120
- markaz o’z ishini bo'limlari va filiallari faoliyati hamjixatligida tashkil
qiladi;
- klinik va ilmiy-tadqiqot faoliyatini Sog'liqni
saqlash tizimi organlari va
muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etadi;
- shoshilinch va kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam muammolari
bo'yicha ilmiy-tadqiqot tekshiruvlarini Ilmiy tekshiruv institutlari (NII) va Oliy
o’quv yurtlari (VUZ)
yordamida olib boradi;
- mintaqaviy filiallardagi markazlarning uslubiy ishlariga rahbarlik qiladi va
ish faoliyatini samarali olib borishda maslaxatlar beradi;
- o’z bo'limlarida va mintaqa filiallarida respublika aholisiga
ko'rsatilayotgan shoshilinch tibbiy yordamni sistematik ravishda tibbiy-statistik
taxlil qiladi;
- ish faoliyatini samarali bo'lishi uchun qulay sharoit
yaratadi va barcha
bo'limlarni inventarlar, dori-darmonlar va boshqa resurslar bilan ta'minlaydi.
Markaz o’z faoliyatida buxg’alterlik va statistik xisob yuritadi va
o’rnatilgan qonun tartiblariga buysinadi.
Markazning moliyaviy-ho’jalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan
tartibda olib boriladi.
Aholi uchun kasalxonadan tashqari
shoshilinch tibbiy yordamda tez tibbiy
yordam alohida o'rin egallaydi. Tez yordam stansiyalari O'zbekiston Respublikasi
Prezident farmoniga ko'ra markazlar tarkibiga kiritilgan.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi 2001 yil 23 iyulda
328-sonli "Aholiga shoshilinch va tez tibbiy yordamni yanada
takomillashtirishning chora-tadbirlari" haqida buyruq qabul qildi. Shu buyruqga
asosan tez tibbiy yordam stansiyasi me'yorlari, shtatlari va vazifalari belgilangan.
Tez tibbiy yordam stansiyasi brigadalarni chiqishiga asoslanib 5 ta
kategoriyaga bo'linadi::
Kategriyadan yuqori - 100000 chiqishlardan yuqorisi
1 kategoriya - 100000 - 75000
chiqishlar
2 kategoriya - 75000 - 50000
3 kategoriya - 50000 - 25000
4 kategoriya - 25000 - 10000
20 ming aholiga 1ta tez yordam mashinasi xizmat ko'rsatadi.
Tez tibbiy yordam stansiyalari shtatida bo’sh vrach, bo'limlarda va
podstansiyalarda esa - bo'lim boshlig’i lavozimi tayinlanadi. Telefon aloqa har
100000 - ta aholiga 2 ta apparatdan mavjud.
Stansiyalarda umumiy, intensiv
terapiya, terapiya, pediatriya hamda og’ir
bemorlarni tashuvchi brigadalar tashkil qilinadi. Umumiy brigadada umumiy
amaliyot shifokori, 2 ta o’rta tibbiy xodim va sanitar faoliyat ko'rsatadi. Intensiv
terapiya brigadasida ish staji 3 yildan kam bo'lmagan yuqori malakali vrach
ishlashi lozim. O’gir bemorlarni tashuvchi brigadada faqat o’rta tibbiy xodimlari
ishlaydi. Bemorni kasalxonaga yotqizish uchun shifokor yo'llanma xujjat 144/x ni
to’ldirib beradi.
121
Tez yordam stansiyalari aholi soniga qarab tashkillashtiriladi.
Agar tumanda
50000 ga qadar aholi yashasa umumiy yo'nalishga ega bo'lgan va tez yordam
ko'rsatish xizmatini biladigan tuman tez yordam stansiyasi tashkil qilinadi.
Aholi soni 1 mln.dan ziyod bo'lgan shaharlarda psixiatriya kasalxonasi va
unda psixiatriya brigadasi tashkil etiladi.
Brigadalar sutkasiga 12 soat ishlaydi. Shaharlarda 7 km
radiusga ega
territoriyada brigada aholiga 15 min xizmat ko'rsatishi kerak. Qishloq joylarda 20
km radiusda 30 min va ixtisoslashgan brigadalar 20-25 min xizmat ko'rsatadi.
Brigadalar chaqiruv qilingandan so’ng 4 daqiqa ichida xizmatga chiqib ketishlari
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: