Operativ epidemiologik tahlil uslubi
Kasallikning operativ epidemiologik tahlili 3 ta bo’limni o’z ichiga oladi:
a) aholining har xil tabaqalari orasida kasallikning dinamikasini kuzatish;
b) epidemiologik sharoitni baholash;
v) xavfli omil aniqlanganda ushbu omil haqidagi farazning to’g’riligini
tekshirish va asoslash, o’sha davr uchun epidemik jarayonning rivojlanishini
aniqlash, aholining kasallanish sabablarini aniqlash.
Yuqumli kasalliklar dinamikasini kuzatish darajasi ma’lum kun, hafta, oy
uchun, shuningdek, vaqtning o’tgan ma’lum anologik qismida infeksiyaning
alohida me’yor darajalarini ro’yxatga olishni o’z ichiga oladi. Bunda boshqa joy,
tuman, guruh aholi ko’rsatkichlari hisobga olinadi.
O’tgan yillar uchun kasallikning me’yoriy ko’rsatkichi darajasi ma’lum
kasallik uchun epizodik avj olish va sabablarini o’z ichiga oladi. Har bir hudud
uchun, har bir ijtimoiy yosh guruhlari uchun kundalik me’yoriy daraja hisoblashda
quyidagi formuladan foydalaniladi
x ± t
2
u
bu yerda: x - kasallikning bir kundagi o’rtacha absolyut soni.
u - ko’rsatkichlar qatorini o’rtacha kvadratik og’ishi, x ni hisobga olgan
holda.
t - ishonchlilik darajasi uchun Styudent kriteriysi (95%; 99 va 99,9%).
Hamma me’yoriy darajalar har bir alohida hudud (tuman, shahar, bo’lim va
boshqalar) va ijtimoiy yosh guruhlar (1 yoshgacha, 1-6 yosh, uyushgan va
uyushmagan, 7-14 yosh, 15 yoshdan katta) uchun hisoblanadi Kichik
ko’rsatkichlar o’zgarishlari quyidagi formula bilan baholanadi:
x ± t
2
u
Katta hududlarda yuqumli kasalliklarni kuzatish kartografik usul yordamida
ham amalga oshiriladi. Buning uchun o’sha hududda kasallikning kunlik
ma’lumotlari sxematik karta sifatida ro’yxatga olinadi. Kasal bo’lganlar yashash,
ishlash va o’qish joyiga qarab, hudud bo’yicha bo’lib kartografiya qilinadi. O’sha
kasallik qatorida kartogrammada o’sha joyning epidemiologik xususiyati va uning
tavsifi belgilanadi. Ushbu usul ko’plab kasallik uchragan hududlarni va joylarni
aniqlashni yengillashtiradi.
1. O’tkir va surunkali epidemiya davom etishiga qarab aniqlanadi. O’tkir
epidemiya qisqa vaqtda aholi guruhlari orasida sodir bo’ladi. Kasallik
infeksiyaning yashirin davrida ro’yxatga olinadi. Surunkali epidemiya esa
aholining ma’lum guruhlarini ko’p marta zararlanishi va uzoq davom etishi bilan
118
ifodalanadi.
2. Hududiy belgilarga qarab epidemiya: chegaralangan aholi guruhlarini
qamrab oluvchi alohida jamoalar, joylar, tumanlar va boshqalarga bo’linadi.
3. Epidemiyaning tasnifi ta’sir etuvchi omilning epidemik jarayonga
bog’liqligi, mavsumiy epidemiya rivojlanishini aniqlash yoki epizodik tarqalishga
qarab qilinadi.
Kasallik soni tarqalish xarakteriga qarab ham baholanadi.
Agar kasallik "odatdagi" (normativ) darajadan o’tgan bo’lsa, bu albatta
epizodik avj olish yoki ko’tarilish deb baholanadi.
Aholi kasallanishining sabablari to’g’risidagi farazni tekshirish va asoslash.
Bu savollarga javob berish uchun, kasallanishning dinamikasi o’rganiladi,
hududlarda kasallanganlar guruhlarga ajratiladi, bunda yoshiga va kasbiga, boshqa
belgilarga e’tibor beriladi. Ba’zan laboratoriya usullari qo’llaniladi (mikrobiologik,
immunologik va boshqalar), epidemiyaga qarshi samarali chora-tadbirlar belgilash
uchun kasallik yuqish yo’llarining xilma-xilliga, ko’pgina zoonoz infeksiyalar
mavjudligi, aholining ko’proq zararlangan guruhlarining yashash sharoitlari ko’rib
chiqiladi. Bundan tashqari, epidemiya turini aniqlashda qo’zg’atuvchilarning
yakuniy va oraliq yuqish omillari aniqlanadi.
Operativ tahlil qilishda epidemiya turini aniqlashga uslubiy yondashish (ichak
infeksiyalari misolida):
1. Chegaralangan alohida ob’ektlar (bolalar muassasalarida, ishlab chiqarish
korxonalarida) unchalik tarqalmagan (lokal) avj olishlarning sababi o’choqni
epidemik tekshirish usullari yordamida aniqlanadi.
2. Hududlarda kasallikning qisqa vaqt ichida ko’tarilish holatida ko’proq
kasallikka chalingan aholi guruhlari aniqlanadi. Bemorlarning soni, ularning vaqt
bo’yicha bo’linishini hisobga olib va kasallik klinik ko’rinishini tahlil qilib,
bemorlarning kasallik qo’zg’atuvchilarini qanday miqdorda (dozada) yuqtirganligi
haqida faraz qilinadi.
Bemorlarning hudud va joy bo’yicha tarqalishi quyidagilarga qarab
belgilanadi: oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotining va sifatining ahvoli, suv,
ktahlilatsiya tizimining holati va atrofning tozaligi.
Shahar va tuman miqiyosida kasallanishning ko’tarilishi ushbu shahar va
tumanning atrofidagi muassasalarda ishlab chiqilgan zararlangan oziq-ovqatni
iste’mol qilish natijasida kelib chiqishi mumkin.
Bundan tashqari, kasallikni birdan epidemik avj olishlari suv orqali ham
bo’ladi (shahar vodoprovod stansiyasida avariya holati yoki ularning ishlash
me’yorining buzilishi). Chegaralangan epidemik avj olishlar (tuman miqyosida va
bir nechta ob’ektlar miqyosida va boshqalar) umumiy ovqatlanish joylarida
zararlangan oziq-ovqatni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, uy-
joy va sanoat korxonalarida vodoprovod tizimida sanitariya-texnik buzilishlar
bo’lsa ham bunday holat kuzatiladi. Bemorlarning ovqatlanish va suvdan
foydalanish hususiyati tekshiriladi. Ovqatlanish va suv bilan ta’minlanishi
bo’yicha farq qiladigan aholi guruhlari bir-biriga solishtiriladi. Analitik
tekshirishdan o’tgan nazariyani yana boshqa usullar bilan tekshirib ko’riladi.
119
Joylarni tekshirishda epidemiologik, mikrobiologik va gigiyenik usullar
qo’llaniladi.
Kasallanishning o’sishi kuzatilmagan holatda operativ epidemiologik
tahlilning vazifasi oxirgi haftalar ichida kasallanish soni o’rtacha miqdordan
oshgan tuman va aholi guruhlarini aniqlashdan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |