60
Sertifikatlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati milliy
tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chikadi;
Mahsulotning raqobatbardoshlik qobiliyatni ta’minlaydigan, atrof - muhitni ishonchli
darajada himoya qilishga, inson sog‘lig‘ini saqlashga.
Mehnat xafvsizligini ta’minlashga, mudofaa kobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro,
me’yoriy va tashkiliy - uslubiy hujjatlar bilan uygunlashadigan, asos bo‘luvchi
hujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi;
Sertifikatlashtirish
va
metrologiya
sohalaridagi
mavjud
yoki
uchraydigan
muammolarni tadqiqot qilish, davlat tilida me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar,
lug‘atlar yaratadi;
Yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;
Sertifikatlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatining ilmiy
masalalari bo‘yicha xalqaro milliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni
amalga oshiradi;
Sertifikatlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ishlayotgan
mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi;
Sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert – auditorlarni tayyorlaydi va
boshqalar. Institut tashkil qilinganiga ko‘p vaqt o‘tmaganligiga qaramay shu kunga qadar
Respublika hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator hujjatlar yaratdi va
yaratmokda. Bulardan tashqari institutda atamashunoslik va tarjimalar bo‘limi tashkil
qilingan bo‘lib, unda sertifikatlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida o‘zbek
tilida yangi standartlar yaratish, mavjud me’ѐriy hujjatlarni davlat tiliga tarjima qilish
yo‘lida dastlabki foydali ishlar boshlab yuborilgan. YAqinda shu soxalardagi atama va
ta’riflar to‘plamining dastlabgisini tayyorlab nashrga topshirildi. Bu hujjatlarning ahamiyati
beqiyos bo‘lib, shu soxalardagi ishlarga qo‘yilgan birinchi poydevorlardan hisoblanadi.
Institut har taraflama - tashkiliy, uslubiy va moddiy - texnika ta’minoti bo‘yicha
mustahkamlanmokda, hamda bu sohalarda ishlaydigan tajribali, bilimdon mutaxassislar
bilan to‘ldirilib, kelajakda mustaqil Respublika oldida turgan muhim muammolarni echishga
o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi degan umiddamiz. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki,
savdo – sotiq ishlarida mahsulotning sifati asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ishlab chiqarilgan mahsulot xalqaro va milliy standartlashtirish, sertifikatlashtirishning
talablariga mos kelishi lozim. Har bir mahsulot o‘z sifatini tasdiqlash uchun sertifikatga ega
bo‘lishi kerak, demak, mahsulot sertifikatlashtirishni o‘tmoqligi lozim. Qanchalik ko‘p
mahsulotlar sertifikatga ega bo‘lsa, shunchalik korxona, muassasa, tashkilotlarning iqtisodiy
holati yaxshilanadi. Bu esa bir tomondan raqobatga bardosh beruvchi mahsulotlar sonini
ko‘payishi bo‘lsa, ikkinchi tarafdan halq farovonligining o‘sishiga olib keladi, demak,
mamlakatimizning xalqaro miqѐsida mavqeini oshiradi. Kelajakda O‘zbekiston Respublikasi
Buyuk davlat bo‘lishi uchun etarli darajada iqtisodiy imkoniyatlar yaratishda mahsulot
sifati, uning xolisona baholanganligi va chet elda tan olinishi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: