O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi


ZAMONAVIY BOSQICHDA SOG’LIQNI SAQLASHNI



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/184
Sana27.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#130091
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   184
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

ZAMONAVIY BOSQICHDA SOG’LIQNI SAQLASHNI 
TASHKILLASHTIRISH 
 
Maqsad: 
- zamonaviy bosqichda fuqarolarlar sog’lig’ini muhofaza qilishning tamoyillari 
bilan tanishtirish; 
- sog’liqni saqlashni rivojlanish konsepsiyalari, asosiy yo’nalishlari va tibbiy 
yordamning islohotlari bilan tanishtirish; 
- fuqarolar sog’lig’ini muhofaza qiluvchi qonuniy hujjatlari bilan tanishtirish. 
 
Mazmuni  
1991 yildan boshlab  mustaqil O’zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy 
siyosatida o’zgarishlar bo’lib o’tmoqda. Bu o’zgarishlar o’z navbatida Sog’liqni 
saqlash tizimiga ham ta'sir qilmoqda va unda tubdan islohotlar olib borish 
zaruriyatini tug’dirmoqda. 
Sobiq sovet davrida O’zbekistonning Sog’liqni  saqlash  tizimi juda ko’p  
sog’liqni saqlash muassasalari va shifo o’rinlariga ega edi.  Bu esa o’z navbatida 
tibbiy-sanitariya  yordamini barchaga  barobarligini ta'minlab bergan,  lekin 
ko’rsatilayotgan yordam sifati juda past bo’lgan, mavjud imkoniyatlardan esa 
to’liq foydalanilmagan. Sog’liqni saqlash tizimi asosan shifoxona sharoitida 
ko’rsatilayotgan yordamga  qaratilgan bo’lib, har yili 25% aholi shifoxona 
sharoitida tibbiy yordam olishga muvoffiq bo’la olardi.   Birlamchi tibbiy 
muassasalar aholining tibbiy yordamga bo’lgan muhtojini to’liq qondira olishiga 
qaramasdan ulardan to’liq   foydalanilmadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar  davrida  O’zbekistonda  tibbiy  yordamni 
ommaviyligini va sifatini saqlab qolishda   1991-1995 yillar sog’liqni saqlashni  
yangi tizimini tuzishda asos bo’lib  qoldi. 
O’zbekistonda Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishdan asosiy maqsad - 
respublika aholisiga tibbiy yordam  ommaviyligini ta'minlay oladigan va yuqori  
sifatdagi tibbiy-sanitariya yordamini ko’rsata oladigan kuchli sog’liqni saqlash 
tizimini tuzishdan iboratdir. 
1991 yilda Sog’liqni saqlash  vazirligi tomonidan hukumatning faol 
aralashuvi yordamida O’zbekistonni o’ziga xos spetsifik, demografik, tarixiy, 
ma'naviy va boshqa shart-sharoitlarini hisobga olgan holda Sog’liqni saqlash 
tizimini isloh qilish konsepsiyasi ishlab chiqilgan va 1992 yilda tasdiqlangan. 
Sog’liqni  saqlashni  tizimini  isloh  qilish   konsepsiyasining  asosiy  
yo’nalishlari quyidagilardan iboratdir: 
- barcha turdagi sog’liqni saqlash muassasalarining tuzilishi va tarmoqlarini qayta 
ko’rib chiqish, isloh  qilishni gorizontal va vertikal bo’yicha olib borish; 


17 
 
- tug’ish yoshidagi ayollarni sog’lomlashtirish bilan birgalikda ona va bola 
sog’lig’ini muhofaza qilish, qonunchilik va din  tashkilotlari bilan birgalikda ona 
va bola sog’lig’ini saqlash borasida idoralararo dastur tuzish; 
- sog’liqni saqlash tizimini mablag’ bilan ta'minlashni  qayta ko’rib chiqish va bir 
shifo  o’rnini mablag’  bilan  ta'minlashdan bir aholi sonini  mablag’  bilan  
ta'minlashga  o’tish; 
- sog’liqni saqlashning asosiy prinsiplaridan biri bo’lgan sog’liqni saqlashni 
profilaktik yo’nalish prinsipini mustahkamlash va bu  borada ambulatoriya-
poliklinikalar yordami, tibbiy yordam ko’rsatishning yangi turlarini (kunduzgi 
statsionarlar, uy statsionarlari, ambulatoriya-jarrohlik markazlari, ambulatoriya 
davolashning ixtisoslashgan kompleks, mahalla tibbiy  yordam punktlari va h.k.) 
keng qo’llash. 
- davolash-profilaktik muassasalar, shifo o’rinlarini qayta ko’rib chiqish, ularni 
qisqartirish va  ixtisoslashtirish tadbirlarini o’tkazish; 
- hozirgi zamon sharoitida yuqori malakali   yordam ko’rsata oladigan shifokorlar 
va o’rta tibbiy  xodimlarini  tayyorlash borasida tibbiy ma'orifni isloh  qilish; 
- milliy farmatsevtik va tibbiy industriyani tuzishda qo’shma korxonalar tashkil 
qilish va tibbiy texnikani katta sanoat korxonalari bazasida ishlab chiqish orqali 
respublikada dori-darmon va tibbiy texnikaga bo’lgan ehtiyojini qondirish; 
- sil, o’sma kasalliklar, virusli gepatit, OITS, giyohvandlik va jinsiy aloqa orqali 
yuquvchi kasalliklarni oldini olish maqsadida dastur ishlab chiqish va sog’liqni 
saqlash amaliyotiga tadbiq etish; 
- sog’liqni saqlash muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish va qisman 
xususiylashtirish  prinsiplarini ishlab  chiqish. 
O’zbekistonda sog’liqni saqlashni isloh qilish va sog’liqni saqlash modelini 
ishlab chiqish  o’z navbatida faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy omillarni o’rganibgina 
qolmay, balki demografik jarayonlarni o’rganishni ham talab etmoqda. Sog’liqni 
saqlashning asosiy vazifalarini ajratib olish va jamoa salomatligini o’rganish 
muhim ahamiyatga egadir.  
Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning  asosiy bosqichlari belgilab olindi.  
O’zbekistonda Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning o’ziga xos xususiyati: 
gorizontal  yo’nalishda  Sog’liqni  saqlash  tizimi  faoliyatini  o’zgartirishga  
yo’naltirilgan tadbirlar ishlab chiqishdadir. 
Shu davrda milliy dasturlar ishlab chiqish  va tadbiq etish vazifalari olib 
borilgan, jumladan, ona va bola salomatligini muhofazalash, aholiga yuqumli 
kasalliklar, sil, o’sma va jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarni oldini olish 
borasida tibbiy yordamni tashkil etish, tibbiy ilm va tibbiy kadrlar malakasini 
oshirish, sog’liqni saqlashni mablag’ bilan ta'minlash va iqtisodiy islohotlarni olib 
borish, davolash-profilaktika muassasalarni dori-darmon bilan ta'minlash va 
boshqalar. 
O’zbekiston aholi ko’payish darajasi yuqori mamlakatlar tarkibiga kiradi. 
Shuning  uchun sog’liqni saqlash imkoniyatlari cheklangan va tibbiy yordamga 
bo’lgan ehtiyoji uning mavjudligiga nisbatan ko’p bo’lgan bir  paytda bu 


18 
 
imkoniyatlardan optimal foydalanish demografik jarayon va uning o’zgarishiga 
bog’liq bo’lib qolgandi. 
O’zbekistonda aholini sog’lig’ini mustahkamlash davlat tomonidan tashkil 
qilingan.  Barcha aholiga ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar davlat qonuniyatlari 
tomonidan moliyaviy va ma'muriy qo’llab-quvvatlanib kelgan.  
Sog’liqni saqlashni isloh qilishning boshlang’ich davrida (1992-1998yy) 
o’sha payt uchun yangi va zarur bo’lgan asosiy vazifalar ishlab chiqildi:  
1) har bir hudud va mahalliy darajada yangi yuqumli  kasalliklarni oldini olish 
borasida epidemiologik nazorat  o’rnatish;    
2) immunizatsiya va vaksinatsiya darajalarini optimal holatda ushlab turish 
borasida 1992 yilda "Immunizatsiyaning kengaytirilgan dasturi" ishlab  chiqildi; 
3) aholi  salomatligiga  va milliy  xavfsizlikka ta'sir etuvchi kasalliklarning asosiy 
guruhlari bo’yicha salomatlik ko’rsatkichlarini mustahkamlash masalasi ko’tarildi; 
4) respublika   sharoitida bartaraf etilgan va kam   uchraydigan yuqumli  
kasalliklarni oldini olish maqsadida karantin chora-tadbirlar ishlab  chiqish;  
5) asosiy  dori-darmon vositalar bilan  o’z-o’zini ta'minlashni yo’lga qo’yish;   
6) sog’liqni saqlashni takomillashtirish borasida o’zgarishlarga javob bera oladigan 
oliy va o’rta  tibbiy  yordami  ma'orifining milliy konsepsiyasini ishlab chiqish. 
O’sha paytda O’zbekistonda sog’liqni saqlashni tashkil etish davlatlararo 
darajasiga ko’tarildi va Birlashgan Millatlar  Tashkiloti ixtisoslashgan organlarida 
(Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti, YuNISEF, PROON va boshqalar) o’z 
faoliyatini boshlab yubordi. Tibbiy hamkorlik dunyoning ko’p davlatlari bilan 
davlatlararo darajasida olib borilmoqda. Bu borada oilani rejalashtirish, ayollar va 
bolalar  salomatligini  muhofazalash,  yuqumli  kasalliklarni  oldini  olish, 
umumamaliyot  shifokorlarni tayyorlash bo’yicha asosiy vazifalar aniqlangan. 
Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishga tayyorgarlik davrida bir qancha 
direktiv hujjatlar ishlab chiqildi. Sog’liqni saqlashni isloh qilish borasida qabul 
qilingan "Davlat sanitariya nazorati haqidagi qonun" (1995 y) va "OITS kasalligini 
oldini olish" (2000 y.) qonunlari bilan birgalikda "O’zbekiston Respublikasi aholi 
salomatligini himoyalash" (1996) qonuni qabul  qilindi, bu qonun esa o’z 
navbatida isloh  qilishning asosiy huquqiy qonunlaridan biri bo’lib qoldi. Bu 
qonunni  kengaytirish maqsadida "Aholini tibbiy sug’urta qilish", "Dori-darmon 
to’g’risida” (1997 y.), "Psixiatrik yordam to’g’risida" (2000 y.), "Qon berish 
(donorlik)   to’g’risida" (2002  y), "Organlarni transplantatsiya qilish to’g’risida"      
(2002 y.),  "Silni oldini olish va tibbiy yordam ko’rsatish to’g’risida”gi qonun 
loyihalari ishlab  chiqildi va keyinchalik qabul qilindi. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish