Moxiyati:
fermentning
suvli
eritmasi
substratning
suvli
eritmasidan
yarimo‗tkazuvchan membrana yordamida ajratiladi (rasm 3). Ushbu membrana
substratning kichik molekulalarini oson o‗tkazadi, ammo ferment molekulalarini
o‗tkazmaydi. Misol: fermentning suvli eritmasini mikrokapsulalarning ichiga kirtish
mumkin.
Usulning afzalliklari:
• fermentlarni oqori miqdorini saqlovchi preparatlarni olish imkoniyati bor;
• universalligi
Kamchiligi:
- Yuqori molekulali substratlarda qo‗llash mumkin emas;
Ikki fazali turdagi sistemalr yordamida fermentlarni immobillash
Bu usulda immobillash fermentni ikkita fazalardan faqat bitta fazada
erishiga asoslangan. Ko‗pincha ferment suvli muhitda joylashgan bo‗ladi, substrat
va fermentativ jarayonning mahsulotlari esa organik va suvli fazalarda orasida
tarqaladi (rasm 4).
Kimyoviy usul bo‗yicha faol moddalarni immobillash
Bu usulda immobillashda ferment tashuvchi polimerga kimyoviy bog‗lar orqali
bog‗lanadi. Bunda fermentning faol, ferment-substrat kompleksida qatnashmaydigan
funksional guruxlari ishtirok etadi. Lekin bitta shart bajarilish lozim- matritsani
faollashtirish zarur, sh.u. polimerga ishlov beriladi (bromsian, sianurxlorid, nitrit
kislotasi yordami). Oqibatda faol, reaksiyaga kirishadigan guruhlar hosil bo‗ladi (NH
2
,
ON, SOON). Kimeviy usulda immobillashda ferment va polimer orasida kovalent
bog‗lar paydo bo‗ladi.
Usulning afzalliklari:
• xosil bo‗lgan kon‘yugatning nisbatan mustaxkamligi (rN va harorat ta‘siriga);
• fermentlarning kimyoviy modifikatsiyalanishi uning katalitik faolligiga va
turg‗unligiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi
Kamchiligi:
Nisbatan qimmat va murakkab
Immobillangan fermentlarni yaratish yo‗nalishlari
1. Agar fermentlarning ta‘sirini uzaytirish maqsad deb qo‗yilsa, unda suvda
eruvchan turg‗unlashtirilgan turlari olinadi. Bunday fermentlar har xil omillar ta‘siriga
nisbatan turg‗un bo‗ladi va uzoq vaqt mobaynida ular qonda o‗z faoliyatini namoyon
qiladilar. Bunda suvda eruvchan: dekstran, PVP, PEG,PVS, tabiiy: kollagen, fibrin,
albumin, geparin polimerlar qo‗llaniladi.
2. Agar fermentlarning ta‘sirini yo‗naltirish kerak bo‗lsa, unda ta‘siri yo‗naltirilgan
immobillangan fermentlar yaratiladi. Bunday immobillangan fermentlar kerakli a‘zo
yoki to‗qimani yoniga o‗rnatiladi va ma‘lum vaqt davomida fermentlarni kerakli
miqdorini ajratib turish xususiyatga ega. Bunda erimaydigan: etilenvinilatsetat,
triatsetatsellyuloza, etilsellyuloza, nitrotsellyuloza, PVX, ftoroplast, sefadeks, neylon
96
kabi matritsalar ishlatiladi. Ta‘siri yo‗naltirilgan immobilangan fermentlarni shakllari:
granula, tabletka, plyonka, tolasimon.
Sintetik va tabiiy matritsalar bilan bog‗langan dori vositalarning zamonaviy
nomenklaturasi
1. Streptodecasum pro injectionibus"
Immobillangan fibrinolizin (streptokinaza). Polimer modda – dekstran
( poliglyukin)
Texnologiyasi:
• Poliglyukinni oksidlash;
• Streptokinazani eritmasiga poliglyukinning oksidlangan eritmasini qo‗shish
/rN 8,7/ va 1 soat mobaynida aralashtish;
• Xosil bo‗lgan reaksion aralashmani 40
0
S gacha sovutish va natriy borgidrid
qo‗shib 1 soat davomida massani aralashtirish;
• Fibrinolitik faolligini aniqlash;
• Eritmani filtrlash va kuyuqlashtirish;
• Sterillash (membranali filtrlash usuli bilan);
• Sublimatsiya usulida quritish.
Preparat – oq kukun, germetik flakonlarda 1500000 yoki 1000000 FE streptodekazani
saqlaydi va 20-50 ml izotonik natriy xlorid eritmasida eritilib qo‗llaniladi.
In‘eksiyadan so‗ng fibrinolitik faolligi 48-72 soat davomida saqlanadi.
2. Aurantinni PVP bilan immobillangan turi 6 sutka davomida preparatning
qondagi miqdorini ta‘minlaydi;
3. Sarkolizin preparati suvda eruvchan ATS (VRATS) bilan immobillangan va
sitostatik ta‘siri 14 - 15 sutkaga ta‘minlanadi
4. Gemoglobinning dekstran xosilalari bilan immobillangan turi uni qonda
saqlanish davomiyligini 3-4 marta oshirdi.
Mahalliy kasalliklarni davolash uchun mo‗ljallangan immobillangan preparatlar
Oxirgi yillarda immobillangan proteolitik fermentlarning samaradorligi ancha
yuqori bo‗lishi aniqlangan. Masalan, ftoroplast asosida olingan proteolitik
fermentlarning samaradorligi 3 - 4 marta yuqori bo‗lishi aniqlangan va davolash
kursiga sarflanadigan ferment miqdori 20 martagacha kamaytirilish mumkinligi
tasdiqlangan.
SHuni hisobga olgan xolda xozirda qator ferment saqlovchi bog‗lovchi
vositalar yaratilgan. Ulardan:
• Dalseks-tripsin ta‘sir etish vaqti 72 soat (proteolitik ta‘siri ega, regeneratsiya
jarayonlarini tezlatadi
• Dalseks-tripsin - mikrotolalar;
• Dalseks-tripsin – bog‗lagich ( povyazka);
• Dalseks-tripsin – tez fiksatsiyalanadigan individual bog‗lovchi vosita;
• Dalseks-tripsin ko‗piq xolatida antibakterial komponentlari bilan;
• Dalseks-tripsin gel xolatida;
• Salfetka «Proteoks-M» tripsin va meksidol saqlaydi- proteolitik va antigipoksik
ta‘sirga ega;
• Salfetka «Proteoks-D» tripsin va dieton saqlaydi- proteolitik va antigipoksik
ta‘sirga ega;
• Salfetka tripsin bilan «Proteoks-T»;
97
• Salfetka lizoamidaza bilan «Lizoamid » larni misol qilib keltirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |