O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/116
Sana12.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#353528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

psyuxe
"-
ruh

"
logos
"-
fan, 
ta'Iimot 
degan 
so'zlardanoiinganbo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha 
qilib aytgandapsixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov:  «Psixologiya  fani  biz 
uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o‘rganish - hayotni, insonni o‘rganish 
degani.  Kerak  bo‘lsa,  rahbarlik  qilmoqchi  ekansiz,  yetakchi  bo‘lib,  odamlarga 
ko‘rsatma  bermoqchi  ekansiz,  oldin  ularning  psixologiyasini  har  tomonlama 
o‘rganish  kerak)),  -  degan  edi.  Ushbu  fikr  kasbiy  psixologiya  fanining  metodologik 
asoslaridan birini tashkil qiladi. 
Har  qanday  inson  kundalik  hayotida  odamlar  bilan  uchrashib,  muloqotga 
kirishar  ekan,  u  o‘zining  bosiq  yoki  qiziqqon,  beparvo  yoki  qiziquvchan,  mehribon 
yoki  bag‘ritosh,  jahldor  yoki  bosiq  va  hokazolardan  iborat  ichki  va  tashqi  ruhiy 
olamini  namoyon  qiladi.  Bu  ruhiy  holatlar  ongli  va  ongsiz  tarzda  namoyon  bo‘ladi. 
Ana shu holatlar- ning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. 
Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in’ikos 
etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji 
uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi 
Xo‘sh, psixika nimaq 
Psixika  -  yuqori  darajada  tashkil  topgan  materiyaning  tizimli  xossasi 
(xususiyati),  subyekt  tomonidan  obyektiv  borliqni  faol  aks  ettirish,  mazkur  borliq 
manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi 
va  faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning,  hozirgi davr  va kelgusi 
zamonning  hodisalari  ifodalangan,  tartibga  solingan
1
.  Psixikaning  asosiy  vazifalari  - 
aks ettirish - faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir. 
Uning  namoyon  bo‘lish  shakllari  va  ularning  o‘zaro  bog‘liqligi  psixik  (bilish) 
jarayonlar  (sezgi,  idrok,  xotira,  tafakkur,  xayol,  nutq  va  diqqat),  psixologik  holatlar 
(hissiyot,  emotsiya,  e’tiqodlilik,  bardamlik,  tetiklik,  qiziquvchanlik,  hayratlanish, 
ishonchlilik,  ijodiy  ruhlanish),  shaxsning  xususiyatlari  (yo‘nalishlar,  temperament, 
xarakter,  qobiliyat,  iqtidor,  aqliy  salohiyat,  xulq  motivatsiyasi,  ish  uslubi, 
mas’uliyat)da kuzatiladi. 
Psixologiya  -  psixikaning  kelib  chiqishi,  rivojlanish  qonuniyatlari,  shuningdek 
insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi 
fan. 
Psixologiya  yunoncha  «psixologos»  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  «jon»,  «ruh» 
haqidagi  fan,  ta’limot  degan  ma’noni  anglatadi.  Biroq  hozirgi  davr  ilmida  «jon» 


tushunchasi  o‘rniga  «psixika»  atamasini  qo‘llash  qabul  qilingan.  Chunki  lingvistik 
nuqtai  nazardan  «jon»,  «psixika»  tushunchalari  aynan  bir  ma’noni  bildiradi.  Lekin 
«psixika» atamasi bugungi  kunda  «jon»ga nisbatan kengroq  ma’noga, ko‘lamga ega 
bo‘lib,  inson  ruhiyatining  ham  ko‘zga  ko‘rinuvchi,  ham  ko‘zga  ko‘rinmas 
tomonlarini o‘zida aks ettiradi. 
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi 
kirsa,  uning  predmetini  ana  shu  obyekt  haqidagi  muayyan  bilimlar  tashkil  qiladi 
(Obyekt  -  kishilarning  diqqatini  o‘ziga  tortadigan  moddiy  va  ma’naviy  borliq. 
Predmet  -  moddiy  va  ma’naviy  borliq  haqidagi  bilimlar  majmuasi  va  o‘rganiladigan 
masalalar). 
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya tarkibida 
yuzaga  kelgan  bo‘lib,  aniq  faoliyat,  ya’ni  ichki  ishlar  idoralari  faoliyatidagi 
psixologik  jihatlarning  muhim  tomonlarini  o‘rganishga  bag‘ishlangan  fan 
hisoblanadi. 
Kasbiy  psixologiya  ilmiy-amaliy  fan  bo‘lib,  umumiy  psixologiyaning 
qonuniyatlarini o‘rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab 
chiqadi. 
Kasbiy  psixologiya  fani
  kasb  doirasidagi  munosabatlar,  odamlarning  psixik 
faoliyatini  huquqiy  boshqarish  mexanizmlari  va  qonuniyatlarini  o‘rganuvchi  fandir. 
Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, gumonla- nuvchilarning ko‘rsatmalari hamda 
so‘roq olib borishning psixologik asoslarini o‘rganish 
maqsad
 qilib qo‘yilgan. 
Kasbiy  psixologiya  fanining  maqsadi
  -  kasb  xodimlari  faoliyatining  taraqqiyot 
qonuniyatlari,  turli  toifadagi  shaxslar  bilan  o‘zaro  munosabatlar  jarayonida 
psixologik  bilimlardan  foydalana  olish  ko‘nikma  va  malakalarini  shakllantirishdan 
iboratdir. 
Shu  ma’noda,  kasbiy  psixologiya  fanining  metodologik  asosini  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  asarlari,  faylasuf-allomalarning  psixologiya  faniga  oid 
g‘oya  va  nazariyalari  hamda  hukumat  qonunlari,  IIVning  buyruq  va  ko‘rsatmalari 
tashkil etadi. 
Psixologiya,  falsafadek  juda  qadimiy  fanlardandir  va  juda  boy  tarixga 
egadir.Pisxologiya  dastlab  falsafa  doirasida  faoliyat  ko'rsatgan.  Psixologiya  juda 
uzoq  tarixga  ega.  Dastlabki  psixologik  tasavvurlar  Qadimgi  Sharq  mamlakatlarida, 
Xitoy,  Hindiston,  Misr  kabi 
mamlakatlarda 
vujudga  kelgan.  Psixologik 
tasavvurlarning  vujudga  kelishida  odamlar  o'rtasida  farqlarning  mavjud  ekanligi, 
ammo bu farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq.     

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish