69
Polimer dorivor pardalarni sifatini baholash
Hozirgi kunda PDP sini standartlash uchun hali NTH lar ishlab chiqarilmagan va
ularning sifat ko‗rsatkichlarini adabiyotlarda keltirilgan ilmiy tadqiqotlarga tayanib
aniqlash mumkin. Har qaysi polimer parda o‗zining asosiy sifat ko‗rsatkichlariga ega.
PDP ning asosan quyidagi sifat ko‗rsatkichlari aniqlanadi: tashqi ko‗rinishi, o‗rtacha
og‗irligi, o‗lchami (qalinligi, uzunligi, kengligi, yuzasi), bir xilligi, dozaning bir xilligi,
quruq qoldiq yoki (quritish jarayonida massaning yo‗qolishi), erish vaqti, suvli
eritmasini rN i, adgezion xususiyati, tortilishga bo‗lgan mexanik qattiqligi, bug‗
o‗tkazuvchanligi, dori moddaning chinligi va miqdori hamda biosamaradorligi.
Polimer pardalarning tashqi ko‗rinishi vizual baholanadi. Bunda PDP ning
rangiga, tiniqligiga, o‗lchamiga, bir xilligiga, havo pufakchalari va mexanik
aralashmalar bo‗lmasligiga e‘tiborni qaratiladi.
Polimer pardaning muhim sifat ko‗rsatkichlaridan biri bu suvli eritmasini rN
ko‗rsatkichidir. Ko‗rsatkich DF X1 bo‗yicha potensiometrik usulda aniqlanadi.
Masalan, anilokain saqlovchi, og‗irligi 0,5 g bo‗lgan polimer parda namunasi 50 ml
xona haroratidagi tozalangan suvda eritildi, aralashtirildi va parda eritmasining rN-
ko‗rsatkichi potensiometrik usulda aniqlandi. Apilak saqlovchi ko‗z dori pardasining rN
ko‗rsatkichini aniqlash uchun esa 5 ta polimer parda 10 ml tozalangan suvda eritiladi
va uni rN-ko‗rsatkichi potensiometrik 4,5 – 5,5 ga teng bo‗lishi aniqlandi.
PDP lardagi erish vaqti. Bu ko‗rsatkichni aniqlash sharoiti va pardaning erish vaqti
adabiyotdagi manbalarda keltirilgan. Masalan, levomeksidin PDP 0,2g kolbaga
joylashtiriladi va 25 ml (37 ±1
0
S) suv quyilib, daqiqasiga 1-2 marta chayqatib turiladi,
erish vaqti 30 daq atrofida bo‗lishi kerak.
Polimer pardalarning yana bir aniqlanadigan xossasi bu - adgezion xususiyati va suvni
absorbsiyalash darajasi. Adgeziya bu-patologik o‗choqda ta‘sir etishini davomiyligini
va samaraliligini aniqlovchi substrat bilan pardani bog‗lanish kuchidir. Bu
ko‗rsatkichni aniqlash uchun qator usullar taklif etilgan. Masalan, P.G. Mizina
tomonidan taklif etilgan usul buyicha PDP ni adgezion xossalarini aniqlash uchun
tarozining bir pallasi 3,5 x 11 sm razmerli shishi plastinaga almashtirilgan. Taxlil uchun
olingan parda tekis shisha yuzaga joylashtiriladi. Pardani joylashtirishdan oldin yuzaga
mikropipetka yordamida 1 tomchi suv tomiziladi. So‗ng pardaning ustiga toroz
pallasiga maxkamlangan shisha plastinka joylashtiriladi va uning ustiga 100g massaga
ega bo‗lgan yuk 10 soniyaga qo‗yiladi. YUk olib tashlangandan so‗ng torozning
pallasiga sekin-astalik bilan toshlar joylashtiriladi toki shisha plastinka pardadan
ajralgancha. Tajribalar 5 marta qaytariladi. Pardani plastinadan ajratish uchun olingan
toshlar o‗rtacha massasi gramda aniqlanadi. YUzadan ko‗chish kuchi (F) nyutonlarda
(N) quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:
F=mg
• m – plastinani pardadan ko‗chishiga sarflangan toshlar massasi, g;
• g – erkin tushishni tezlanishi (9,81 m/s
2
). Natijalar bo‗yicha adgezion
xossalarining diagrammalari tuziladi.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |