5.2 Qurilishni rejalashtirish va obodonlashtirishda mehnat sanitariyasi va gigiyenasi.
Har qanday jismoniy mehnat jarayonida qurilishdagi mehnat muhitining odam organizmiga salbiy ta'siri bo'ladi, chunki mushaklarning kuch ta'sirida uzayib qisqarishining ko'p marotaba takrorlanishi evaziga markaziy nerv tolalarida zo'riqish hosil bo'ladi. Shu sababli, ishlayotgan mehnatkashlarning xavfsizligini ta'minlanmagan sharoitda ishlashi markaziy nerv tizimini tezda toliqishiga va butun vujudini charchashga olib keladi. Zararli mehnat sharoitining surinkali ta'siridan kishi salomatligi sekin – asta yomonlashib boraveradi (ko'rish va eshitish qobiliyatining pasayishi, titroq kasali, ruhiy toliqishi va hokazo). Buning natijasida odamning ijobiy mehnat qilish qobiliyati qisman yoki butkul yo'qolib boradi. Bu hol kasb kasalligi deb yuritiladi. Ishchilarning sog'lig'iga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omillar qatoriga mehnat sharoiti, iqlim sharoiti, ish joyidagi zararli shovqin va tebranishlar, yorug'likning yetishmasligi, zararli chang va gazlarning me'yordan oshib ketganligi va boshqalar kiradi. Bularning inson salomatligiga salbiy ta'sirini oldini olish tadbirlarini belgilash bilan ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi fani shug'ullanadi. Uning asosiy vazifalari yuqorida sanab o'tilgan omillarning kishi organizmiga qanday ta'sir ko'rsatishi va uning oldini olish bilan bir qatorda, unga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va zararli omillarni ruxsat etilgan bezarar me'yorlarni belgilab berishdan iboratdir. Shuday qilib, qurilishda ishlab chiqarish sanitariyasi tozalik va ozodalik bo'yicha tadbirlar majmuasini tuzishdan iborat bo'lib, maqsadli ishlab chiqarish korxonalarida sog'lom mehnat sharoitini yaratishdir. Quruvchilikni o'ziga xos jihatlari ya'ni, ish joyining doim o'zgarib turishi ochiq havoda bo'lishi, bir nechta ish jarayonlarini bajara olishi va boshqalarish joyida mo'tadil iqlim sharoitini yaratishga imkon bermaydi. Shu sababdan, salomatlik va ozodalik qoidalari quruvchilar uchun ish joylarida ijtimoiy va tibbiy xizmat ko'rsatish borasida maxsus uslubiy yo'llarni izlashni taqozo etadi. Mehnat jarayonida turli vaziyatda odamga har xil salbiy omillar ta'sir qiladi. Bulari ishlab chiqarishdagi salbiy omillar deb yuritiladi va bularning insonga uzoq ta'siri natijasida paydo bo'lgan xastaliklar esa kasb kasalliklari deb ataladi. Barcha zararli omillarni odamga ta'sir xususiyatlariga qarab to'rtta yiriklashgan guruhlarga toifalash mumkin, ya'ni jismoniy, kimyoviy, biologik va psixofizologik.
Jismoniy zararli omillarga zararli gaz va chang moddalari shovqin va tebranishlar hamda qoniqarsiz iqlim va yorug'lik sharoitlari kiradi.
Kimyoviy zararli omillarga esa zaxarlanish omillarini chiqaruvchilar kiradi.
Bilogik zararli omillarga inson tanasiga mikroblar orqali ta'sir qiluvchilar kiradi.
Psixofizologik zararli omillarga esa ishchining ruhiyati va shaxsiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |