124
Dorivor moddalarni nanokristallari ko`pincha makrokapsulalar va matritsali
tabletkalarga kiritiladi. Biospetsifik mukoadgeziv moddalarni qo`shish (shilliq qavatga
yopishadigan moddalar) dorivor moddalarni nanokristallarini oshqozon-ichak traktining
kerakli joyida yig`ilishga yordam beradi.
Yomon eruvchi dorivor moddalar uchun nanokristallar suspenziyasi o`zini eritmaga
o`xshash tutadi va aerozzollarda qo`llaniladi, masalan beklometazon dipropionat uchun.
Nanokristallarni inyeksion yo`l bilan kiritish dorivor moddani kiritilgan joyda uzoqroq
ushlanib turishi, dorivor moddani organizmda biotarqalishini nazorat qilish va dorivor
moddani fagotsitli hujayralar bilan yutilishini oldini olish mumkin.
Nanokristallarni katta solishtirma yuzaga ega bo`lgani sababli qiyin eruvchi
dorivor moddalar uchun yaroqli. Peroral yo‘l bilan kiritishda absolyut bio samaradorligi
oshadi hamda qabul qilingan ovqatning ta‘siri kamayadi. Dorivor moddani plazmadagi
maksimal konsentratsiyasi tezroq hosil bo`ladi. Ba‘zida qo`shiladigan biostabilizatorlar
nafaqat nanokristallarni turg‘unligini ta‘minlaydi (masalan agregatsiyadan), balki ularni
organizmda ajralib chiqishini, oshkozon-ichak traktidan o`tish vaqtini xamda
bioadgeziyani (ichak devoriga kerakli joyida yopishib qolishi) nazorat qiladi. Dorivor
moddani terapevtik dozasi kamayadi. Nanokristallarni analgetiklar uchun ishlatish katta
ahamiyatga ega. Bunda og‘riqni tez qolishi va plazmadagi dorivor moddani variabellik
konsentratsiyasi
kamayashi
muhim
rol
o`ynaydi.
Masalan,
naproksen
nanokristallarining konsentratsiyayasi 20 daqiqadan so`ng dorivor moddani oddiy
suspenziyasi yoki tabletkalariga qaraganda qon plazmasida 3-5 barobar ko`p bo`ladi.
Shu bilan birga oshqozondagi ovqatga kamroq bog`liq.
Polimerli nanokapsulalar va nanozarrachalar yuqori toksiklikga ega bo`lgan
dorivor moddalarni minimal toksiklikni namoyon qilishi bilan hujayralarga yetkazib
beradi.
Ularni bu xususiyati yuqori toksiklik o`smalarga qarshi dorivor moddalarni
(daktinomitsin, daunorubitsin, vinblastin, vinkamin, doksorubitsin, metotreksat,
sarkolizin, nitrozometilmochevina, 5-ftoruratsil va b.) nanozarrachalarini va
nanokristallarini yaratishda ishlatilgan.
Bulardan tashqari nanotashuvchilada antibakterial antibiotiklar (ampitsillin,
amikatsin, gentamitsin va b.), adrenoblokatorlar (timolol, betaksolol), malyariyaga
qarshi (primaxin) va boshqa hujayra ichiga kiritilishi kerak bo`lgan dorivor moddalar
ishlatiladi.
Nanotashuvchilar tarkibiga kiritilgan dorivor moddalarning mushak orasiga va teri
ostiga kiritilganda ularning uzaytirilgan ta‘siri quyidagilarga bog‘liq:
- tashuvchining
asta-sekin parchalanishiga;
- dorivor moddani nanotashuvchi yuzasidan sekin desorbsiya bo`lishiga;
- dorivor moddani hujayralar orasidagi suyuqlikdan qonga sekin o`tishiga.
Masalan, nanozarrachadagi testosteronni inyeksion eritmasi dorivor moddani 10 kun
ichida ajratib turishi mumkin (moyli eritmadan ajralib chiqishdan kichikroq tezlikda).
Bunda kiritilgan testosteron qonda bir oy davomida aniqlanib turadi.
Nanozarrachalar yoki nanokapsulalar shaklida teri ostiga kiritilgan insulin uzoq
(bir sutka davomida) gipoglikemik effektga olib keladi.
Olimlar nanotashuvchilarni turli vaksinalar va genetik materialni kiritishda yaxshi
perspektivalarga ega deb hisoblaydilar.
Polilaktid-glikolidli nanokapsulalar vaksinatsiya uchun yaxshi dori shakli
xisoblanadi. Ular aseptik texnologiya yordamida olinishi mumkin, ular turg‘un, uzok
vaqt ichida antitanachalarni yuqori titrini ta‘minlaydi