Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).
Matn sarlavhasi.
Bildirishnoma matni (mazmuni).
Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa).
Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi).
O‘zbekiston Respublikasi trans port vazirligiga qarashli 4-avtokorxonasining boshlig‘i
S.K. Qurbonovga korxona bosh texnigi
M. Dadaboyevdan
BILDIRISHNOMA
Korxona tomonidan sozlangan avtomashinalarni shu yerning o‘zida tekshirish va nazorat sinovini o‘tkazish bir qancha sozlovchislesarlar va haydovchilarni belgilangan vaqtdan keyin ham biroz muddat qolib ishlashini taqozo etmoqda. Biroq, biz belgilan gan vaqtdan tashqari bajarilgan ishlarni hisob bo‘limida rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Aytilganlar asosida Sizdan ushbu masalani ijobiy hal etish chora-tadbirlarini o‘ylab ko‘rishingizni so‘rayman.
Korxona bosh texnigi (imzo) M. Dadaboyev 2012.10.10.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan bildirishnomalar xizmat ma’lumotnoma (spravka) lariga yaqin turadi. Ularning farqi shundaki, ma’lumotnomalarda aso san talab qilingan, so‘ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar beriladi.
DALOLATNOMA
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lgan voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzish xilma-xil maqsadlarni ko‘zlaydi, lekin uning asosiy maqsadi sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy normalar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va ular huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadilar.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
Bosh idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.
Tuzilgan sanasi va joyi.
Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollar da).
Hujjat turi nomi (Dalolatnoma).
Matn sarlavhasi.
Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbari ning buyrug‘i, yuqori idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar).
Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar).
Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
Dalolatnoma matni.
Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi).
Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
Ijro haqidagi belgi.
Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatbaho buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalarda), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo.
Dalolatnomaning zaruriy tarkibiy qismlarining joylanishi:
Vazirlik, yuqori idora, muassasa nomi «TASDIQLAYMAN»
DALOLATNOMA (Tasdiqlangan)
Sana va tuzilgan joyi (Imzo) Familiya, sana
Matn sarlavhasi: («...haqida»)
Do'stlaringiz bilan baham: |