Vismut preparatlari.
Preparatlar spirixetostatik, spiroxetatsid ta’sir ko’rsatadi,
ta’siri penitsillindan kuchsizroq va sekinroq boshlanadi.
Bioxinol-
vismut, yod, xininning neytral o’simlik moyida tayyorlangan 8% li
aralashmasidan iborat. Zahm kasalligining hamma davrida ishlatiladi. Preparat
buyrak kasalliklarida, qon kasalliklarida, stomatitda berilmaydi.
Rp: Biochinoli 50 ml
D. S. m/o
Pentabismol
– vismutning suvda eriydigan preparati. Bioxinolga nisbatan
ko’proq noxush holatlarni (milklarni yallig’lanishi, gingivit, stomatit, ich ketishi)
keltirib chiqarishi mumkin.
Rp: Pentabismoli 2 ml
D.t.d.n 6 in amp
S. m/o
Do'stlaringiz bilan baham: |