O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/244
Sana15.08.2021
Hajmi1,67 Mb.
#148042
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   244
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг

 
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar 
 
Kasallik manbaiga qarshi o’tkaziladigan chora-tadbirlar: 
1) Ichburug’ kasalligi bilan og’rigan bemorlarni erta aniqlash. 
2) Erta diagnostika. Erta diagnostika uchun qo’llanadigan usullar: 
-  bemorlarni  so’rab  -  surishtirish,  ko’zdan  kechirish,  laboratoriya 
tekshiruvlariga material yig’ish; 
-  oilada  bemor  kishilar  bilan  muloqotda  bo’lganligi  aniqlanadi,  bundan 
tashqari  bog’chada,  ishxonada  va  boshqa  joylarda  muloqotda  bo’lganlar 
ovqatlanganligi hamda qaysi suv manbaidan suv ichgani haqida ma’lumot olinadi; 
- ichburug’ga Shubha tug’ilgan bo’lsa, u holda yuqumli kasalliklar kabinetida 
vrach bilan konsultaciya o’tkaziladi. 
3) Kasallik haqidagi shoshilinch xabarnoma F.058/X DSENMga yuboriladi. 
4)  Infeksiya  manbaini  aniqlash  maqsadida  o’choqda  epidemiologik 
tekshiruvlar  o’tkaziladi,  ya’ni  kasallikning  tarqalish  yo’llari,  uning  chegarasi  va 
unga qarshi chora-tadbirlar ko’riladi. 
5)  Bemorlar  shifoxonada  davolanganlaridan  keyin  agar  najas,  tana  harorati 
normallashsa, albatta bakteriologik tekshiruvning 1 marta javobi (-) manfiy bo’lsa, 
u  holda  bemorga  shifoxonadan  javob  beriladi.  Bakteriologik  tekshiruv  davo 
tadbirlari  yakunlangach  2  kundan  keyin  o’tkaziladi.  Ovqatlanish  korxonalarida 
ishlovchi  xodimlarda  bakteriologik  tekshiruvlari  2  marta  o’tkazilib  manfiy  javobi 
bo’lgandan keyin shifoxonadan javob beriladi. 
6)  Maktabgacha  bo’lgan,  bog’cha  va  bog’cha  yoshigacha  bo’lgan  bolalarga 
shifoxonadan  javob  berish  uchun  davolashdan  keyin  tana  harorati  va  najas 
normallashsa, bakteriologik tekshiruvlari (-) manfiy bo’lsa uyga javob beriladi. 
7) Kasallikni surunkali shakliga kelganda, u holda ularni shifoxonadan javob 
berish  quyidagilarga  asoslangan  holda,  ya’ni  intoksikatsiya  yo’qolishi,  10  kun 
davomida najasning normallashishi, bakteriologik tekshiruvlarni 1-chi martasidagi 
manfiy javobga qarab uyga javob beriladi. 
8)  Bemor  shifoxonada  davolangandan  so’ng  davolovchi  vrach  kasallik 
tarixidan, ko’chirmani poliklinikaga o’tkazishi lozim. Unda kasallikning kechishi, 
o’tkazilgan  davo  haqidagi  ma’lumot,  bakteriologik  tekshirishlarning  javoblari 
hamda bemor haqidagi klinik xarakteristikasi bayon etiladi. 
9)  Ovqatlanish  korxonalaridagi  ishlovchi  xodimlar  shifoxona  vrachi 
tomonidan 
berilgan 
ma’lumotnoma 
asosida  qo’shimcha 
bakteriologik 
tekshiruvlarsiz ishga ruxsat etiladi. 
10)  Agar  bemorga  javob  berishdan  oldin  bakteriologik  tekshiruvlari  musbat 


 
147 
javob  bersa,  u  holda  bunday  bemorlarning  davolanishi  davom  ettiriladi.  Kontrol 
bakteriologik  tekshiruvlari  yana  musbat  natija  bersa,  u  holda  bunday  bemorlar 
dispanser  nazorati  ostiga  olinadi  hamda  ular  o’z  kasbini  o’zgartirishlari  lozim 
bo’ladi. Bundan tashqari, agar bemorlarda kasallik qo’zg’atuvchisi 3 oy davomida 
aniqlansa,  u  holda  infeksionist,  terapevt,  emidemiolog  vrachlarining  xulosalariga 
asoslanib bemorlar o’z kasblarini o’zgartirishlari lozim. 
11) Bolalar uyidagilar va maktab internatdagi bolalar sog’ayganlaridan so’ng 
bolalar  jamoasiga  ruxsat  etiladi.  Lekin  2  oy  mo-baynida  ovqatlanish  joylarida 
navbatchilik qilishlariga yo’l qo’yilmaydi 
12) Agar bolalar ichburug’ kasalligining surunkali shaklini o’tkazgan bo’lsa, 
u  holda  najas  5  kundan  so’ng  normaga  qaytganligiga,  tana  haroratini 
normallashganligiga,  klinik  sog’ayishiga  asoslangan  holda  bolalar  jamoasiga 
qo’shilishiga ruxsat etiladi. 
13)  Ichburug’  kasalligining  surunkali  shakli  bilan  og’rigan  bemorlar  3  oy 
davomida  infeksionist  vrach  nazorati  ostiga  olinadi,  har  oyda  bakteriologik 
tekshiruvdan o’tishlari kerak. 
14) Ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar 3 oy davomida infeksionist 
nazorati ostida bo’lib, har oyda 1 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tishlari lozim. 
15) Ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar agar kasallikning surunkali 
shakli bilan og’rigan bo’lsa, u holda 6 oy dispanser nazorati ostida bo’lib, har oyda 
bir marta bakteriologik tekshiruvdan o’tadilar.   Klinik to’la-to’kis tuzalganlaridan 
keyin  yana o’z joylariga ruxsat beriladi. 
16) DSENMga yuboriladigan hamma xabarlar 060 jurnaliga qayd qilinadi. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish