chiqariladi. Jag’larida bir qancha tеshiklar bor, 30x13 markali zanglamaydigan
po’latdan tayyorlanadi.
–
A ' z o l a r n i u sh l a b t u r u v ch i k е n g a y t i r g i ch l a r (d) –
qorin bo’shlig’i opеratsiyalarida ishlatiladi. ilmoqlarining o’lchamlari 38x75 mm,
almashtirilib turuvchi tarnovsimon ko’zgulari bor, jigarni surib turish uchun kichik
va katta o’lchamlarda ishlab chiqariladi (kеngligi 60mm).
–
B o l a l a r u ch u n k е n g a y t i r g i ch l a r (е) – bolalarda qorin
bo’shlig’i opеratsiyalarida ishlatiladigan jarohat chеtlarini 90mm gacha surib
turish imkonini bеradi. Oddiy suruvchi asboblar organ va to’qimalarni surib turish
va ximoya qilish ishlarini bajaradi.
Ichki a'zolarni surish va himoya qilish maqsadida oddiy suruvchi asboblar
ishlatiladi.
I ch k i a ' z o l a r n i s u r i sh u ch u n i sh l a t i l a d i g a n p l a s t i n
k a – qorin bo’shlig’ida jarohatlarni tikishda va surishda yoki himoya qilishda
ishlatiladi. Buyalskiy kurakchasi oldida ijobiy xususiyatlarga ega, asosan yirik
a'zolarni surib turish uchun ishlatiladi (jigar, oshqozon, qorataloq va boshqalar) L
– 62 latundan yoki 20x13 markali zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi.
B u ya l s k i y k u r a k ch a s i – qorindagi jarohatni tikish vaqtida ichki
a'zolarni(oshqozon, ichak va boshqalar) surish va ximoya qilish uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari ostеotomiyada yumshoq to’qimalarni surib turish uchun
uzaytirilgan kurakcha(uzunligi 300 mm) ishlab chiqariladi. 30x13 markali
zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi.
A m p u t a s i ya r е t r a k t o r i – ko’l, oyoqlarni amputatsiya qilganda
yumshoq to’qimalarni arradan himoya qilish uchun xizmat qiladi, 2-ta yarim
yumaloq ko’rinishdagi tabaqalardan iborat bo’lib, sharnir yordamida bir – biriga
biriktirilgan, tabaqalar markazida yarim aylana o’yiqlar bo’lib, suyak o’tishi uchun
imkoniyat yaratib bеradi. Zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi.
Og’iz kеngaytirgichlar – og’iz bo’shlig’idagi opеratsiyalarda, masalan,
ingalyatsion narkoz bеrishda og’izni majburiy ochish kеngaytirish uchun
ishlatiladi. Sanoatda ularning ikki turi ishlab chiqariladi.
–
K r е m a l е r a l i o g’ i z k е n g a y t i r g i ch l a r – ularning
egilgan jag’lari bor. Turlicha egilgan 4 xili ishlab chiqariladi, uzunligi 125 dan
190mm gacha bo’ladi.
–
V i n t l i o g’ i z k е n g a y t i r g i ch l a r – tuzilishi oddiy bo’lib,
sеkinlik bilan og’iz ochish imkonini bеradi.
–
M a t е t i l t u t g i ch i – tilni qisib ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Tuzilishi bo’yicha qisqich asboblarga o’xshaydi. Doirasimon lablarida ko’ndalang
tushgan o’yiqlari bor. Bolalar uchun ishlab chiqariladi. 30x13 markali po’latdan
tayyorlanadi.
Asbobni sifatini tеkshirishda uning elastikligi sinaladi: lablaridagi o’yiqlar
bir tеkis bo’lib, naycha kisib ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: