154
Tibbiy xizmat sifatini yaxshilash uchun tibbiy xodimlardan davolash
muassasalar faoliyatini taxlil qila olishlari va tibbiy yordamni takomillashtirish
tadbirlarini ishlab chiqishni bilishlari talab etiladi. Barcha davolash-profilaktik
muassasalarda hamma uchun bir tipdagi tibbiy xujjatlar yuritiladi.
Kerakli tibbiy xujjatni qo’llagan xolda umumamaliyot
shifokori har oyda,
kvartalda, yil oxirida o’z ish faoliyati bo'yicha xulosa qiladi va ularni taxlil qiladi.
Taxlil muloxazalarida uchastkadagi aholi soni, yosh tarkibi, bolalar yaslisi,
bog’cha va maktabga boradigan bolalar soni hamda bolalarning ijtimoiy-gigienik
yashash sharoitlari bo'yicha ma'lumotlar ko'rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: