O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/95
Sana27.09.2021
Hajmi1,29 Mb.
#186929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Kasbiy  psixologiya  fani  kasb  doirasidagi  munosabatlar,  odamlarning  psixik 
faoliyatini  huquqiy  boshqarish  mexanizmlari  va  qonuniyatlarini  o‘rganuvchi  fandir. 
Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, gumonla- nuvchilarning ko‘rsatmalari hamda 
so‘roq olib borishning psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan. 
Kasbiy  psixologiya  fanining  maqsadi  -  kasb  xodimlari  faoliyatining  taraqqiyot 
qonuniyatlari,  turli  toifadagi  shaxslar  bilan  o‘zaro  munosabatlar  jarayonida 
psixologik  bilimlardan  foydalana  olish  ko‘nikma  va  malakalarini  shakllantirishdan 
iboratdir. 
Shu  ma’noda,  kasbiy  psixologiya  fanining  metodologik  asosini  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  asarlari,  faylasuf-allomalarning  psixologiya  faniga  oid 
g‘oya  va  nazariyalari  hamda  hukumat  qonunlari,  IIVning  buyruq  va  ko‘rsatmalari 
tashkil etadi. 
Psixologiya,  falsafadek  juda  qadimiy  fanlardandir  va  juda  boy  tarixga 
egadir.Pisxologiya  dastlab  falsafa  doirasida  faoliyat  ko'rsatgan.  Psixologiya  juda 
uzoq  tarixga  ega.  Dastlabki  psixologik  tasavvurlar  Qadimgi  Sharq  mamlakatlarida, 
Xitoy,  Hindiston,  Misr  kabi 
mamlakatlarda 
vujudga  kelgan.  Psixologik 
tasavvurlarning  vujudga  kelishida  odamlar  o'rtasida  farqlarning  mavjud  ekanligi, 
ammo bu farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq.       
Kishining  psixikasi  haqidagi  ta'limotni  birinchi  marta  Aristotel  (eramizdan 
avvalgi  384-322  yillar)  «Ruh  haqida»  degan  kitobida  bayon  qilgan.  Shu  sababli 
Aristotel  alohida  fan  bo'lgan  psixologiyaga  asos  solgan  olim  yoki  psixologiya 


fanining  «otasi»  deb  hisoblanadi.  U  bir  qancha  asarlar  yozib,  ularda  psixologiya 
masalalari  bo'yicha  o'z  qarashlarini  bayon  qiladi.  Aristotel  ruh  tan  bilan  uzviy 
bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana esa 
tobe  narsadir».  Aristoteldan  keyin  Demokrit,  undan  keyin  Epikur  (342-271  yillar), 
Rim  shoiri  va  faylasufi  Lukresiy  Karr  (99-95  yillar)  psixologiya  fanining 
rivojlanishiga  o'z  nazariyalari  bilan  hissa  qo'shdilar.  Lukresiy  psixik  hodisalarning 
tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi. 
0’rta  asrlardan  fransuz  tabiatshunos  olimi  R.Dekart  nomini  tilga  olmaslik 
mumkin  emas.  Chunki  bu  olimning  nomi  bilan  keyinchalik  fiziologiyada  va 
Psixologiyada  ko'p  ishlatiladigan  refleks  tushunchasi  bog’liqdir.  R.Dekart  o'z 
zamonasida  birinchimarta  refleks  tushunchasini  odam  hatti-harakatini  tushintirishda 
ishlatdi va harakatlarnitashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini refleks mexanizmi 
deb  tushuntiradi.  Lekin  R.Dekart  odam  faoliyatini  to'g'ridan-to'g'ri  jonsiz  mexanizm, 
mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti-harakatlarga biron bir aloqasi 
bolishi  mumkinligini  butkul  rad  etadi.  Ya  ni  refleks  tushunchasi  uning  risolalarida 
juda  tor  manoda,  faqat  fizik  aks  ettirish  ma'nosida  qabul  qilingan.  Lekin  shunga 
qaramay, bizning zamonga kelib, R.Dekart ta'limoti mexanikligi uchun em'as, balkim 
materialistic  dunyo  qarashdan  kelib  chiqayotganligi  uchun  refleks  tushunchasi 
qaytadan tahlil qilingan holda qqabul qilindi. 
Psixologiya  fanining  rivojlanishida  CH.Darvinning  evolyusion  nazariyasi 
nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi. 
Vilgelm  Vund  1879  yili  Leypsigda  birinchi  eksperimental  psixologiya 
amaliysini  tashkil  qildi.  Oradan  ko'p  o'tmay,  1881  yili  Berlin  universiteti  qoshida 
eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi. 
XIX  asrning  oxirida  Rossiyada  Tokarskiy,  Bexterev,  Langerlar,  1911 
Chelpanov  rahbarligida  eksperimental  psixologiya  amaliysi  ochildi.  XIX  asrning 
oxirlaridan  boshlab,  psixologiyaning  boshqa  sohalri:  hayvonlar  psixologiyasi,  tarixiy 
psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi. 
Eng  muhimi-XX  asrga  kelib,  psixologiyaning  tatbiqiy  sohalari  paydo  bo'ldiki, 
endi  qo'lga  kiritilgan  yutuqlar  bevosita  ta'lim,  tarbiya,  sanoat,  biznes,  marketing 
xizmatlari,  boshqaruv,  sog'liqni  saqlash,  huquqbuzarlikning  oldini  olish  sohalariga 
dadil  joriy  etila  boshladi.  XXI  asrning  birinchi  yiliga  kelib,  psixologiya  nazariy, 
tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi. 
Biz  sobiq  sho’rolar  davrida  tabiatni  birlamchi,  ruhniikkilamchi  deb  o'rgana'redik, 
birinchi o'ringaborliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik. 
Sharq  mutafakkirlari  ma'naviy  hayot  jamiyat  taraqqiyotini,  kishilar  faoliyatini 
belgilaydi,deb  ta'lim  beradilar.  Shu  bilan  birga  ular  ijtimoiy  hayot  va  ijtimoiy  ong 
o'rtasidagimunosabatlar murakkab ekanligini ta’kidlaydilar,ijtimoiy ong ijtimoiy borliq 
bilan davlat, huquq, siyosat va boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini uqtiradilar. 
Psixologiya  fanini  rivojlantirish  sohasidaSharq  mutafakkirlaridanAbu  Nasr 
Forobiy, Abu Rayhon BeruniyIbn Sino,Abu HomidMuhammad G'azzoliy kabilar katta 
hissa  qo'shganlar.Mustaqil  O'zbekiston  Respublikasida  milliypsixologiya  fanini 


rivojlantirish  uchunpsixolog  olimlarimizdan  I.P.Ivanov,  E.G.G'oziyev,  M.G.Davletshin, 
V.A.Tokoreva,  B.R.Qodirov,G.B.Shoumarov,  E.Z.Usmonova,  S.A.Axunjonova, 
R.l.Sunnatovlar ham munosib hissa qo'shib keldilar va qo’shmoqdalar. 
 
Har bir fanning o'z predmeti bo'lgani kabi, psixologiya ham o'z predmetiga ega. 
Ammo  psixologiya  o'rganadigan  voqelik  boshqa  fanlardagidan  tubdan  farq  qiladi. 
Chunki  uning  predmetini  ko'z  bilan  ko'rib,  ushlab  yoki  bevosita  o'lchab  bo'lmaydi. 
Ularni  fikr  yuritish,  tasavvur  qilish,  his  qilish  orqaligina  bilib  olish  mumkin. 
Psixologiya predmetiga quyidagi ta'rif berish mumkin: 
 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish