2.2. Efir moyli o‘simliklarning tarqalishi va kimyoviy tarkibi
1.Pimpinйlla anнsum( Arpabodiyon)
Pimpinйlla anнsum Pimpinйlla anнsum
Tarqalishi. Anisning vatani O’rtayerdengizi, Janubiy Yevropa va Misrda Urug’i uchun yetishtiriladi. Rossiyaning ko’pgina viloyatlarida jumladan Voronej, Belgorod va Kurskda katta maydonlarda madaniy o’simlik sifatida o’stiriladi. O’zbekistonda ham keng tarqalgan. Asosiy kimyoviy tashkil etubchilari. Urug‟i 1,2-3,5 % gacha efir moylari, 16-28 % yog‟ moylari, 19 % gacha oqsil moddalari hamda shakar va organic kislotalardan iborat. Efir moyining asosiy kompanentlari anetol (80-90 %)
va metilxavikol (10 %) dir. Bundan tashqari uning tarkibida anis aldigedi, anis ketoni, anis siperti, anis kislotasi, alfafellandren, alfapinen, depinen, kamfen, atsetaldiged, anis ketonlar topilgan.
Elaeagnus L. (Jiyda) o’simligining tarqalishi va kimyoviy tarkibi
Tarqalishi. O’rta Osiyo, Qozog’iston, Kavkazorti va SHimoliy Kavkazning g’arbiy qismining cho’l va yarim cho’l xududlarida o’sadi. Asosan daryolarning qirg’oqlarida va baland-past qumloqlarda o’sadi.
Elaeagnus L. (Jiyda (o‘zb.) yoki djida (rus.)
Elaeagnus L. umumiy ko’rinishi Elaeagnus L. - Guli
Qo’rg’oqchilikka chidamli, tuproqqa talabi bo’lmagan va yorug’likni
sevuvchi tez o’suvchi o’simlik. O’rta Osiy, Qozog’iston, Kavkaz hamda cho’l va urmoncho’l zonalarda keng ekiladi. Manzarali daraxt sifatida Rossiyaning shimoliy xududlarida ham ekiladi. Kimyoviy tarkibi. Tana va shoxlarining qobug’ida eleagnin (0,1 %) C12H14N2, qaynash temperaturasi – 180-181O; teragidrogarmol (0,05 %) C12H14ON2, qaynash temperaturasi – 256O; N-metilteragidrogarmol (0,001 %) C13H16ON2, qaynash temperaturasi – 268-270O kabi alkologidlar; oshlovchi va rang beruvchi moddalar aniqlangan. Gullarida efir moylari (0,3 %) topilgan: d = 0,9478, [ +2,7O, 1,4865. Barglaridan askorbin kislota (140-350 mg%) topilgan. Mevasida 40 % gacha uglevodlar, shundan 20 % fruktoza; 10 % gacha oqsil, kam miqdorda oshlovchi moddalar va shilliqsimon moddalar bor. Tana va shoxlarida ko„p miqdorda elim mavjud. Ferula Sunbul o’simligi. Sunbulning vatani Turkmanistonning tog‟lari va cho’llari. Asosiy foydalaniladigan qismi sholg’omsimon tomiridir. Sotuvda qalinligi 3-5 sm va kengligi 8-12sm bo‟lgan bo‟laklarda chiqariladi. Tomiri yengil, po’kak, tolali, loyqasimon sariq rangli, marmar rasmi chizilgansimon bo‟ladi. Uning ta‟mi dastavval shirin keyin esa achchiq bo‟ladi.Mushk hidini beradi. Uning tarkibida 0,4 % gacha efir moyi aniqlangan bo‟lib, uning tarkibi asosan valerian, sunbul va metil kraton kislotalaridan hamda achchiq modda, shakar va kraxmaldan iborat. Hidli tomiri chanqoqni bosuvchi ta‟sirga ega va tirishishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Sunbul ildizi 9 % gacha smoladan iborat. Buxoro va Samarqandda o‟sadigan sunbul ildizidan bug‟ distillatsiyasi usulida 0,2-1,4 % gacha efir moylari olingan.
Ferula Sunbul o’simligining ildizi, poyasi, bargi, guli va urug’i
Ferula Sunbul o’simligi er ustki qismining umumiy ko’rinishi
Ferula Sunbul o’simligi ildizi kesimining ko’rinishi
Ferula Sunbul o’simligi ildizi kesimining mikroskopda ko’rinishi
Ajratib olingan efir moyi qovushqoq suyuqlik bo‟lib, uning rangioch malla rangdan to‟q qo‟ng‟ir ranggacha o‟zgaradi. Kuchsiz mushk hidiga ega.Uning tarkibi sunbulin, lenolilasetat, sitronillilasetat, ferulen, daremon, daremol, daremilasetatdan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |