O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/184
Sana27.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#130091
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   184
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

Statika - aholini ma'lum fursatdagi holatini o'rganadi.  
Aholi tarkibi quyidagi belgilar asosida o’rganiladi: jinsi, yoshi, ijtimoiy 
guruhi, kasbi, oilaviy holati, millati, madaniyati, ma'lumoti, yashash joyi, zichligi 
va boshqalar. 
Statika manbai bo'lib aholini ro’yxatga olish hisoblanadi. Aholini ilk bor 
ro’yxatga olish eramizdan oldingi 238 yilda Xitoyda olib borilgan.  Grek tarixchisi 
Gerodot aniqlashicha, Persiyada eramizdan oldin 400 yilda aholi haqida 
ma'lumotlar yig’ilgan, Gretsiya, Qadimgi Rimda tug'ilganlar va o’lganlar ro’yxatga 
olingan. O’rta asrlarda yerlarni bo'lib berish davrida oilalar soni o’rganilgan. 
Machit (cherkov) o’z zimmasiga nikoh quruvchilarni, tug'ilish va o'limni 
ro’yxatga olish vazifasini olgan, bu bilan aholi asosiy ko'rsatkichlari bo'lgan 
(religiya) diniylik hisobga olingan( 1503 yil - katolik, 1524 yil- pravoslav). VIII -
IX asrdanoq Rusda aholini ro’yxatga olish boshlangan.  Bunda asosan me'yoriy 
soliqqa tortish maqsadida aholini xo’jalik hisobi o’tkazilgan. 
1718 yildan 1860 yilgacha 10 marotaba tekshirish o’tkazilib, bunda  asosan 
harbiy xizmatda foydalanish uchun erkaklar hisobga olingan, ya'ni harbiy xizmat 
uchun. Rossiyada ilk bor aholini ro’yxatga olish 1897 yilda o’tkazilgan. 70 yil 
ichida Sobiq Ittifoq (SSSR) davrida, jumladan, O'zbekistonda aholini ro’yxatga 
olish 8 marta olib borilgan: 1920, 1926, 1937, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda. 
SSSR bo’linib ketgandan so’ng faqat Rossiyada 2002 yilda aholi ro’yxatga olindi. 
Hozirgi davrda  boshqa mustaqil davlatlar ishlarni olib bormoqda, shu jumladan, 
O'zbekiston ham aholini ro’yxatga olish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda. 
Aholini ro’yxatga olish odatda qish oylari (dekabr, yanvar) haftaning 
o’rtalarida olib boriladi.   Aholini ro’yxatdan o’tkazish vaqtlari oralig'idagi davrda 
tanlangan ijtimoiy-demografik tekshirishlar o’tkaziladi. 


31 
 
Bundan tashqari, ro’yxatga olishlar o'rtasida aholi soni joriy baholab 
boriladi. 
Har bir oxirgi ro’yxatga olishda tug'ilganlar va ko’chib kelganlar soni 
qo’shiladi, o’lganlar va ko’chib ketganlar soni esa ayirib tashlanadi, shu bilan aholi 
soniga va uning tarkibiga baho beriladi. Hamda aholi sonini aniqlash uchun joriy 
baholash ko'rsatkichlarini navbatdagi ro’yxatga olish yakuni bilan solishtirib 
ko’riladi. 
Aholi statikasining ko'rsatkichlari sog’liqni saqlash amaliyotida muhim 
ahamiyatga ega. U quyidagilar uchun zarurdir:  
- aholini tabiiy harakatini ko'rsatkichlarini tahlil qilishda; 
- sog'liqni saqlash tizimini rejalashtirishda; 
-ambulatoriya-poliklinika va statsionar, umumiy shu qatori ixtisoslashgan 
yordamga bo'lgan ehtiyojni aniqlash; 
 - sog'liqni saqlash byudjetidan ajratiladigan vositalar va kadrlar bilan 
ta'minlanish hisobini aniqlashda;  
- sog'liqni saqlash muassasalari va tashkilotlari faoliyatini tavsiflovchi 
miqdoriy ko'rsatkichlarni hisoblashda; 
-epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil qilishda. 
Har bir ambulatoriya-poliklinika muassasalari aholi soni va uning tarkibi 
haqida aniq ma'lumotga ega bo'lishi kerak. 
Aholini yoshiga qarab taqsimlanishida, ya'ni 0-14, 15-49 va 50 va undan 
yuqori yoshlilar sonini bilgan holda aholining o'sish sur'ati baholanadi. Aholining 
yoshiga qarab aholi o’sib borishining  progressiv, regressiv va statsionar turlari 
farqlanadi: 
- progressiv turda 14 yoshgacha bo'lgan bolalar soni 50 yosh va undan katta 
yoshdagi aholiga  nisbatan yuqori; 
- regressiv turda 50 yosh va undan katta yoshdagi aholi soni 14 yoshgacha 
bo'lgan bolalar soniga nisbatan yuqori; 
- statsionar turda 14 yoshgacha bo'lgan bolalar soni bilan 50 yosh va undan 
katta yoshdagi aholi soni teng. 
O'zbekistonda 2002 yilda 15 yoshgacha bo'lgan bolalar 35,7%ni va 50 
yoshdagilar - 4,3%, 2005 yilda esa 33,6% - 4,0%  ni tashkil qilgan. 
Shunday qilib, O'zbekiston hozirda progressiv aholi turiga mansubdir, ya'ni 
ba'zi olimlar ta'kidlashicha, bizning mamlakatimiz yoshlar mamlakatlari qatoriga 
kiradi. 
Aholini jinsiy tarkibini o'rganish shuni ko'rsatadiki, statistik ma'lumotlarga 
binoan dunyoda 100 ta qiz bolaga 105 ta o’g’il bola tug’ilar ekan, so'ngra kichik va 
o’rta yoshli davrlarda ularning soni tenglashadi (100:100). Qarilik va keksalik 
davrida esa 100 ta erkaklarga 110 ayollar to'g'ri kelar ekan. 
Bu ko'rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish