O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi


Ish vaktiga ko'ra QVP lar quyidagi turlarga farqlanadi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/184
Sana27.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#130091
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   184
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

Ish vaktiga ko'ra QVP lar quyidagi turlarga farqlanadi: 
- kunduzgi o'rinlarga ega bo'lgan QVP (o'rinlar soni 10 tadan ko'p bo'lmasligi 
kerak); 
- regional sog'liqni saqlash organlarining tavsiyasiga ko'ra uzoq joylashgan yoki 
tog'li rayonlarda joylashgan to'liqsutkali o'rinlarga ega bo'lgan QVP. Ularning soni 
va turi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda  Sog'liqni saqlash vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 
QVP ikkita tashkiliy tarkibda faoliyat ko'rsatishi mumkin - markaziy tuman 
kasalxonasi tarkibida yoki yurdik mustaqillikka ega bo'lgan muassasa sifatida. 
QVPni tashkil qilishdan maqsad biriktirilgan aholiga sifatli birlamchi tibbiy-
sanitariya yordamini ko'rsatish. Maqsadga erishishi uchun QVP o'z faoliyatida 
quyidagi vazifalarni hal qiladi: 
- biriktirilgan aholiga shaxs va oila doirasida keng tarqalgan kasalliklarni oldini 
olish va davolash bo'yicha individual  tibbiy xizmatlarni ko'rsatish; 
- kam uchraydigan kasalliklarda yoki keng tarqalgan kasalliklarning atipik 
formada, og'ir kechuvchi hollarida bemorlarga o'z vaqtida maslahat berish, 
ko'rsatmalarga asosan ixtisoslashtirilgan stasionar muassasalarga yuborish va 
gospitalizasiya qilish; 
- mavjud asbob-uskunalardan kelib chiqib standartlarga asoslangan holda 
biriktirilgan aholiga gospitalizasiyagacha bo'lgan davrda shoshilinch tibbiy yordam 
ko'rsatish; 
- aholi o'rtasida kasalliklarni, jarohatlarni, nogironlikni, o'limni kamaytirishga va 
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni olib borish; 
- aholini sanitariya-gigienik tarbiyalash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish 
borasida chora-tadbirlarni tashkil qilish va olib borish, shu jumladan rasional 
ovqatlanish, spirtli ichimliklarni ist'emol qilish, chekish va boshqa zararli odatlarga 
qaratilgan chora-tadbirlarni olib borish; 
- qamrovli sanitariya-epidemiologik chora-tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazish: 
profilaktik privivkalar, biriktirilgan xududni umumiy sanitariya holatini nazorat 
qilish, biriktirilgan aholini epidemiologik havf to'g'risida ogohlantirish; 
- aholi orasida sog'lom turmush tarzi elementlarini tadbiq qilish borasida chora-
tadbirlarni tashkil qilish va olib borish, shu jumladan: 
  O'sib kelayotgan avlodni sog'lomlashtirish; 
  Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash; 
  Noxush  xomiladorlikni  oldini  olish,  reproduktiv salomatlik,  etika, 
psixologiya, gigiena, oilaviy hayotning ijtimoiy va boshqa aspektlarini; 
  Homiladorlik, tug'ruq va tug'ushdan keyingi davr; 


107 
 
  Ko'krak bilan emizish; 
  Rasional ovqatlanish; 
  Sanitariya va gigiena asoslari; 
  Tug'ma anomaliyalar va irsiy kasalliklarni oldini olish; 
-  yolg'iz, keksa  yoshdagilarga,  nogironlarga,  surunkali kasalliklar  bilan 
kasallanganlarga ijtimoiy yordam xodimlari bilan birgalikda patronajni tashkil 
qilish va tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish; 
- surunkali kasalliklari erta aniqlash maqsadida profilaktik va maqsadli tibbiy 
ko'riklarni  tashkil  qilish  va  o'tkazish,  biriktirilgan aholining  dekretiv 
kontingentlarini  umumiy  dispanserizasiyadan  o'tkazish,  birinchi  navbatda 
bolalarni, o'spirinlarni, tug'ish yoshidagi ayollarni va surunkali kasallik bilan 
kasallangan bemorlarni; 
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan kasalliklar bilan ko'rashish borasida davolash-
profilaktika chora-tadbirlarini olib borish, shu jumladan sil, teri-tanosil kasalliklari, 
OITS va VICh-infeksiya; 
- biriktirilgan aholini kasallanish sabablarini o'rganish, shu jumladan vaqtida va 
doimiy mehnat qobiliyatini yo'qotishga olib keladigan kasallanish sabablarini, 
kasallanishni va jarohatlanishni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish; 
- biriktirilgan aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligi 
ko'tarish maqsadida ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatning tashkiliy formalari va 
usullarini rivojlantirish va takomillashtirish; 
- Sog'liqni saqlash vazirligining yo'riqnomasiga asosan o'rnatilgan tartibda 
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo'qotish ekspertizasini olib borish, salomatligi va 
mehnat qobiliyatini vrachlik ekspertizasini o'tkazish maqsadida bemorlarni VKK 
va VMEKga yuborish; 
- biriktirilgan aholi salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash borasida 
o'tkaziladigan chora-tadbirlarga jamoatni keng jalb qilish; 
- belgilangan hisob va hisobot xujjatlarini o'z vaqtida va sifatli olib borish; 
- bemorlar  huquqini saqlash,  shu jumladan bemor to'g'risidagi tibbiy 
ma'lumotlarning sir saqlanish huquqini; 
- mavjud tibbiy asbob-uskuna va resurslarni saqlanishini ta'minlash va samarali 
ishlatilishini ta'minlash; 
- xonada sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish, aseptika va antiseptika 
qoidalari,  asbob-uskuna  va  materiallarning sterializasiyasi,  qabul qilingan 
yo'riqnomalar va buyruqlar asosida in'eksiyadan keyingi asoratlarni (gepatit V, 
OITS va boshqalar) oldini olish tadbirlari;  
- ta'minlash va diagnostika standartlari asosida  laboratoriya asbob-uskuna 
tekshiruvlarni olib borish. 
Undan  tashqari  QVP  O'zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida 
taqiqlanmagan va ko'rsatayotgan faoliyat maqsadiga javob beruvchi boshqa turdagi 
faoliyatlarni ham olib borishi mumkin. 
Qishloq vrachlik punktlari - QVP rahbari (boshlig'i) tomonidan boshqariladi 
va yuridik mustaqillikka ega bo'lgan QVPlarda kreditlarni taqsimlovchi hisoblanib 


108 
 
QVP faoliyatiga taalluqli barcha bank va boshqa xujjatlarda birinchi imzo 
huquqiga ega. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish