- bimetalli termometrlar.
Suyuqlik termometrlarni ishlash prinsipi asosan o‘zgaruvchan haroratlarda moddani
issiqlikdan kengayish xossalariga asoslangan. Bunday holatda haroratni aniqlash kapillyar trubkada
suyuqlik hajmini ko‘rinuvchi o‘zgarishlari kattaligi bo‘yicha olib boriladi. Termometrik suyuqlik
sifatida simob, etil spirti, kerosin, toluol, pentan qo‘llaniladi. Haroratni o‘lchash dapazoni -260
dan +600°S gacha oraliqni tashkil etadi. Suyuqlik termometrlarning kamchiliklariga ularni
nozikligi, atrof-muxitni ifloslashi mumkinligi, ta’mirlashga yaroqsizligi kiradi. Mexanik
talofotlanishdan himoyalash uchun termometrlarga himoyalash armaturalari ishlab chiqilgan.
11.1-rasm. Suyuqlikga xos shishadan qilingan kengayish termometrlari:
a, b - texnik; g – laboratoriyaga xos kimyoviy; v –yog‘ochli, ikki kontaktli , burchakli
elektrotermoregulyator; d –kontaktga xos termometr.
Do'stlaringiz bilan baham: |