O„zbekiston respublikasi sog„liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/392
Sana31.12.2021
Hajmi5,29 Mb.
#246893
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   392
Bog'liq
dori vositalarini modifikatsiyalash va yonaltirish tizimlari

    Nanokapsulalar  –  bo`sh  sferik  konteynerlar  bo`lib  (devor  qalinligi  10-30  nm), 
dorivor  modda  eritilgan  suyuq  muhitni  saqlaydi.  Nanokapsuladan  dorivor  moddani 
ajralib  chiqishi  dorivor  moddani  nanotashuvchining  devoridan  diffuziya  hisobiga  yoki 
kapsulani buzilishi natijasida sodir bo`ladi. 
    Nanotashuvchilarni  hujayralar  bilan  o`zaro  ta‘siri  ular  hosil  bo`lgan  materiallarga 
bog‘lik. Ko`pincha quyidagilar ishlatiladi: 
-  Dorivor moddalarning nanokristallari qo`shimcha materialsiz; 
-  Lipidli nanokapsulalar (liposomalar, lipidli nanozarrachalar) olish uchun lipidlar 
(yog‘lar); 
-  Polimerizatsiya qilingan lipidlar (polimer liposomalar); 
-  Termik yoki kimyoviy modifikatsiya qilingan zardobli albumin; 
-  Kimyoviy  modifikatsiya qilingan polisaxaridlar; 
-  Organizmda 
asta-sekin 
parchalanadigan 
polimer 
va 
sopolimerlar 
(polialkilsianoakrilatlar, polillaktidglikolidlar). 
    Nanokristallar boshqa nanosistemalarga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: 
-  dorivor moddaning yuqori konsentratsiyasi (100%); 
-  dorivor  moddani  oson  va  bashorat  qilinuvchi  ajralib  chiqishi  (dorivor  moddani 
ajralib chiqish tezligi nanokristallarni erish tezligiga bog‘lik); 
-  dorivor moddani organizmda tarqalishi oddiy sodir bo`ladi; 
-  ishlab chiqarishni oddiy va samarali usuli. 


124 
 
    Dorivor  moddalarni  nanokristallari  ko`pincha  makrokapsulalar  va  matritsali 
tabletkalarga kiritiladi. Biospetsifik mukoadgeziv moddalarni qo`shish  (shilliq qavatga 
yopishadigan moddalar) dorivor moddalarni nanokristallarini oshqozon-ichak traktining 
kerakli joyida yig`ilishga yordam beradi.  
    Yomon  eruvchi  dorivor  moddalar  uchun  nanokristallar  suspenziyasi  o`zini  eritmaga 
o`xshash tutadi va aerozzollarda qo`llaniladi, masalan beklometazon dipropionat uchun.  
Nanokristallarni inyeksion  yo`l bilan kiritish dorivor moddani kiritilgan joyda uzoqroq 
ushlanib  turishi,  dorivor  moddani  organizmda  biotarqalishini  nazorat  qilish  va  dorivor 
moddani fagotsitli hujayralar bilan yutilishini oldini olish mumkin. 
        Nanokristallarni  katta  solishtirma  yuzaga  ega  bo`lgani  sababli  qiyin  eruvchi 
dorivor moddalar uchun yaroqli. Peroral yo‘l bilan kiritishda absolyut bio samaradorligi 
oshadi hamda qabul qilingan ovqatning ta‘siri kamayadi. Dorivor moddani plazmadagi 
maksimal konsentratsiyasi tezroq hosil bo`ladi. Ba‘zida qo`shiladigan biostabilizatorlar 
nafaqat nanokristallarni turg‘unligini ta‘minlaydi (masalan agregatsiyadan), balki ularni 
organizmda  ajralib  chiqishini,  oshkozon-ichak  traktidan  o`tish  vaqtini  xamda 
bioadgeziyani  (ichak  devoriga  kerakli  joyida  yopishib  qolishi)  nazorat  qiladi.  Dorivor 
moddani terapevtik dozasi kamayadi. Nanokristallarni analgetiklar uchun ishlatish katta 
ahamiyatga ega. Bunda og‘riqni tez qolishi va plazmadagi dorivor moddani variabellik 
konsentratsiyasi 
kamayashi 
muhim 
rol 
o`ynaydi. 
Masalan, 
naproksen 
nanokristallarining  konsentratsiyayasi    20  daqiqadan  so`ng  dorivor  moddani  oddiy 
suspenziyasi  yoki  tabletkalariga  qaraganda  qon  plazmasida  3-5  barobar  ko`p  bo`ladi. 
Shu bilan birga oshqozondagi ovqatga kamroq bog`liq. 
 
Polimerli  nanokapsulalar  va  nanozarrachalar  yuqori  toksiklikga  ega  bo`lgan 
dorivor  moddalarni  minimal  toksiklikni  namoyon  qilishi  bilan  hujayralarga  yetkazib 
beradi. 
     Ularni  bu  xususiyati  yuqori  toksiklik  o`smalarga  qarshi  dorivor  moddalarni 
(daktinomitsin,  daunorubitsin,  vinblastin,  vinkamin,  doksorubitsin,  metotreksat, 
sarkolizin,  nitrozometilmochevina,  5-ftoruratsil  va  b.)  nanozarrachalarini  va 
nanokristallarini yaratishda ishlatilgan.  
      Bulardan  tashqari  nanotashuvchilada  antibakterial  antibiotiklar  (ampitsillin, 
amikatsin,  gentamitsin  va  b.),  adrenoblokatorlar  (timolol,  betaksolol),  malyariyaga 
qarshi    (primaxin)  va  boshqa  hujayra  ichiga  kiritilishi  kerak  bo`lgan  dorivor  moddalar 
ishlatiladi. 
    Nanotashuvchilar  tarkibiga  kiritilgan  dorivor  moddalarning  mushak  orasiga  va  teri 
ostiga kiritilganda ularning uzaytirilgan ta‘siri quyidagilarga bog‘liq: 
-  tashuvchining asta-sekin parchalanishiga; 
-  dorivor moddani nanotashuvchi yuzasidan sekin desorbsiya bo`lishiga; 
-  dorivor moddani hujayralar orasidagi suyuqlikdan qonga sekin o`tishiga. 
   Masalan,  nanozarrachadagi  testosteronni  inyeksion  eritmasi  dorivor  moddani  10  kun 
ichida  ajratib  turishi  mumkin  (moyli  eritmadan  ajralib  chiqishdan  kichikroq  tezlikda). 
Bunda kiritilgan testosteron qonda bir oy davomida aniqlanib turadi. 
    Nanozarrachalar  yoki  nanokapsulalar  shaklida  teri  ostiga  kiritilgan    insulin    uzoq    
(bir sutka davomida) gipoglikemik effektga olib keladi. 
     Olimlar  nanotashuvchilarni  turli  vaksinalar  va  genetik  materialni  kiritishda  yaxshi 
perspektivalarga ega deb hisoblaydilar. 
     Polilaktid-glikolidli  nanokapsulalar  vaksinatsiya  uchun  yaxshi  dori  shakli 
xisoblanadi. Ular  aseptik texnologiya    yordamida  olinishi  mumkin, ular  turg‘un, uzok  
vaqt ichida antitanachalarni yuqori titrini ta‘minlaydi 


125 
 

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish