Mahsulotning tashqi ko’rinishi.
Tayyor mahsulot yumaloq shaklli pishganda
bo’linmaydigan ikki bo’lakli, qo’ng’ir rangli qo’shaloq donacha. Yarimta mevaning
qabariq tomonida sal do’ppaygan 5 ta asosiy qovurg’alari va yaxshi sezilmaydigan 6 ta
to’g’ri, qo’shimcha qovurg’alari bo’ladi.
Kimyoviy tarkibi.
Kashnich mevasi tarkibida 1,5 % gacha efir moyi, 20 % gacha
yog’, 11-17 % oqsil va boshqa moddalar bo’ladi. Efir moyi tarkibida 60-80 % linalool,
5 % geraniol, turli aldegidlar va boshqa terpenlar bo’ladi.
Ishlatilishi.
Kashnich mevasi ishtaha ochadigan, ovqat hazm qilishni yaxshilaydigan,
o’t haydaydigan vosita sifatida va bavosil kasalligida hamda yaralarni davolashda
ishlatiladi. Kashnich mevasining efir moyi antiseptik, og’riq qoldiruvchi, o’t haydovchi
hamda bavosilga qarshi dori sifatida qo’llaniladi, shuningdek, farmatsevtikada
ichiladigan dorilar ta’mini yaxshilashda ishlatiladi. Kashnich mevasi va efir moyi oziq-
ovqat sanoatida hamda parfyumeriyada qo’llaniladi.
Dorivor preparatlari.
Damlama poroshok va spirtli suvi. Mevasi me’da va bavosil
kasalliklarida ishlatiladigan yig’malar-choylar tarkibiga kiradi.
Qalampir yalpiz bargi va efir moyi - Folia et oleum Menthae piperitae
O’simlikning nomi.
Qalampir yalpiz - Mentha piperita L. Oilasi. Yasnotkadoshlar -
Lamiaceae Ko’p yillik, bo’yi 30-100 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Poyasi bir nechta,
tik o’suvchi, to’rt qirrali, tuksiz yoki siyrak tukli. Bargi oddiy, cho’ziq tuxumsimon
yoki lantsetsimon, o’tkir uchli, qirrasi o’tkir arrasimon. Barglar poyada qisqa bandlar
bilan qapama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, pushti, och binafsha yoki qizil- -
binafsha rangda, poya va shoxlar uchida g’uj joylashgan boshoqchasimon gul to’plami
hosil qiladi. Gulkosachasi naychasimon, binafsha rangli, besh tishli bo’lib, meva bilan
birga qoladi. Gultojisi bir oz qiyshiq, voronkasimon, to’rt bo’lakli (boshqa
labguldoshlardan farqi), otaligi 4 ta, onalik tuguni 4 bo’lakli, yuqoriga joylashgan.
Mevasi kosachabarg bilan birlashgan 4 ta yong’oqcha. Mahsulotning tashqi ko’rinishi.
Tayyor mahsulot cho’ziq tuxumsimon yoki lantsetsimon, qisqa bandli, o’tkir uchli,
arrasimon notekis qirrali bargdan iborat. Bargning uzunligi 8 sm gacha, eni 3 sm gacha
99
bo’lib, ustki tomoni to’q yashil, pastki tomoni esa och yashil rangda. Ikkinchi
tartibdagi tomirlar yo’g’on tomirdan burchak hosil qilib chiqadi va uchlari bilan
birlashib, barg chetida parallel chiziq hosil qiladi. Mahsulotning o’tkir yoqimli hidi bor,
mazasi tilni achitib, uzoq vaqtgacha muzdek qilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |