118
Erish paytida yuzali va diffuzion jarayonlar muvozanatda bo`lmaydi. Erish
tenglamasi erish tezligi bog`lik bo`lgan ko`rsatkichlarni aniqlashga yordam beradi.
Bular harorat, eruvchanlik, yuza va qovushqoqlik.
Harorat har doim 37 C qilib olinadi.
Eruvchanlik deganda aniq haroratda erigan moddaning to`yingan eritmasidagi
konsentratsiyasi tushuniladi. Ushbu ko`rsatkich adabiyotlarda keltiriladi.
Erish kristallarning yuzasiga to`g`ri proporsionaldir. Diffuzion qatlamning
qovushqoqligi qancha kam bo`lsa, erish jarayoni shuncha tez kechadi.
Erishni aniqlash usullar va asboblar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Asbobning har bir qismining turi, o`lchamlari va joylashishi aniq bo`lishi shart;
Asbob tuzilishidan sodda bo‘lib, ishlatishda qulay bo‘lishi kerak, o`zgaruvchan
tajriba sharoitlariga moslanuvchan bo`lishi lozim va takroran o`tkazilgan tajribalarda
qaytariladigan natijalar berishi kerak;
Asbobda kechayotgan erish jarayoni in vivo absorbsiya jarayoni bilan korrelyasiya
bo‘lishi kerak;
Asbob boshqariladigan bo‘lib, tezlikni o`zgartirishni ta‘minlash kerak
Asbobning tuzilishi uning ishlab turgan holida na‘munalarni erituvchiga solish
imkonini berishi va o`zgarmas holda ushlab turishini ta‘minlashi lozim. Bunda
na‘munalar tuli eritmaga cho`kkan bo`lishi kerak. Erish jarayonida namuna iloji boricha
minimal mexanik ta‘sirga uchrashi lozim
Erituvchi bug‘lanmasligi uchun asbobning idishi yopiladigan bo`lishi kerak va
jarayonni nazorat qilish uchun shaffof materialdan yasalgan bo`lishi lozim. Erituvchi
standart tarkibga ega bo`lishi kerak;
Asbob parchalanadigan, parchalanmaydigan, mayda holdagi qattiq dori turlariga
to`g`ri kelishi lozim.
Aylanma kajava usuli eng keng ishlatiladigan usullardan biri, ammo uning
kamchiliklari ham bor:
Parchalangan namunalarning zarrachalari kajavaning teshikchalarini to`ldiradi va
erish sharoitini o`zgartiradi, ayniqsa bu jarayon kapsulalarni baholashda ko`p uchraydi;
Zarrachalar asbobning turli qismlarida yig‘iladi va erituvchi muhitga bir tekis
tushmaydi, bu degani erigan modda erituvchining umumiy hajmida bir tekis
tarqalmaydi;
Kajavada havo pufakchalari qoladi va ular erish jarayoniga xalaqit beradi;
Kajavani ko`zga ko`rinmas deformatsiyasi ham noto`g`ri chayqalishga olib keladi va
namuna atrofidagi sirkulyatsiyani umumiy xarakterini o`zgartiradi;
Vodorod xlorid kislotasi kajavaning setkasini korroziyaga olib keladi va ishdan
chiqaradi;
Usul yordamchi moddalardagi o`zgarishlarni qayd etmaydi;
Aylanish tezligi va kuchi ancha yuqori bo`lib erishni aniqlashga ketgan vaqt in vivo
usulida sarflangan vaqtga nisbatan ancha kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: