O„zbekiston respublikasi sog„liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Mavzu: “Ingalyasiyali dori tizimlar. Ingalyasion dori turlari”



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/392
Sana31.12.2021
Hajmi5,29 Mb.
#246893
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   392
Bog'liq
dori vositalarini modifikatsiyalash va yonaltirish tizimlari

 
Mavzu: “Ingalyasiyali dori tizimlar. Ingalyasion dori turlari” 
Reja 
1. Ingalyasiyali dori tizimlari  ta‘rifi, rivojlanish tarixi,     
 ta‘sir etish mexanizmlari 
       2. Ingalyasiya yo‗li bilan dori vositalarni tanaga kiritishning    
      afzalliklari va zaruriyati, farmakokinetikasi va uning o‗ziga  
      xosligi.  
      3.Ingalyasiyali tizimlarning nomenklaturasi.  
      4.Ingalyatorlar va nebulayzerlar turlari va ularni qo‗llash    
       tamoyillari  
      5. Speyserlar ta‘rifi, vazifasi 
  Tayanch    tushunchlar:  ingalyasiya,  ingalyasion  vositalar,  dozalovchi  aerozol 
ingalyator, dozalovchi poroshok uchun ingalyator, nebulayzerlar, speyserlar 
 
1. Ingalyasiyali dori tizimlari  ta‟rifi, rivojlanish tarixi, ta‟sir etish 
mexanizmlari 
Ingalyasiya  (lat.  inhalo  —  nafas  olish)  —  nafas  olish  yo‗li  orqali  organizmga 
DM kiritish usuli. Ingalyasiya  uchun DM bug‗, gaz, aerozol shaklida qo‗llaniladi.  
Ingalyasion etkazish vositalari yordamida quyidagi masalalar echilish mumkin: 
•  nafas yo‗llari kasalliklarini samaradorli davolash; 
•  DM ta‘sirini yo‗naltirish; 
•  preparatlarning ta‘sirini tez namoyon bo‗lish; 
•  DM dozasini kamaytirish ta‘minlanadi  
 


83 
 
Ingalyasion vositalarning (IV) samarasi quyidagi kasalliklarda yuqori: 
•   bronxial astma (BA); 
•  surunkali o‗pka kasalliklarida (SO‗K); 
•   mukovissidoz  va boshq kasalliklar  
                    Ingalyasion terapiyaning afzalliklari
•  o‗pkada va nafas yo‗llarida DM yuqori konsentratsiyasini ta‘minlanadi; 
•  DM    biotransformatsiyaga,  qon  zarbodi  oksillar  bilan  bog‗lanish  va    jigarda  
metabolizmga uchramaydi; 
•  DM umumiy ta‘siri darajasi past; 
•  DM  umumiy dozasini kamaytirish mumkin 
 Ingalyasion terapiyaning kamchiliklari
•  kiritish moslamalarni texnologik jihatdan murakkabligi; 
•  bemor  moslamalarni qo‗llashda amaliy ko‗nikmalarni egallashni kerakligi; 
•  DM terapevtik ta‘siri moslamani tug‗ri qo‗llanish tartibiga bog‗liqligi; 
•  maxalliy yallig‗lantiruvchi ta‘sirini namoyon bo‗lish extimoli; 
      Ingalyasion vositalarni (IV) rivojlanish tarixi 
Ayurveda  tibbiyotida    4000  y  oldin    nafas  yo‗llari  kasalliklarida    Atropa 
belladonna  barglarini tutatib  davolash to‗g‗risida  ma‘lumotlar  keltirilgan.  Gippokrat 
va  Galen    efir  moylari  saqlagan  o‗simliklarni    qo‗llab    ingalyasiyalar    ishlatib 
bemorlarni davolash yo‗llarini taklif etishgan. 1664y Bennet  ingalyasion terapiyani sil 
kasalligini davolashda qo‗llagan. 1810 y Laennek nafas yo‗lari infeksiyasini xushbo‗y 
o‗simlilardan, balzamlar va oltingugurt saqlovchi bug‗ bilan davolash usullarini taklif 
etgan.  Xindistonda  Datura    stramonium  o‗simligidan  olingan  tutunni  tomoq 
og‗rishlarni davolashda  qo‗llashgan.  
Suyuqlarni  purkashga  va  ingalyasiya  uchun  mo‗ljallangan  1-chi    apparat    1828  y 
SHneyder  va Vals tomonidan taklif etilgan.  1860 y Sales-Giron  shu maqsadlar uchun 
portativ moslamani  ixtiro qilgan. XIX asrning oxirigacha shu moslamalar «suyuqliklar 
uchun  pulverizator»  deb  nomlangan  va  1872y  Oksford  lo‗g‗atiga  birinchi  marta 
«nebulayzer» atamasi kiritildi. 
 IV  samarasi    nafas  tizimida  DM  yuqori  konsentratsiyasini    ta‘minlash  bilan 
bog‗liq. Bunga quyidagi omillar ta‘sir ko‗rsatadi: 
•  DM  bronxlar  tizimiga  (bronxlar,  bronxiolalar,  alveolalarga)  o‗tish  darajasi, 
ya‘ni o‗pka depozitsiyasi; 
•  DM fizik-kimyoviy xossalari, birinchi navbatda uning lipofilligi; 
•  O‗pka  depozitsiyasi  —bu    preparatni  nafas  yo‗llarida  to‗planishi  (otlojenie). 
O‗pka depozitsiyasining asosiy mexanizmlari: 
•  inersion urilish - yuqori nafas yo‗llarida (tomoq va halqumda); 
•  Aerozol zarrachalarining sedimentatsiyasi; 
•  Diffuziya (razmerlari 0,5 mkm kam bo‗lgan zarrachalari uchun) 
DM  nafas  yo‗llariga  etkazishda  (depozitsiyaga)  zarrachalarning  razmerlari  ta‘sir 
ko‗rsatadi. Bunda 5-10 mkm zarrachalar og‗iz - tomoq, hikildoq (gortan) va traxeyada 
to‗planadi, 2-5 mkm — pastki nafas yo‗llarida, 0,5-2 mkm zarrachalar —alveolalarda,  
0,5 mkm kichik —o‗pkada  umuman to‗planmaydi. 
Ingalyasion  vositalarda  (IV)    DMning  mo‗‗tadil  razmerlari  1-5  mkm  atrofida 
bo‗lishi  maqsadga  muvofiq.  SHunda  ularni  pastki  nafas  yo‗llariga  etib  borishi 
ta‘minlanadi. 


84 
 
 Inersion  urilish  oqibatida   yuqori  nafas  yo‗llarida   ushlanib qoladigan preparat 
miqdori qanchalik ko‗p bo‗lsa, shunchalik uni qonga so‗rilgan miqdori oshib, umumiy 
(rezorbtiv) ta‘siri namoyon bo‗ladi. 
O‗pkada  DMni tarqalishiga  yana  boshqa  omillar xam  ta‘sir ko‗rsatadi,  masalan nafas 
olish tezligi, ingalyasiyadan so‗ng nafas ushalib qolishi. 
Ingalyasion  vositalar  (IV)  DM  ning  respirabel  fraksiyasi  ko‗rsatkichi  bilan  
ta‘riflanadi. Respirabel fraksiya — aerozolda respirabel zarrachalarning  ulushini %% 
ifodalaydi.    Respirabel  zarrachalar-bu  aerodinamik  diametri  5  mkm  kam  bo‗lgan 
zarrachalar (ular pastki nafas yo‗llariga o‗tish qobiliyatiga ega) 
IVda   asosan  bronxlarni kengaytiruvchi  moddalar va glyukokortikoidlar keng 
qo‗llaniladi  
DM ingalyasiya yo‗li bilan etkazish mexanizmlari va moslamalari 
Suyuq va  poroshok shakldagi DM ni  etkazish uchun turli tuzilishga ega bo‗lgan 
ingalyatorlar qo‗llaniladi. Ularning turlari: 
1.  dozalovchi aerozol ingalyator (DAI); 
 2. dozalovchi poroshok uchun ingalyator (DPI); 
 3. nebulayzerlar  
Ulardan keng qo‗llaniladiganlari bu DAI va DPI. 
An‘anaviy  dozalovchi aerozol ingalyator (DAI) 
 
 
Rasm.1. DAI tuzilishi: DM suspenziyasini saqlovchi alyumin kanistra 
(rezervuar),  preparatning kerakli miqdorini ajratuvchi dozalovchi klapan,  
purkagich 
                                     

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish