O„zbekiston respublikasi sog„liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Applikatsion dori vositalarini qo„llash soxalari



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/392
Sana31.12.2021
Hajmi5,29 Mb.
#246893
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   392
Bog'liq
dori vositalarini modifikatsiyalash va yonaltirish tizimlari

Applikatsion dori vositalarini qo„llash soxalari 
 
ADV bir turi PDPlar tibbiyotning  turli  sohalarida qo‗llaniladi: 
•  oftalmologiya;  
•   stomatologiya;  
•   otorinolaringologiya; 


58 
 
•   dermatologiya; 
•  ginekologiya va boshq.  
 
Hozirgi  vaqtda  polimer  dorivor  pardalarning  quyidagicha  tasniflanishi  taklif 
etilgan: 
               1. Organizmga ta‘sir qilish xususiyati bo‗yicha: 
•    umumiy ta‘sir ko‗rsatadigan PDP; 
•   maxalliy ta‘sir ko‗rsatish uchun PDP  
                2. Qo‗llanilishi bo‗yicha: 
-  dermatologik; 
-   oftalmologik PP 
- og‗iz bo‗shlig‗iga o‗rnatiladigan PP  
- rinologik PP va boshq 
                 3. Tarkibi bo‗yicha: 
-  birkomponentli; 
-  ko‗pkomponentli  
              4. O‗ziga xos tuzilishi bo‗yicha: 
•  monoqavatli PDP lar; 
•  biqavatli PDP lar;  
              5. Patologik joyda o‗zini tutishi bo‗yicha: 
•  biodegradatsiyalanadigan PDP lar; 
•  bioeriydigan PDP lar.  
Bu  applikatsion  dori  shakli  o‗z  navbatida  quyidagi  talablarga  javob  berishi 
kerak: 
-  yuqori adgezion qobiliyatga ega bo‗lishi; 
- terining va shilliq qavatlarning anatomo-fiziologik xususiyatlarini buzmasligi
-og‗riqli  sindromlarni  bartaraf  qilishi  va  shikastlangan  zonani  tezroq  epitelizatsiya 
qilishga yordam berishi; 
-  BFM  larni  ta‘sirini  uzaytirishi,  aniq  dozani  va  vaqt  davomida  preparat 
konsentratsiyasini bir me‘yorda bo‗lishini ta‘minlash; 
- biodestruksiya jarayonida zaharli mahsulotlarni ajratmasligi; 
- qo‗llashda, saqlashda va tashishda qulayligi. 
 
Xozirda PDP shaklida  turli farmakologik guruxlarga mansub bo‗lgan DM  keng 
qo‗llaniladi.  PDPda  qo‗llanilgan  polimerlar  tabiatiga  ko‗ra  DMning  maxalliy    yoki 
umumiy  ta‘siri  namoyon  bo‗ladi.  Polimer  dorivor  pardalar  orasida  ko‗p  qismini 
mahalliy  ta‘sirga  ega  bo‗lgan  pardalar  tashkil  etadi.  Bu  guruh  ichidan  hammasidan 
ko‗ra  ko‗p  tarqalgani  va  o‗rganilgani  bu  ko‗z  polimer  pardalar  (KPP).  KPPlari  ko‗z 
suyuqligiga  dori  moddasini  etkazib  berish  uchun  tavsiya  qilinadi.  KPPlari  biologik 
birlashgan polimerlar asosida ko‗z pato-logiyasini davolash uchun ishlatiladi. Ular o‗z 
tarkibida virusga qarshi, shamollashga qarshi, regenerativ va midriatik vositalar saqlab, 
davolash  samarasini  oshiradi  hamda  uni  bir  marta  qabul  qilinganida  ko‗zning  oldingi 
kamerasi  zonasida  dori  modda  terapevtik  konsentratsiyasi  vujudga  keladi.  Xozirda 
apilak, pilokarpin  va  vitaminlar, atropin,  kanamitsin, sulfapiridazin-natriy,  fibrinolizin, 
deksametazon,  taufon,  emoksipin,  dikain,  florenal  va  neomitsin    saqlovchi  KPPlari 
yaratilgan.Ular bakteriyali va virusli kon‘yunktivitlarda  – ko‗zning oldingi kamerasini 
turli  xil  patologik  o‗zgarishlarini  hamda  keratitlarni,  iridotsiklitlarni,  glaukomani, 
kon‘yunktivitni,  ko‗zning  allergik  kasalliklarini,  travmatik  va  operatsiyadan  keyingi 
gematomalarni    davolashda  qo‗llaniladi  keng  qo‗llaniladi.  Ko‗z  pardalari  ko‗z 
kon‘yunktivasiga  qo‗yilganda,  ular  ko‗z  suyuqligi  ta‘sirida  10-15  soniyadan  so‗ng 


59 
 
elastik  holatga  o‗tib,    40-60  soniya  ichida  ko‗z  unga  o‗rganadi  va  hech  qanday 
noqulaylik sezilmaydi. Polimer pardaning erish dinamikasi quyidagicha bo‗ladi: 10-15 
daqiqadan  so‗ng  parda  chetlarining  shakli  o‗zgaradi.  20-30  daqiqadan  so‗ng  ko‗z 
suyuqligi  bilan  moslasha  oladigan  qovushqoq  massa  hosil  bo‗ladi,  lekin  45-50 
daqiqadan  so‗ng  ham  ko‗z  qorachig‗ida  parda  bo‗lakchalari  borligi  seziladi.  75-90 
daqiqadan  keyin  polimer  parda  to‗liq  eriydi.  Eritma  ko‗z  olmasining  sathini  yupqa 
parda  bilan  qoplaydi,  lekin  parda  ko‗rishga  halaqit  bermaydi.  Pardaning  erishi  bir 
me‘yorda  uzoq  davom  etganligi  uchun  dorilarning  ta‘siri  ham  uzayadi.  Ko‗z  dori 
pardalarni  YUMB  eritmalari  (PVP,  natriy-KMS,  kollagen  va  boshqalar)  asosida 
tayyorlanadi.    Ko‗z  pardasini  tayyorlash  uchun    ko‗z  suyuqligida  eriydigan,  ko‗z 
to‗qimalari bilan moslasha oladigan, mutlaqo betaraf polimerlar olinadi. Asosan KPPlar 
tuxumsimon plastinka shaklida bo‗lib, ularning katta kichikligi 9 x 4x 0,3 mm, og‗irligi 
og‗irligi 10-30 mg atrofida bo‗ladi. KPPlarning ko‗rinishi 1-rasmda keltirilgan. 
 
                            

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish