O`ZBEKISТON RESPUBLIKASI SAMARQAND VILOYATI NUROBOD TUMAN MAKTABGACHA TA`LIM BO`LIMI
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ САМАРҚАНД ВИЛОЯТИ НУРОБОД ТУМАН МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ
БЎЛИМИ
urobod shahri Mustaqillik ko`chasi tel.
2021 yil ___ _________ _______-sonli
Samarqand viloyati Nurobod tumani
A.Temur MFY 9-uy 16-xonadonda yashovchi
fuqaro Nurmanova Madinaga
Sizning 2021 yil 08 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali farzandingizni maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirishda amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaatlaringiz Nurobod tuman MTB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Sizning farzandingiz 2016 yilda Ro‘ziboyev Turonbek 2019 yil 29 aprel kuni tumandagi 2-sonli MTT va 2018 yil 27 sentyabr 4-sonli MTTda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lmaganligi sababli navbatga quyilgan, xozirda Ro‘ziboyev Turonbekning tumandagi 2-sonli MTTda umumiy 23-oddiy, yosh bo‘yicha 16- va 4-sonli MTTda umumiy 72- oddiy,yosh bo‘yicha 13-navbatda turganligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentda bolalarni davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotiga faqat yo‘llanma asosida qabul qilinishi belgilanganligini inobatga olib, mazkur qaror talablariga asosan farzandingizni MTTga qabul qilish bo‘yicha navbati kelgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi orqali beriladigan yo‘llanmaga asosan qabul qilinishi maʼlum qilinadi.
Fuqaro M.Nurmonova bugungi kunda Nurobod tumanida jami 15 ta davlat MTT, 80 ta oilaviy nodavlat MTT va 4 ta DXSH asosidagi MTTlar faoliyat yuritayotganligi, ularda jami 6110 nafar bola tarbiyalanayotganligi, bu esa tumandagi bog‘cha yoshidagi 13909 nafar bolalarning 42 foizini tashkil qilishi, 7799 nafar yoki 58 foiz bolani bugungi kunda MTTga qamrab olishning imkoni yo‘qligi bildirildi.
Farzandingizni tumandagi 2- va 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbati kelgunga qadar Navruz mahallasida YATT Shadiyarova Xayitgul tomonidan tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassalariga joylashtirish taklifi berildi. Ushbu takliflar siz tomoningizdan rad etildi.
Murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha yozma bildirish yoki tushuntirish berishdan bosh tortdingiz va dalolatnoma tuzildi.
Bo‘lim tomonidan berilgan javobdan qoniqmagan taqdirda boshqa yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi to‘g‘risida eslatib o‘tamiz.
Nurobod tuman maktabgacha
ta’lim bo’limi mudiri: D.Amirova
N
Do'stlaringiz bilan baham: |