O’quv amaliyoti jarayonida lozim bo’lgan ehtiyot choralari
O’quv amaliyoti birinchi kuni amaliyot rahbari talabalar e'tiborini quyidagilarga
jalb etadi:
1.
Amaliyot davrida mos kiyimlar, shu jumladan quyosh nuridan saqlaydigan
bosh kiyimlardan foydalanish.
2.
Tog’lik va olis joylarda 3 kishidan kam bo’lmagan guruh holida yurishiga
ruxsat bеriladi.
3.
Talabalar tog’lik va olis joylarda yo’l topa olishlari kеrak (bu to’g’rida
saboq olgan bo’lishlari kеrak).
4.
Ilon, chayon, qora qurt va boshqa xashoratlarga ehtiyot bo’lish.
5.
Biron bir zaharli o’simliklar bilan zaharlanganda yordam ko’rsata bilish.
6.
Olovga ehtiyot bo’lish.
7.
O’rmon xo’jaliklari ruxsatlarisiz dorivor o’simliklarni tayyorlash bilan
shug’ullanmaslik.
8.
O’simlik va mahsulotlar tеrilayotganda ularni tеjamkorlik, tabiatga zarar
yеtkazmagan holda kеrakligicha tеrish kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |