Yulduz topologiyasi thumb| Yulduz topologiyasi Yulduz topologiyasi asosida qurilgan tarmoqda har bir ish stansiyasi simi (burma juftlik) orqali markaziy konsentratorga yoki habga (inglizcha: hub) ulanadi. Hab shaxsiy kompyuterning parallel ulanishini ta’minlaydi va buning natijasida tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar bir-biri bilan aloqa qilishlari mumkin. Uzatuvchi tarmoq stansiyasidan ma’lumotlar hab vositasida mavjud aloqa liniyalari orqali barcha shaxsiy kompyuterlarga uzatiladi. Ma’lumotlar barcha ish stansiyalariga tarqatiladi, biroq u faqat moʻljallangan stansiyalar tomonidangina qabul qilinadi. Fizik yulduz topologiyasida signalizatsiya uzatilinishi, ya’ni shaxsiy kompyuter signallari bir vaqtning oʻzida barcha yoʻnalishlarda tarqalgani bois, bu lokal tarmoqning mantiqiy topologiyasi mantiqiy shina hisoblanadi. Ushbu topologiya 10Base-T Ethernet arxitekturasiga ega mahalliy tarmoqlarda qoʻllaniladi. Yulduz topologiyasi tarmoqlarining afzalliklari: • Yangi kompyuterni ulash oson; • Мarkazlashgan boshqaruv imkoniyati mavjud; • Тarmoq alohida shaxsiy kompyuterlarning ishdan chiqishiga va alohida shaxsiy kompyuterlarning uzilishiga chidamli. Yulduz topologiyasi tarmoqlarining kamchiliklari: • Habning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir oʻtkazadi; • Koʻp kabel sarflanadi. Halqa topologiyasi „Halqa“ topologiyasiga ega boʻlgan tarmoqda barcha tugunlar aloqa kanallari orqali ma’lumotlar uzatiladigan ajralmas halqa(zanjir)ga ulanadi. Bir shaxsiy kompyuterning chiqishi boshqa shaxsiy kompyuterning kirishiga ulanadi. Bir nuqtadan boshlangan ma’lumotlar harakati oxir-oqibat uning boshiga tutashadi. Halqadagi ma’lumotlar har doim bir xil yoʻnalishda harakatlanadi. thumb| Halqa topologiyasi Qabul qiluvchi ish stansiyasi faqat unga yuborilgan xabarni taniydi va qabul qiladi. Fizik halqa topologiyali tarmoqda tokenga kirish qoʻllaniladi, bu esa stansiyaga halqadan ma’lum tartibda foydalanish huquqini beradi. Ushbu tarmoqning mantiqiy topologiyasi mantiqiy halqadir. Uni yaratish va sozlash juda oson. Halqa topologiyasi tarmoqlarining asosiy kamchiligi shundaki, aloqa liniyasining bir joyda shikastlanishi yoki shaxsiy kompyuterning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishlamay qolishiga olib keladi. Qoidaga koʻra, „halqa“ topologiyasi ishonchsizligi sababli u sof shaklda qoʻllanilmaydi, shu sababli amalda halqa topologiyasining turli xil modifikatsiyalari qoʻllaniladi. Mesh topologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash] Ushbu topologiya ba’zi havolalarni olib tashlash orqali toʻliq bogʻlangan topologiyadan kelib chiqgan. U koʻp sonli kompyuterlarni ulash imkonini beradi va katta tarmoqlar uchun odatiy hisoblanadi. Bundan tashqari, quyidagi qoʻshimcha ulanish usullari ham mavjud: • ikki tomonlama halqa topologiyasi • Panjara • Daraxt • Fat tree • Kloz tarmogʻi Qoʻshimcha usullar bu asosiy usullarning kombinatsiyasidir. Umuman olganda, bunday topologiyalar aralash yoki gibrid topologiyalar deb ataladi, biroq ularning ba’zilari oʻz nomlariga ega, masalan, ,,daraxt” kabi. Aralash topologiya
Aralash topologiya tarmog'i Aralash topologiya - bu kompyuterlar oʻrtasida tasodifiy bogʻlangan yirik tarmoqlarda ustunlik qiladigan tarmoq topologiyasi. Bunday tarmoqlarda odatiy topologiyaga ega boʻlgan alohida tasodifiy bogʻlangan fragmentlarni (pastki tarmoqlarni) ajratib koʻrsatish mumkin, shu bois ular aralash topologiyali tarmoqlar deb ataladi. Markazlashtirish ,,Yulduz” topologiyasi barcha periferik tugunlarni (kompyuterlar va h.k.) markaziy tugunga ulash orqali tarmoqning ishdan chiqish ehtimolini kamaytiradi. Fizik yulduz topologiyasi Ethernet kabi mantiqiy shina tarmogʻiga qoʻllanilganda, markaziy tugun (odatda hub) har qanday periferik tugundan olingan barcha uzatishlarni tarmoqdagi barcha periferik tugunlarga, ba’zan esa kelib chiqadigan tugunga oʻtkazadi. Shunday qilib, barcha periferik tugunlar faqat markaziy tugundan uzatish va qabul qilish orqali barcha boshqa tugunlar bilan aloqa qilishi mumkin. Har qanday periferik tugunni markaziy tugun bilan bogʻlaydigan uzatish liniyasining ishlamay qolishi bu periferik tugunning boshqalardan ajratilishiga olib keladi va qolgan periferik tugunlarga ta’sir koʻrsatmaydi. Biroq markaziy tugunning ishdan chiqishi barcha periferik tugunlarning ishdan chiqishiga olib keladi. Tarmoq trafigini kamaytirish maqsadida translyatsiya rejimiga oʻtilganda tarmoqqa ulangan tugunlarning oʻziga xosligini kuzatib borishga qodir boʻlgan rivojlangan markaziy tugunlar ishlab chiqilgan. Ushbu tarmoq kommutatorlari oddiy ma’lumotlarni uzatish paytida har bir portda ,,tinglash”, ma’lumotlar paketlarini koʻrib chiqish va har bir ulangan tugun va u ulangan portning identifikatorini ichki qidirish jadvaliga yozish orqali tarmoq tartibini oʻrganadi. Ajratilgan assotsiativ xotirada saqlangan ushbu qidirish jadvali kelajakdagi uzatishlarni faqat maqsadli portga yoʻnaltirish imkonini beradi.