152
birikilgan aloqa buziladi, jelatin eriydi va eritmaga aylanadi. Iliq jelatinli eritma suv va
glitserin bilan cheksiz aralashadi. Past harorat ta‘sirida eritma asta-sekin oquchanligini
yo‗qotadi va erimaydi .
Tabletkalashda bog‗lovchi sifatida 1-10% li jelatin gidrogeni ishlatiladi. Jelatin
eritmasi qon ketishini (oshqozonda, ichakdn, o‗pkada va gemofiliyada) to‗xtatish uchun
tayinlanadi. 10% li jelatin eritmasi in‘eksiya qilish uchun ishlatiladi. Jelatinnig suvdagi
va glitserindagi eritmasi surtma va shamchalar uchun asos sifatida qo‗llaniladi.U aktiv
emulgator va stabilizatordir.Dori turlari tayyorlashda jelatinaning og‗ir metall tuzlari
bilan nomutanosibligini hamda mikrobiologik ta‘siridan chidamsizligini hisobga olish
kerak [49]. Jelatina qator PDP olishda, masalan, anilokain saqlovchi PDP yaratishda
qo‗llanilgan.
K o l l a g e n-biriktiruvchi to‗qimaning asosiy oqsili hisoblanadi. Kollagen uch
spiralli strukturaga ega makromolekulalardan iborat.Kollagen olishning asosiy manbasi-
yirik shoxli qoramol terisidir, qaysiki u tarkibida 95% gacha kollagen saqlaydi.
Kollagenning borat kislotasi, chakanda moyi saqlovchi polimer pardalari hamda
antibiotik saqlovchi ko‗z pardalari, gemostatik gubkalari turli xil dorivor moddalar bilan
yaralar yuzasini qoplash uchun ishlatiladi. U dorivor moddani mo‗‗tadil faolligini
ta‘minlab beradi. Bu esa kollagen asosiga kiritilgan dori moddalarni organizm
to‗qimalari bilan uzoq vaqt aloqada bo‗lishi va to‗qimalarning ichiga chuqurroq kirib
borishi bilan bog‗liqdir.Kollagen-ko‗z dori shakllarida (eritmalar, pardalar) yaxshi
tashuvchidir.
Kollagen farmatsevtik amaliyotda keng tarqalgan YUMB bo‗lib, hozirgi kunda undan
ta‘sirini uzaytiruvchi hamda polimer pardalarning, shamchalarning, surtmalarning asosi
sifatida foydalanib kelinmoqda.
Masalan, ―Oblekol‖ va ―metilmetioninsulfoniy xlorid – vitamin U va setilpiridiniy
xlorid hamda lidaza‖ saqlovchi dermatologik polimer pardalarni olishda asos sifatida
tabiiy polimer kollagendan foydalanilgan.
Kollagen hidsiz, rangsiz, och sarg‗ish yaltiroq rangli, mo‗rt yoki mayda plastinka bo‗lib
sovuq suvda erimaydi, lekin bo‗kadi.
Kollagenni ishlatishdan oldin uning suvli eritmasi tayyorlab olinadi. Buning uchun esa
chinni idishga Ѕ qism suv quyilib, ustiga yupqa qilib kollagen kukuni sepiladi va idish
chayqatilmasdan 20-30 daqiqiga qo‗yib qo‗yiladi.So‗ng sistema aralashtiriladi, bunda
kollagen oldin bo‗kib keyin eriydi.Tayyor bo‗lgan qotishmani bir sutkaga qoldiriladi.
Kollagening biologik xususiyatlari: toksikologik xususiyatlarining yo‗qligi, to‗liq
rezorbsiya qilinishi, reparativ jarayonlarni stimulyasiya qilishi hamda texnologik
xossalari dori va polimer pardalar texnologiyasida keng qo‗llanilishiga imkoniyat berdi.
A l g i n a t l a r-dengiz suv o‗tlaridan (laminariya) olingan yuqorimolekulyar
birikmalardir.U o‗zining fizik-kimyoviy xossalariga ko‗ra qovushqoq suvli eritmalar va
pastalar hosil qilish qobiliyatiga ega; gomogenlashtiruvchi, stabillovchi, g‗ovaklovchi
xususiyatlarga ham ega.Bu esa ularning har xil farmatsevtik preparatlar tarkibida
emulgirlovchi, ta‘sirini uzaytiruvchi va parda hosil qiluvchi ya‘ni yordamchi modda
sifatida qo‗llash imkoniyatini beradi. Anilokain saqlovchi PDP lar yaratishda natriy
alginat ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: