12-Mavzu: Draje dori shakllarini standartlash
Ishdan maqsad:
Dorixona retsepturasida ko`p uchraydigan drajelar tahlilini o`zlashtirish,
bu boradagi bilimlarni rivojlantirish
Drajelar
-ichish uchun mo’ljallangan, dozalangan, qattiq dori shakli bo‘lib, obakilash
qozonida mayda granula (shakar) ustiga yordamchi moddalar bilan ta’sir etuvchi modda
aralashmasini qayta-qayta qoplash bilan olinadi.
Drajelarning afzalliklari
:
1. Dori moddasining yoqimsiz hidi va mazasini niqoblash mumkin.
2. Dori moddasining oshqozonni qitiqlaydigan ta’sirini kamaytirish mumkin.
3.Dori moddasini tashqi muhitning nojo‘ya (namlik, yorug‘lik) ta’sirlaridan saqlash mumkin.
4. Bu dori shakliga estetik chiroy berish mumkin.
5. Draje dori shakliga bir nechta dori moddalarni kiritish mumkin (M: undevit)
106
Drajelarning kamchiliklari.
1.Xar bir draje tarkibidagi dori moddasining dozalanishini bir xilda saqlash qiyin. (YOsh
bolalarga tavsiya etilmaydi)
2. Draje tarkibidan dori moddaning ajralib chiqishi sekin, ta’siri tez yuzaga chiqmaydi.
Bu qattiq dori turi bo‘lib, tabletkalardan farqli ularoq, obakilash qozonida mayda granula
(shakar) ustiga yordamchi moddalar bilan ta’sir etuvchi modda aralashmasini qayta-qayta
qoplash bilan olinadi. Bularning og‘irligi 1 g dan oshmasligi kerak, og‘irliklar farqi +15% dan
ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ularni olish, tekshirish qobig‘langan tabletkalarga o‘xshash bo‘ladi. Bu usul qo‘proq konditer
sanoatida ishlatiladi. Farmatsiya sanoatida esa, darmon dorila va ularning majmuasini ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi.
X DF da drajega bag‘ishlangan 5 ta maqola keltirilgan bo‘lib, shulardan bittasi umumiy va 4
tasi aminazi, diazolin, dikolin, propazinlarga bag‘ishlangan.
Tabletkalarni qobig‘ bilan qoplash vaqtida bir-biri bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadigan
murakkab tarkib ham ishlatilishi mumkin. Misol sifatida quydagi tarkibni keltirish mumkin:
Acidi ascorbinici - 0,150 g
Acidi Nicotinici - 0,025 g
Phenobarbitali - 0,015 g
Methionini - 0,015 g
Bu erda askorbin kislotasi bilan metionin o‘zaro reaksiyaga kirishishi mumkin. SHu sababli
bu tarkibda tabletka tayyorlash uch bosqichda amalga oshiriladi.
I-bosqichda quyida keltirilgan tarkibda granula tayyorlanib, taxtakachlanadi:
Askorbin kislotasi - 0,150 g
Kraxmal - 0,0009 g
Kalsiy stearati - 0,001 g
Hosil bo‘lgan tabletka diametri 6 mm, massasi 0,16 g bo‘ladi.
II-bosqichda bu tabletka ustiga quyidagi tabletka ustiga quyidagi tarkibdagi granula
taxtakachlanadi:
SHakar qandi - 0,0530 g
Kraxmal - 0,0966 g
Kalsiy stearati - 0,1500 g
Bunda diametri 9 mm va og‘irligi 0,31 g li tabletka hosil bo‘ladi.
III-bosqichda hosil bo‘lgan qobig‘ ustiga quyidagi tarkibda tayyorlangan granulalara
taxtakachlanadi:
Metionin - 0,15 g
Nikotin kislotasi - 0,025 g
Fenobarbital - 0,015 g
Qand - 0,03 g
Kraxmal - 0,116 g
Kalsiy stearat - 0,001 g
Talk - 0,003 g .
- 0,34 g
Natijada massasi 0,65 g, diametri 12 mm li tabletka xosil bo‘ladi.
Shu usulda oshqozon va ichakda ta’sir ko‘rsatadigan tabletkalar tayyorlanadi. Ular
ko‘p marta ta’sir ko‘rsatadigan tabletkalar deb ataladi. Rangli moddalardan tabletka
tayyorlashda, ayniqsa qobig‘ bilan qoplashda xarakatdagi kimyo-texnologiya ilmiy tekshirish
oligohida olingan va sanoat miq sida ishlab chiqarilayotgan qizil va havo rangli qandlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tayyorlash: PVP 100
0
S haroratli suvda eritiladi, qand va rangli qandlar solinib
qaynatiladi. So‘ngra qolgan moddalar qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. SHu tarkib bilan
qoplanganda tabletka og‘irligi 15% ortadi.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |