fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya
masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tan bilan uzviy
bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana esa
tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271 yillar),
Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya fanining
rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning
tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi.
0’rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R.Dekart nomini tilga olmaslik
mumkin emas. Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va
Psixologiyada ko'p ishlatiladigan refleks tushunchasi bog’liqdir. R.Dekart o'z
zamonasida birinchimarta refleks tushunchasini odam hatti-harakatini tushintirishda
ishlatdi va harakatlarnitashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini refleks mexanizmi
deb tushuntiradi. Lekin R.Dekart odam faoliyatini to'g'ridan-to'g'ri jonsiz mexanizm,
mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti-harakatlarga biron bir aloqasi
bolishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya ni refleks tushunchasi uning risolalarida
juda tor manoda, faqat fizik aks ettirish ma'nosida qabul qilingan. Lekin shunga
qaramay, bizning zamonga kelib, R.Dekart ta'limoti mexanikligi uchun em'as, balkim
materialistic dunyo qarashdan kelib chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi
qaytadan tahlil qilingan holda qqabul qilindi.
Psixologiya fanining rivojlanishida CH.Darvinning evolyusion nazariyasi
nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya
amaliysini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida
eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi.
XIX asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911
Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning
oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy
psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi.
Eng muhimi-XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki,
endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing
xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga
dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya nazariy,
tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi.
Biz sobiq sho’rolar davrida tabiatni birlamchi, ruhniikkilamchi deb o'rgana'redik,
birinchi o'ringaborliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik.
Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini
Do'stlaringiz bilan baham: