Mustaqil tayyorlanish jarayonida quyidagilarni bilish kerak
-
bosh nazariy asoslarni aniqlash va nazorat savollariga javob berishga tayyor bo'lish shart;
-
daftarda quyidagi chizmalarni ifodalash kerak: «Yadroviy qurol bilan shikastlangan o'choqda DTYKGni ishga tushirish». «Kimyoviy zararlangan o'choq vujudga kelganida DTYKG faoliyatini boshlash»;
-
tushunilmagan savollarni mashg'ulotlarda aniqlash uchun ifodalash.
DTYKG boshlig'i harakatlarining ketma-ketligini esda saqlab qoling.
I - Dushman hujumi xavfi davrida:
1) DTYKGni shahardan tashqariga olib chiqishdan oldin :
a-guruhning shaxsiy tarkibini yig'ish uchun ko'rsatma olish;
b-DTYKG ni yig'ish haqida xabar berish;
d-tayinlangan transportini olish choralarini qabul qilish;
e-tibbiy anjomlarni olish va uni transportlarga yuklash;
f-guruh majmuasini tashkil qilish, yo’nalishini aniqlash va
harakatga keltirishga shaylash.
2) DTYKG shahardan tashqariga yetib kelganida:
a-guruh tarkibini joylashtirish va ovqatlanishni tashkil qilish;
b-guruhning shaxsiy tarkibini himoyalashni tashkil etish;
d-tibbiy anjomlarni qabul qilish (omborxonalarda saqlanayotganini);
e-guruh bo'limlari bo'yicha tibbiy anjomlarni taqsimlash va uni faoliyat ko'rsatishga tayyorlash;
f-transport va tibbiy nazorat guruhini shay holga keltirish;
g-guruh majmuasini tashkil etib zararlangan uchoqqa kirish navbatini aniqlash;
h-DTYKG shaxsiy tarkibini mashq qildirish, ma'naviyat-tarbiya ishlarini amalga oshirish.
II - Dushman hujumga o'tgach :
-
tibbiy nazorat guruhi oldiga vazifalarni qo'yish;
-
zararlangan o'choqqa kirish va yo'nalishni belgilash;
-
ish olib boriladigan joyni aniqlash;
-
DTYKG ishini boshlashini tashkil qilish;
-
fuqarolar muhofazasining boshqa tuzilmalari bilan aloqa qilishni uyushtirish;
-
DTYKGning shikastlanganlarni qabul qilish, saralash va dastlabki shifokor yordamini ko'rsatish amallarini tashkil etish;
7) dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhini yig'ishtirish.
NAZORAT SAVOLLAR1
-
fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati kuchlarini o'choqqa kirishini uyushtirish:
-
yadroviy qurol bilan shikastlangan o'choqda dastlabki tibbiy yordamni tashkil qilish;
-
kimyoviy zararlangan o'choqda dastlabki tibbiy yordam ko'rsatishni uyushtirish;
4) DTYKGining tashkiliy tuzilishi va vazifalari;
5) DTYKGini shahardan tashqariga olib chiqish, joylashtirish va
uni shay holga keltirishni tashkil qilish;
-
DTYKGni zararlangan o'choqqa kiritish tartibi;
-
tibbiy nazorat guruhi, uning tarkibi, ta'minlanishi va vazifalari;
-
DTYKGni joylashuv yeriga qo'yiladigan talablar;
-
DTYKGining tibbiy yordami hajmi;
-
yadroviy zararlangan o'choqda DTYKGning bo'limlarini joylashtirish va ishlash tartibi;
-
DTYKG tomonidan shikastlanganlarni shahardan tashqariga ko'chirishni tashkil qilish;
-
kimyoviy zararlangan o'choq vujudga kelganida DTYKGni joylashtirish va uning faoliyatining xususiyatlari.
“AKADEMIK MAYDONCHA ” usuli.
Guruhni 2-3 ta kichik guruhlarga bo`lib, har bir talabaga vaziyatli masala ko`rinishida savol beriladi. Har bir kichik guruh o`z savollarini muhokama qilib to`g`ri javob variantlarini yozadi. Bunga 10 minut vaqt ajratiladi. So`ng o`qituvcni hamma tozuvlarni terib olib to`g`ri javoblar variantlarini e`lon qiladi va har bir to`g`ri javobga ballarni qo`yib, har bir kichik guruhning umumiy ballarini chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |