O„zbekiston respublikasi sog„liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/392
Sana31.12.2021
Hajmi5,29 Mb.
#246893
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   392
Bog'liq
dori vositalarini modifikatsiyalash va yonaltirish tizimlari

Yаrimsintetik yordamchi moddalar 
      Bu  guruhga  sellyuloza  unumlari  kiradi.  Sellyuloza  polisaxaridlar  guruhiga  tegishli 
bo‗lib,  u  yog‗ochli  o‗simlik  iplaridan  tuzilgan  kletchatka  hisoblanadi.  Sellyuloza 
molekulalari kraxmalga o‗xshab (b-formali) glyukoza qoldiqlaridan tuzilgan, ammo bu 
zanjirlarning  fazoda  joylashishi  bilan  u  kraxmaldan  farqlanadi.  Sellyuloza 


153 
 
makromolekulalari chiziqsimon tuzilishga ega bo‗lib, ularda ko‗pgina polyarli gidroksil 
guruhlar  mavjud  hamda  ular  molekulalararo  o‗zaro  mustahkam  bog‗  hosil  qiladi. 
Sellyuloza  sovuq  suvda  erimaydi.  Uning  molekulalaridagi  erkin  gidroksil  guruhlar 
oddiy  va  murakkab  efirlar  olishga  imkoniyat  beradi.  Agar  sellyulozaning  gidroksil 
guruhidagi  vodorod  atomi  spirt  qoldig‗i-alkillarga  (oddiy  efir)  yoki  kislota  qodig‗i-
atsillarga  almashsa  (murakkab  efir)  hosil  bo‗ladi.  Sellyuloza  efirlari  stabilizator, 
ta‘sirini  uzaytiruvchi,  parda  hosil  qiluvchi    modda  sifatida,  hamda  ko‗pgina  dori 
shakllarining sifatini oshirish uchun ishlatiladi.    
      E r u v ch a n   m e t i l s e l l yu l o z a (MS) - sellyulozaning oddiy efiri hisoblanib, 
u  125-140єS  da  va  1,0-1,2  mPa  da  ishqoriy  sellyuloza  va  metilxloridni  reaksiyaga 
kirishishidan hosil bo‗ladi.    
     MS  kukunsimon,  donador  yoki  tolasimon  hamda  oq  yoki  och  sariq  rangli  modda 
bo‗lib, hidsiz va mazasiz, zichligi 1,29-1,31 g/smі. MS sovuq suvda, glitserinda eriydi, 
ammo issiq suvda erimaydi, lekin bo‗kadi.  
     MS eritmalari neytral reaksiyaga (rN=7,0-7,8) ega, uning suvdagi eritmasi  rN=3,0-
12,0  da  turg‗undir.  MS  ning  suvli  eritmasini  tayyorlashda  80-90єS  gacha  qaynatilgan 
suvning  umumiy  miqdoridan  20-50%  i  olinib,  qayta  ishlanadi  va  eritma 
tayyorlanadi.Bunda  MS  namlanadi  va  bo‗kadi,  u  o‗z  hajmini  40  barobargacha 
kattalashtiradi.  Harorat  xona  haroratigacha  tushgandan  so‗ng  qolgan  sovuq  suvni  yoki 
hatto  muzni    qo‗shsa  ham  bo‗ladi  va  aralashma  bir  jinsli  eritma  hosil  bo‗lguncha 
yaxshilab  aralashtiriladi.  MS  ning  suvdagi  eritmalarini  50єS  dan  yuqori  darajada 
qaynatilganda koagulyasiya jarayoni  yuz beradi, lekin sovutilganda  yana eritma holiga 
qaytadi.Eritma  quriganda  rangsiz  parda  hosil  bo‗ladi.  Unga  bakteriyalar  ham,  mog‗or 
ham,  organik  eritmalar  va  yog‗lar  ham  ta‘sir  etmaydi.YOrug‗lik  ta‘sirida  parda 
o‗zgarmaydi ya‘ni sarg‗aymaydi va yopishqoq ham bo‗lib qolmaydi. MS boshqa suvda 
eriydigan  sellyuloza  efirlari  bilan,  shuningdek  suvda  eruvchan  polimer  va  polivinil 
spirtlar  bilan  birga  reaksiyaga  kirishadi.  U  turli  kimyoviy  reagentlarga  nisbatan 
barqarorligi, biologik turg‗unligi, fiziologik inertligi va zaharsizligi bilan faqlanadi.    
        MS  ning  1-2%  li  eritmalari  skopolamin  gidrobromid,  pilokarpin  gilroxlorid, 
atropin sulfat saqlovchi ko‗z tomchilarini tayyorlash uchun ta‘sirini uzaytiruvchi modda 
sifatida  qo‗llaniladi.  MS  polimeri    pilokar-pin  va  vitaminlar  saqlovchi  ko‗z  PDP  si, 
okopnik  ekstrakti  va  siminal  saqlovchi  stomatologik  PDP  va  qator  fitopardalar, 
linkomitsin, metroni-dazol, streptotsid saqlovchi PDP yaratishda qo‗llanilgan.   
       N a t r i y – k a r b o k s i m e t i l s e l l yu l o z a (natriy-KMS)-sellyuloza oddiy 
efirining natriyli tuzi va glikol kislotasidan tashkil topgan. 
      Bu  oq  yoki  kulrang  hidsiz  va  mazasiz  gigroskopik  kukun;  sovuq  va  issiq  suvda 
bo‗kadi, keyin eriydi, molekulyar massasi va konsentratsiyasiga bog‗liq holda turli xil 
yopishqoqlikdagi  eritma  hosil  qiladi.  (1%)  li  emulgator,  (2%)  li  stabilizator,  (4-6%)  li 
surtmalarda shakl hosil qiluvchi, (0,5-1%) li  in‘eksion eritmalarda va ko‗z tomchilarida 
dori  moddalarini  ta‘sirini  uzaytiruvchi  sifatida  qo‗llaniladi,  hamda  tabletka  ishlab 
chiqarishda  bog‗lovchi  va  g‗ovaklovchi.  Natriy-KMS  geli  MS  dan  farqlanib,  ko‗pgina 
konservantlar bilan birga qo‗llaniladi. Natriy-KMS anilokain hamda okopnik ekstrakti 
va  siminal  saqlovchi  PDP  lar  va  fitopardalar  texnologiyasida  qo‗llaniladi.  PDP 
texnologiyasida sellyulozaning aralash efirlarini ham qo‗llash tavsiya etiladi, ulardan o 
k s i p r o p i l m e t i l s e l l yu l o z a (OPMS), dikain va efedrin gidroxlorid  hamda 
doksorubitsin saqlovchi PDP larni olish uchun qo‗llaniladi. 
Sintetik yordamchi moddalar 


154 
 
        P o l i v i n i l p i r r o l i d o n (PVP)-bu  vinilpirrolidonni polimerizatsiyalangan 
mahsuloti.  Bu  rangsiz  va  jilosiz  gigroskopik  kukun  bo‗lib,  M.m.1000000  ga 
teng.Asosan  M.m.  12600-35000  gacha  bo‗lgani  keng  qo‗llaniladi.  PVP  suvda,  spirtda, 
glitserinda, xloroformda, dixloretanda, siklogeksanda eriydi, dori moddalar (vitaminlar, 
antibiotiklar)  bilan  komplekslar  hosil  qiladi.  PVP  farmatsevtik  texnologiyada  tabletka 
va drajelar uchun to‗ldiruvchi, ko‗z dorivor pardalarida ta‘sirini uzaytiruvchi va parda 
hosil  qiluvchi  (yod  saqlovchi  PDP  da)  komponent,  suspenziya  va  emulsiyalar  uchun 
stabilizator  sifatida keng qo‗llaniladi. PVP asosida olingan gellar surtmalar tayyorlash 
uchun  qo‗llaniladi,  shu  bilan  bir  qatorda  shilliq  qavatlar  uchun  ham  tavsiya  qilinadi. 
M.m  30000-40000  bo‗lgan  PVP  ning  3-3,5%  li  eritmasi  plazma  o‗rnini  bosuvchi 
sifatida  qo‗llaniladi;  PVP  ning  3,5%  li  eritmasi  gemovinil,  2,5%  li  esa  periston    deb 
aytiladi .  
 
P o l i v i n o l (p o l i v i n i l s p i r t i - PVS) alifatik qatorli sintetik polimerlar 
guruhiga kiradi va u o‗z tarkibida gidroksil guruhlarni saqlaydi. 
PVS  molekulyar  massasining  o‗lchami  bo‗yicha  4  ta  guruhga  bo‗linadi:  Bular 
aligomerlar  (4000-10000),  pastmolekulyarlilar  (10000-45000),  o‗rtachamolekulyarlilar 
(45000-150000)  va  yuqorimolekulyarlilar  (150000-500000).Polivinol  polivinilatsetatni 
ishqor  yoki  kislotani  spirdagi  eritmasini  gidrolizi  natijasida  olinadi.  PVS    oq  yoki 
ozgina  sarg‗ish  rangli  kukun  bo‗lib,  qizdirilganda  suvda  eriydi.Gidroksil  guruhlari 
bo‗lganligi  uchun  u  yuqori  reaksion  qobiliyatga  ega.  Kimyoviy  xususiyati  bo‗yicha  u 
pastmolekulali ikki asosli spirtlarga o‗xshaydi . 
 
PVS  ta‘sirini  uzaytiruvchi,  stabilizator,  parda  hosil  qiluvchi  sifatida  ishlatiladi; 
PVS  ning  10%  li  eritmasi  XI-DF  ga  ta‘sirni  uzaytiruvchi    sifatida  kirgizilgan,  2%  li 
eritmasi  esa  qovushqoqlikni  oshirish  uchun  qon  o‗rnini  bosuvchi  moddalar  tarkibiga 
kiritilgan.PVS    okopnik  ekstrakti  va  siminial  saqlovchi  stomatologik  PDP  olishda  
qo‗llanilgan. 
      P  o  l  i  a  k  r  i  l  a  m  i  d  (PAA)-oq  rangli,  hidsiz,suvda,  glitserinda  eriydigan 
polimer.Suvli  eritmasi  tipik  soxtaplastik  suyuqlikka  ega.  Eruvchan  polimer  ko‗z 
tomchilarini  ta‘sirini  uzaytirish  uchun  va  ko‗z  pardalari  texnologiyasida  keng 
qo‗llaniladi.  PAA  ning  suvli  eritmasi  ko‗pgina  eletrolitlar,  sirt-aktiv  moddalar  va 
konservantlar  bilan  birga  qo‗llaniladi.  Metiltestosteron  saqlovchi  PDP  olishda 
qo‗llanilgan. 
PDP texnologiyasida qo‗llaniladigan polimerlar organizmdagi to‗qima va organlar bilan 
bevosita aloqada bo‗lganligi uchun tibbiyotda ularga quyidagi talablar qo‗yilgan: 
 tarkibidagi dori moddani terapevtik  ta‘sirini yuzaga chiqarilishini ta‘minlashi lozim; 
 ishlatiladigan polimerlar biologik zararsiz va organizm to‗qimalari bilan biomutonosib 
bo‗lishi hamda allergik va toksik reaksiyalarni chaqirmasligi kerak; 
polimerlar PDP siga kerakli struktur–mexanik va fizik–kimyoviy xususiyatlarni berishi 
zarur; 
dorivor modda bilan fizik– kimyoviy va kimyoviy tomondan mutanosib bo‗lishi kerak; 
dori turining turg‗unligini ta‘minlashi zarur; 
dori shaklining  mikrobiologik tozaligiga  javob berishi kerak; 
     -  iqtisodiy jihatdan topilishi oson xom ashyolardan olinishi kerak. 
YOrdamchi  moddalar  faqatgina  dori  moddasini  terapevtik  samaradorligiga  ta‘sir 
qilibgina  qolmay,  balki  PDP  ni  saqlash  va  tayyorlash  jarayonlaridagi  fizik-kimyoviy 
xususiyatlariga ham ta‘sir qiladi. Turli xil turg‗unlashtiruvchi moddalar qo‗shish bilan 
PDP  tarkibidagi  dori  moddaning  uzoq  vaqt  davomida  yuqori  darajada  samaradorligini  
va  iqtisodiy  tomondan  yaroqlilik  muddatini  oshirishi  mumkin.  YUqorida  keltirilgan, 


155 
 
efedrin  gidroxlorid  va  dikain  saqlovchi  polimer  parda  turg‗unligini  oshirishda  natriy 
tiosulfat  qo‗llanilgan,  shunda  OPMS  asosli  polimer  dori  pardalarni  12  oy  saqlash 
davomida sifat ko‗rsatkichlari o‗zgarmasligi aniqlangan. 

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish