O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi


Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi



Download 20,4 Kb.
bet4/4
Sana25.09.2021
Hajmi20,4 Kb.
#185508
1   2   3   4
Bog'liq
11 savol

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) atom energetikasi va yadro texnologiyalari ob’ektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha ishni muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish sohasida:

  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda qo‘llaniladigan ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), ob’ektlar va texnik qurilmalar ro‘yxatini belgilaydi va tasdiqlaydi;

  • iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini rivojlantirishni, atom energiyasidan foydalanish sohasida ob’ektlar xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazishni, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni litsenziyalash tizimini tashkil etadi;

  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida va istirohat bog‘lari attraksionlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni sertifikatlashni tashkil etadi;

  • o‘z vakolatlari doirasida ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining davlat hisobi va nazoratini, ularning milliy reestri yuritilishini ta’minlaydi;

  • Radiatsiya avariyalarida prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va munosabat bildirish yagona davlat tizimi mavjud bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etadi;

  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari davlat reestrida xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari hisobini, shuningdek, ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar reestrini yuritadi;

  • yuqori texnik xavfli zonalarning davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;

  • avariya holatining va ishlab chiqarish jarohatining oldini olish maqsadida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga, yer qa’ridan xavfsiz foydalanish talablariga rioya qilish zarurligi to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari olib boradi;

  • sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi;

  • Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorat ostidagi ob’ektlarida avariyalar, ishlab chiqarishda mayib bo‘lish, portlovchi moddalar yo‘qolishi hollarining sabablarini belgilangan tartibda surishtiradi;

b) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish sohasida:

  • yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, geologiya-qidiruv va kon ishlarini olib borishning xavfsizligi va uglevodorod xom ashyoli yer qa’rini muhofaza qilish sohasida, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;

  • yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari davlat komissiyasining zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan sanoat xavfsizligi bo‘yicha qarorlari va xulosalari bajarilishini nazorat qiladi;

  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida foydalaniladigan bug‘ va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bug‘ va issiq suv uchun suv quvurlarini hamda ko‘tarish inshootlarini, shuningdek, istirohat bog‘laridagi attraksionlarni ro‘yxatga oladi;

  • Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismini operativ boshqaradi va metodik rahbarlik qiladi, shuningdek, kon favvoralariga qarshi kurashish, gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlari korxonalari, bo‘linmalarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni lokalizatsiya qilish va oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi;

  • nazorat ostidagi korxonalar va ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyalari tarkibida ishtirok etish uchun o‘z vakillarini tayinlaydi, ushbu ob’ektlarda foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;

  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanishga tashkilotlarning tayyorligini, shuningdek, nazorat ostidagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarish jarohatining oldini olish tadbirlari ishlab chiqilishi va o‘tkazilishini nazorat qiladi;

  • istirohat bog‘lari attraksionlarini foydalanishga tayyorlash va ularni qabul qilish ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;

  • sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari ishlab chiqilishi va taqdim etilishining to‘g‘riligi monitoringini olib boradi;

  • ishlab turgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligini deklaratsiyalashni nazorat qiladi;

d) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash borasida respublikada yoqilg‘i-energetika kompleksi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha strategik reja va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:

  • vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash yuzasidan yoqilg‘i-energetika kompleksini va sanoatning bazaviy tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalar va dasturlarga takliflarni ishlab chiqadi;

  • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash yuzasidan yoqilg‘i-energetika kompleksini va sanoatning bazaviy tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash ishlari olib borilishini nazorat qiladi;

  • radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash yuzasidan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida davlat maqsadli dasturlari ishlab chiqilishi, ko‘rib chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;

g) atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalash, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

  • o‘z vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshiradi;

  • litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

  • Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan ishlarning ayrim turlariga belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi va ularni bekor qiladi;

  • foydali qazilmalarni qidirish va qazib olishda ishlarni bexatar olib borish bo‘yicha texnik yechimlar yuzasidan geologiya-qidiruv ishlari, kon qazuvchi va qayta ishlovchi korxonalarning texnik loyihalari, kon ishlari rejalarini kelishadi;

  • shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlaydi va kelishadi;

  • neft-gaz quduqlarini foydalanishga berish dalolatnomalarini, ularni tugatish va konservatsiya qilish dalolatnomalarini kelishadi;

  • ishlarning alohida mas’ul texnologik bosqichlarini, texnologik reglamentlarni yuritish bo‘yicha ish rejalarini kelishadi;

  • nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi yuzasidan xorijiy texnologiyalar va uskunalarni qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida ekspert xulosani ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq xavfli yuklar va portlovchi moddalar tranzitida xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi;

e) sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq ob’ektlar xavfsizligini ekspertiza qilishni tashkil etish sohasida:

  • sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazadi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • sanoat xavfsizligi sohasida berilgan ekspert xulosalarining yagona hisobini yuritadi;

  • atom energiyasidan foydalanish ob’ektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat turlari xavfsizligi ekspertizasini (xavfsizlikni asoslash ekspertizasini) tashkil etadi;

f) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlarini ekspluatatsiya qilish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish sohasida:

  • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida texnik jihatdan tartibga solish, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va qabul qiladi;

  • radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida, yadro qurilmalarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, yadro materiallarini, radioaktiv moddalar punktlarini va radioaktiv chiqindilar omborlarini fizik himoya qilish sohasida talablarni belgilaydigan normalar va qoidalar ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlaydi;

  • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish talablari mavjud bo‘lgan normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishadi;

  • foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha korxonalar, ob’ektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ridan foydalanuvchilar bajarishi shart bo‘lgan texnik talablarni (foydali qazilmalar konlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan kon ishlanmalarini saqlab qolish yuzasidan) belgilaydi;

j) xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli bo‘lgan xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash sohasida:

  • sanoatda, kon nazoratida, atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlarda ishlarni xavfsiz olib borish ustidan nazorat qilish sohasida xalqaro hamkorlik qiladi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa qiladi;

  • atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharli qurol-yarog‘ni taqiqlash, shuningdek, kimyoviy, biologik, radiologik va yadro materiallarining ta’siri xavfini pasaytirish bo‘yicha xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi;

h) texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasini oshirish sohasida:

  • sanoat xavfsizligi sohasida xodimlarning malakasini tizimli asosda oshiradi, shuningdek, texnika va texnologiyalarni dinamik rivojlantirishni hisobga olgan holda radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida mutaxassislar tayyorlashni tashkil etadi;

  • xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida atom energetikasi ob’ektlari, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish bo‘yicha xodimlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish (bilimlarni tekshirish) tartibini tasdiqlaydi;

  • kon, portlatish ishlarini bajarish va rahbarlik qilish huquqiga tayyorlashni va o‘qitishni tashkil etadi va amalga oshiradi hamda belgilangan tartibda portlatuvchining yagona daftarchalari berilishini tashkil etadi;

  • istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda xodimlarning malakasi oshirilishini tashkil etadi va ularning bilimlarini tekshirishda ishtirok etadi.

  • Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda o‘zining tarkibiy bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi. 

 
Download 20,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish