  va  gomoseksual)  yo’llar  bilan  yuqishi  ko’pchilikni  tashkil 
qiladi.  Bu  mamlakatlarda  tibbiy  muolajalar  oqibatida  infeksiya  yuqishi  1% 
atrofida. 
Aksincha,  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  tibbiy  muolajalar  o’tkazishda  va 
infeksiya  manbaining  oila  a’zolari  o’rtasida  maishiy  yuqishi  asosiy  o’rinni 
egallaydi. 
O’zbekiston  B  gepatitga  nisbatan  giperendemik  hudud  bo’lganligi  sababli 


 
167 
perinatal  yuqishning  salmog’i  yuqori,  lekin  mamlakatimizda  tibbiy  muolajalar 
oqibatida infeksiya yuqishi o’ta dolzarb muammo bo’lib turibdi  - o’tkir B gepatit 
bemorlarining  qariyib  50%i  kasallikni  aynan  shu  yo’l  bilan  yuqtirishayotganligi 
kuzatilmoqda. 
Shuningdek,  sun’iy  yuqish  yo’llari  hisobiga  ba’zan  B  gepatit  epidemik 
jarayoni chaqnash tusini olishi mumkin. 
B  gepatit  qo’zg’atuvchisi  infeksiya  manbaining  ko’pgina  biologik 
suyuqliklari  va  ajratmalarida  -  qon,  zardob,  yaralar  ekssudati,  shahvat,  qin 
ajratmasi, so’lak, ko’z yoshi, ter suyuqligi, ko’krak suti, siydik, najasda topilgan. 
Bu  biologik  suyuqliklar,  ajratmalar  va  ular  bilan  ifloslangan  turli  tibbiy-notibbiy 
anjomlar,  predmetlar,  buyumlar  yuqtirish  omillari  bo’lib  xizmat  qilishadi. 
Bulardan qon, zardob, yaralar ajratmasi, shahvat, qin ajratmasi, so’lak va ular bilan 
ifloslangan turli anjomlar eng asosiy hamda eng xavfli yuqtirish omillaridir. Shuni 
alohida ta’kidlash joizki, tibbiy anjomlar va muolajalar orqali kasallikni yuqtirish 
xavfi  teri  usti  applikatsiyasidan  tortib  infeksiyalar,  qon  olish  va  quyish, 
endoskopik,  sistoskopik,  stomatologik,  ginekologik,  jarrohlik,  gematologik, 
gemodializ amaliyoti kabi jarayonlarning barchasida u yoki bu darajada mavjuddir. 
B gepatit virusining akupunktura ignasi, qon olish "perolari" va ignasiz in’ektorlar 
orqali yuqish hollari aniqlangan. 
B gepatit virusining kontagiozligi immun tanqislik virusiga nisbatan taxminan 
100 barobar yuqoriroqdir. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish