O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/116
Sana12.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#353528
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116
Bog'liq
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

undovchi 
va 
tormozlash 
(to'xtatuvchi) 
vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi va ularda o'zini namoyon qiladi. 
Undovchi  vazifasi  kishining  faolligini  bilan  ta'minlanadi.  Harakat  oldingi 


vaziyat (chaqiriqqa nisbatan kishi aylanib qaraydi, o'yinda tashlangan to'pni qaytaradi, 
qo'pol  so'zdan  xafa  bo'ladi  va  hokazo)  bilan  bog'liq  bo'lgan  paytdagi  reativlikdan 
farqli  o'laroq  faollik  harakatning  ayni  o'zida  namoyon  bo'ladigan  ichki  holatiga 
nisbatan  sub'yektning  o'ziga  xos  xususiyatini  kuchga  kiritish  harakatini  chiqaradi 
(o'zaro  zarur  axborotni  olishga  ehtiyoj  sezayotgan  kishi  o'rtog'ini  chaqiradi,  jahli 
chiqqan holatda yon-veridagilarga qo'pollik qilishga yo'l qo'yadi va hokazo). 
Oldindan  mo'ljallanmaganligi  bilan  farq  qiladigan  tabiiy  xulq-atvordan  farqli 
o'laroq,  faollik  ixtiyoriyligi  bilan,  ya'ni  ongli  ravishdagi  maqsadga  muvofiq 
harakatning  sharoitlari  bilan  farq  qiladi.  Faollik  bir  daqiqalik  vaziyat  talabi  bilan, 
unga  moslashuv,  berilgan  chegaralarda  harakat  qilish  istagi  bilan  yuzaga  keltirish 
mumkin  va  mumkin  emas,  u  vaziyat  ustunligi  bilan,  ya'ni  asos  qilib  olingan 
ma'lumotlarning, kishining  vaziyat talablari darajasiga ko'tarila olish, asosiy  vazifaga 
nisbatan ziyod kuchli iroda bo'lgan joydagina mumkindir. 
Irodaning  undovchi  va  tormoz  qiluvchi  funksiyalari  yaxlit  birligidagina 
shaxsning maqsadga erishish yo'lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta'minlaydi. 
Falsafa  va  psixologiyada  idealizm  kishi  irodasini  alohida,  hech  narsa  bilan 
belgilanmaydigan va hech narsaga bog'liq bo'lmagan (ya'ni indeterministik), kishiga u 
yoki  bu  harakatni  tanlash  va  amalga  oshirish  imkonini  beradigan  kuch  deb  qaraydi. 
Bunda  butun  psixik  faoliyat  hech  narsa  bilan  belgilanmaydigan,  ongsiz  ravishda 
bo'ladigan  eng  dastlabki  faollikka  bo'ysungan  bo'ladi.  Amerika  psixologi  U.Jems 
harakatda  hech  narsaga    bog'liq  bo'lmagan  irodaviy  hukmga  yetakchi  rol  beradi. 
Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o'z-o'ziga «Fiat» (lotincha «ha 
bo'la  qolsin!»  degan  ma'noga  ega  bo'lgan  so'zni  bildiradi)  deydi  va  go'yo  ana  shu 
birinchi galgi mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oishiriladi. 
Amalda  kishining  ishlari  va  harkatlari  ob'yektiv  ravishda  belgilangandir. 
Irodaviy  harakatni  o'z  ichiga  oladigan  motivlar  hozir  va  o'tmishda  o'rin  olgan  tashqi 
ta'sirlar  natijasi  tariqasida,  kishining  psixik  rivojlanishi  jarayonida  uning  hayot  va 
faoliyat  hodisalari  bilan  faol  munosabati  natijasida  tarkib  topadi  va  yuzaga  chiqadi. 
Irodaviy  harakatlarning  determinizmlashgaligi  fakti  (sababiy  bog'langanligi)  u  yoki 
bu  faoliyat  usuli  kishiga  zo'rma-zo'raki  berilganini,  u  o'z  qilmishlari  uchun  javobgar 
emasligini  va  ularning  peshonasiga  yozilganligini  dadil  qilib  ko'rsatish  huquqiga  ega 
ekanligini bildiradi. 
Kishining  tavakkalchilik  sharoitidagi  hatti-harakati  irodaning  xarakterli 
ko'rinishlaridan bir sifatida namoyon bo'ladi. 
Tavakkalchilik-bu 
sulb'yekt 
uchun 
uning 
cheki 
noma'lum 
va 
muvaffaqiyatsizlikka  duch  kelganda  mumkin  bo'ladigshan  noqulay  oqibatlar 
(jazolash,  og'riq  ta'sirini  o'tazish,  travma,  obro'ni  yo'qotish  va  shu  kabi)  haqidagi 
taxminlar  mavjudligi  sharoitidagi  faoliyatning  xarakteristikasidir.  Tavakkalchilik 
paytida  kutilayotgan  noxushlik  bunday  holatdagi  muvaffaqiyatsizlik  ehtimoli  va 
noqulay  oqibatlar  darajasining  uyg'unlashtirilishi  bilan  belgilanadi.  Shunday  savol 
tug'iladi:  agar  mag'lubiyat  ehtimoli  ko'p  bo'lsa,  mag'lubiyat  uchun  esa  jazo  ancha 
kuchli  bo'lsa,  kishi  nimani  deb  tavakkal  qiladiq  Psixologiya  tavakkal  qilish  uchun 


zarur  shart  sifatida  irodaning  qo'shilishini  nazarda  tutuvchi  tavakkal  qilish 
xatti-harakatining ikkita o'zaro bog'langan sababini ajratib ko'rsatadi. 
Tavakkalchilikning  birinchi  sababi  va  tegishli  ravishda  tavakkalchilikning 
birinchi  turi  bu  yutuqqa  umid  bog'lash,  muvaffaqiyat  qozonilganda  kutilayotgan 
kattalikning 
muvaffaqiyatsizliklar 
oqibati 
darajasidan 
ortishidir 
(situativ 
tavakkalchilik).  Bu  o'rinda  muvaffaqiyat  motivasiyasi  muvaffaqiyatsizlikdan  qutilib 
qolish  motivasiyasidan  kuchliroqdir.  Agar  kundalik  hulq-atvor,  garchi  kishidan 
irodaviy qarorni talab qiladigan bo'lsa-da unchalik noyob narsa emas. 
Xatti-harakatning 
xavfli 
variantini 
afzal 
biladigan 
hulq-atvor 
yoki 
tavakkalchilikning  ikkinchi  turi    uchun  sabab-shaxsning  vaziyat  usti  faolligidir. 
Kishining  vaziyat  talablari  ustidan  ko'tarila  bilish  dastlabki  vaziyatdan  ustun 
keladigan maqsadni qo'yish qobiliyatga to'g'ri keladi. 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish