Respublikamizdagi Ustyurt platosi ba’zi yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi va yo‘qolib borayotgan turlar uchun kritik muhim yashash muhiti deb sanaladi. Shu bilan birga, mineral resurslariga, ayniqsa uglevodorodlarga boy Ustyurt platosi hududida neft va gaz sanoati tez sur’at bilan rivojlanib, bioxilma-xillikka ma’lum salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bioxilma-xillikka salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida xalqaro moliyaviy muassasalar tomonidan Ekvator Tamoyillari (ET) qabul qilindi. ET xavflarni boshqarish tizimi sifatida loyihalar doirasidagi ekologik va ijtimoiy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish uchun qo‘llaniladi. - Moliyaviy institutlar tomonidan Etni qabul qilishdan maqsad – moliyalashtiriladigan loyihalarda ijtimoiy talablar va ekologik boshqaruvning eng yaxshi tajribalari aks ettirilishiga kafolat berishdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |