Qizilo’ngach saraton oldi kasalliklari
Qizilo’ngach saraton oldi kasalliklariga: leykoplikatsiya, surunkali ezofagit,
yaralar, kuyishdan keyingi chandiqlar va poliplar kiradi. Bu kasallikni
keltirib chiqadigan sabablardan ximik, termik va mexanik ta`surotlarni ham
aytish mumkin, chunki bulardan so’ng surunkali yalliglanish jarayoni paydo
bo’ladi. Ovqatlanish gigiyenasiga rioya qilish, og’iz va tishlarning
sanatsiyasiga e`tibor berish kasallikni oldini olishdagi vazifalardan
hisoblanadi.
Kasallikni oldini olish uchun saraton oldi kasalliklarni o’z vaqtida
aniqlash va davolash dispanser nazoratiga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |