Mintaqaviy standart
- standartlashtirish bilan shug'ullanadigan mintaqaviy tashkilot
tomonidan qabul qilingan va iste'molchilar keng doirasiga yaroqli bo'lgan standart. Milliy
sfandarf - standartlashtirish bi/an shug'ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va
iste'molchilarning keng doirasiga yaroqli bo'lgan standart. Xalqaro mintaqaviy yoki chet
mamlakatning milliy standarti to'g'ridan to'g'ri qo'llanilishi O'z RST 1.7 ga binoan amalga
oshiriladi. Uyg 'un/ashfiri/gan sfandarf/ar - mahsulot, jarayon va xizmatlarning o'zaro
almashuvchanligini va taqdim etilgan axborotni yoki sinash natijalarini o'zaro tan olishni
ta'minlaydigan, &tandartlashtirish bilan shug'ullanuvchi turli idoralar bilan birgalikda qabul
qilingan va bir xil obyektlarga tegishli bo'lgan standartlar. Aynan 0 'xshash sfandarf/ar - ham
mazmunan, ham shaklan uyg'unlashgan standartlar:
1. Standartlar belgilari bir xii bo'lishi mumkin.
2. Bunday standartlar turli tillarga aynan tarjima qilinadi.
Standartlashtirish sohasi o'zaro bog'langan standartlashtirish obyektlari majmuasidir.
Xavfsizlik - zarar yetkazishi mumkin bo'lgan nojo'ya xavf-xatarning yo'qligidir.
Standartlashtirish sohasida mahsulot, jarayon, xizmatlarning xavfsizligi, odatda, qator
omillarning kishilar salomatligi va mol-mulkning asralishiga zarar yetkazish mumkinligi bilan
bog'liq xavf-xatarni eng maqbul darajagacha bartaraf qilish imkonini beradigan insonning
xulq-atvori kabi notexnik omillarni eng yaxshi nisbatiga erishish maqsadida ko'rib chiqiladi.
Mahsulotni himoya qilish - mahsulotdan foydalanish, transportda tashish yoki saqlash
chog'ida uni iqlim yoki boshqa noqulay sharoitlar ta'sir qilishidan saqlash. Moslashuvchanlik
- mahsulotlar, jarayonlar yoki xizmatlarning o'zaro nomaqbul ta'sir ko'rsatmaydigan tarzda
birgalikda, topshiriqdagi sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun foydalanishga
yaroqliligi. o 'zaro almashuvchanlik - bir xiI talablarni bajarish maqsadida bir xiI jarayon,
xizmatdan foydalanish o'rniga boshqa bir jarayon, xizmatning yaroqliligidir. O'zaro
almashuvchanlikning funksional jihati funksional o'zaro almashuvchanlik deyiladi. Bu turdagi
mahsulotlar turkumi deb, mahsulotning funksional yo'naltirilganligi, qo'llanish sohasi,
konstruktiv-texnologik yechimi va asosiy sifat ko'rsatkichlarining nomlarini bildiradigan eng
katta darajadagi yig'indisiga aytiladi. Xalqaro standartlashtirish - barcha mamlakatlarning
tegishli idoralari ishtirok etishi mumkin bo'lgan standartlashtirishdir. Milliy standartlashtirish
- muayyan bir mamlakat doirasida o'tkaziladigan standartlashtirishdir.
Davlat nazorati
- korxonalar, mansabdor shaxslar va fuqarolarni standartlarning
majburiy talablariga hamda mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar sifatiga, shuningdek,
sertifikatlashtirilgan mahsulotga nisbatan texnik shartlarga rioya etilishini nazorat qilish
bo'yicha vakolatga ega bo'lgan davlat idorasining faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |