g) Difteriyaga qarshi immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Difteriya kasalligi tarqalishining oldini olish uchun muloqotda bo’lganlarning
(bolalar, kattalar) hammasini emlash kerak. Bolalarni zudlik bilan emlash lozim
(navbatdagi vaksinatsiya yoki revaksinatsiya vaqti kelmagan bo’lsa ham). 16
yoshgacha va undan kattalar oxirgi 10 yil ichida emlanganlar, emlashga tibbiy
qarshiligi bo’lmaganlarning hammasi bir marta 0,5 ml miqdorda muskullar orasiga
ADM yoki ADS-M anatoksini bilan emlanadilar. Qolgan muloqotda bo’lganlar (3-
16 yoshdagilar) emlanmaganligini aniqlash uchun zardoblarini RNGA bilan
tekshiriladi. Qon zardobida 0,08 (me)mldan kam anatoksin topilganlar yoki RNGA
titri 1:40 dan kam bo’lganlar qayta emlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |