6
I.
KIRISH
Dunyoni rivojlangan davlatlarida sifat bilan ta’minlash, iste’molchini talabini sifatli
mahsulotlar va xizmatlar bilan qoniqtirish, ishlab chiqarishni zamonaviy usullar bilan bilan
boshqarish masalalariga chuqur e’tibor berilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor
munosabatlariga o‘tishi jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida qo‘llaniladigan ishlab
chiqarish, xo‘jalik va tijorat usullariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish va iqtisodiyotni tubdan
modernizatsiya qilish talab etilmoqda. Ular orasida marketing tamoyillari va usullari alohida
o‘rinni egallamoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muxitini mavjudligi sifat va uni
boshqarish muammolariga katta axamiyat berishga majbur qiladi. Mamlakatimizni kuchli
rivojlangan davlatlar qatoriga kirishda raqobat, kurash-sifatni oshirish dasturlarini ishlab
chiqarishga sabab bo‘ladi. Mahsulot va xizmatlar sifatini baholash uchun ob’ektiv
ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish zaruriyati tug‘iladi. Sifat va ishlab chiqarish samaradorligi
o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Sifatni oshirish harajatlarni kamaytirib, bozor ulushi
hamda ishlab chiqarish samaradorligiga erishishga ko‘maklashadi. Yuqoridagilar bo‘lajak
menejerlardan sifatni boshqarish tizimi asoslari sohasiga oid chuqur ilmiy va amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lishini talab etadi.
"Sertifikatsiya va standartizatsiya" fanidan tayyorlangan ushbu ma’ruzalar matni
bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar ongida sifatni boshkarishga doir bilimlar
majmuini shakllantirishga, ularga sifat tizimi, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, xalqaro
standartlarga asoslangan sifat tizimini loyihalashtirish, xalqaro standart sifat tizimlarini
me’yoriy xujjatlari va boshqalarni o‘rgatishga mo‘ljallangan. Bugungi kunda, iqtisodiyoti
rivojlangan davlatlardagi mashhur brendga ega korporatsiyalar sifat menejmentiga asoslangan
boshqaruv tizimiga o‘tishi va tezkorlik bilan xalqaro bozorning ular tomonidan intervensiyasi
sifat menejmentini korxona muvaffaqiyatidagi o‘rnini yaqqol ko‘rsatdi. Shu bilan birga,
xalqaro standarlarning hayotgan tadbiqini ortib borishi va korxonaning sifat tizimi va
boshqaruviga qo‘yiladigan talabalarning ham jiddiylashib, o‘zgarib borishi sifat boshqaruvini
korxona tashkil etmasdan, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Chunki, zamonaviy
iste’molchi mahsulotning nafaqat iste’mol xususiyatiga balki, brendiga, o‘ramiga, latent
xususiyatlariga, estetikasiga va ayniqsa ekologik tozaligiga ham e’tiborini qaratmoqda. Bu
vaziyat korxonalardan bozorda yashab qolish uchun boshqaruv tizimini zamonaviylashtirish
va mahsulot sifatini iste’molchi talabiga moslashtirish zaruratini tug‘diradi. Tobora raqobat
kurashi ortib borayotgan bozorda raqobat kurashi narxdan ko‘ra sifat tomonga burilib
borayotgan bu davrda, uni korxonaarda faollashtirish va bu borada samarali qaror ishlab
chiqishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash fanning dolzarbligini ko‘rsatadi. “Sertifikatsiya
va standartizatsiya” fanidan tuzilgan ishchi o‘quv dasturidagi mavzularning ketma-ketligi
bo‘yicha tayyorlangan ushbu ma’ruzalar matnining maqsadi – talabalarning fan bo‘yicha
bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda uni o‘rganishda talabalarga ko‘maklashish bo‘lib
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: