O‘zbеkistоn rеspublikаsi sog‘liqni saqlash vazirligi аbu аli ibn sinо nоmidаgi buхоrо dаvlаt tibbiyot instituti anatomiya, klinik anatomiya (oxta) kafedrasi



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/200
Sana18.02.2022
Hajmi1,1 Mb.
#454146
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   200
Bog'liq
klinik anatomiya va oxta

Jigar rezekstiyasi.
K o‘ r s a t m a l a r. Qator hollarda jigarning jaroxatlanishi oqibatida 
qon ketishini to‘xtatish uchun uning jaroxatlangan qismini rezekstiya qilish talab qilinadi. 
Shuningdek, rezekstiya jigar o‘smalarida xam qo‘llanadi. 
Jigar rezekstiyasining ikki xil usuli farq qilinadi: atipik organning bir qismini uning bo‘lakli 
yoki segmentlar tuzilganini xisobga olmagan xolda va qon tomiri kam oraliqlar chizig‘i bo‘ylab 
(segmentlar rezekstiya) olib tashlanishi lozim bo‘lgan segment yoki jigar bo‘lagi oyoqchasidagi qon 
tomirlar va o‘t yo‘lini oldindan bog‘lab, olib tashlash. 


99 
Ko‘rsatib o‘tilgan ikkala rezekstiya turlarining afzalligi va kamchiligi xam bor. Olib 
tashlanadigan sog‘lom to‘qima xajmi nuqtai nazaridan qaraganda atipik rezekstiya ancha tejamlidir. 
Bundan tashqari, anatomik rezekstiyaga qaraganda tezroq va oldinroq bajariladi. Ammo 
rezekstiyaning bu turida xavfli va boshqarib bo‘lmaydigan qon ketishlar, shuningdek, qoldirilayotgan 
sog‘lom segmentlar qon tomir va o‘t yo‘llarining bog‘lanishi tufayli ularda nekrozlar kelib chiqishi 
mumkin. 
Anatomik rezekstiyaning afzalligi shundaki, avvalo operasiyaning bu turida olib 
tashlanadigan jigar parenximasining xajmi atipik rezeksiyadagidan ko‘ra ko‘proq bo‘lsada, 
operastiya paytidagi gemostaz yaxshi bo‘ladi. 
Jigar bo‘lagi anatomik rezeksiyasining asosiy momentlari quyidagilardan iborat: 
-
jigarning olib tashlanadigan qismidagi glisson oyoqchasi elementlarini ajratish va bog‘lash; 
-
kaval darvozalarda jigar venalarini bog‘lash; 
-
jigarni bo‘laklararo yoriqda kesish; 
-
jaroxat yuzasini yopish. 
Jigar rezekstiyalarida ko‘p qon ketish xavfi bo‘ladi, shuningdek ochilib turadigan cho‘ltoq orqali 
emboliya ro‘y bersa, jigar venalari kesiladi, ana shular tufayli bunday operasiyaning ancha 
mukammal usullarini ishlab chiqish zarur bo‘lib qoldi. 
Amerikalik jarroxlar Shave Peon va Gonzales (1970) jigarni vaqtinchalik 20 minutga qon 
aylanishdan chiqarib va pastki kavak venaga shishirilgan manjetkali shunt o‘tkazib, jigarni rezekstiya 
qilish operastiyasi modelini taklif qildilar. Endokoval shunt qo‘yish, pastki kavak venani diafragma 
ustida uning ichiga shishiriladigan manjetkani kiritib yopish, shu tufayli jigar to‘qimasi kesilgandan 
so‘ng xavo emboliyalari xavfini yo‘qotish shuningdek, jigardan ketayotgan qonni xususiy jigar 
arteriyasi, darvoza venasi qo‘yiladigan joydan pastda siqish orqali kamaytirish maqsadlarini 
ko‘zlaydi. Qon operastiya paytida pastki kavak venaning jigar usti va jigar osti bo‘limlaridan 
endokoval zond orqali shuntga o‘tib ketadi. 
Xulosa qilib shuni ta‘kidlash kerakki, ya‘ni jigar operasiyalarida qon ketishiga qarshi 
kurashda, birinchi navbatda charvi teshigi orqali o‘tkazilgan barmoq yoki yumshoq qisqich bilan 
jigar o‘n ikki barmoq ichak boylamidan o‘tadigan jigar tomirlarini bosish kabi oddiy usul haqida 
unutmaslik kerak. 
O.K.Skobelkin (1979) parenximatoz organlar operastiyalarida SO
2
lazer nurlarining qo‘llanishi 
to‘g‘risida ma‘lumot beradi. Ammo bu nurning qo‘llanishi qon ketishini to‘xtatish muammolarini 
to‘la xal qila olmaydi, chunki uning koagulyastiyalash xususiyati kesiladigan qon tomirlarining 
diametri 2 sm dan ko‘p bo‘lmagan xoldagina samara beradi, xolos. Ancha yirik tomirlardan kelganda 
lazer qo‘llanishiga qaramasdan ularni tikish materiallari bilan bog‘lash orqali qonni to‘xtatishga 
to‘g‘ri keladi, bu esa xar doim xam istagan natijani beravermaydi. 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish