O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti



Download 4,08 Mb.
bet20/22
Sana17.07.2022
Hajmi4,08 Mb.
#816283
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
tuw 2

4.4. Qurilishda yong’in xavfsizligi.


Aholi turar joylar xududiy bosh tarxini loyixalashda, sanitariya va yong’in xavfsizligi muammolari, iqtisodiy muttanosiblik bilan birgalikda yechilishi lozim, ya’ni odamlarni ijtimoiy turmush sharoitini yaxshilash bilan barobar, bir qatorda quyidagi tadbirlarni bajarilishi shart xisoblanadi, jumladan: axoli turar joylari xududini sanoat korxonalari chegarasidan sanitariya himoya masofasi bilan muxofazalash; turar joy binolari va jamoat binolari o’rtasidag ruxsat etilgan sanitariya va yong’in xavfsizligi talablari bo’yicha minimal ximoya vositasini ta’minlash; o’t o’chirish mexanizmlarini o’z vaqtida ishlashligi uchun suv xavzalari yoki gindrat quduqlariga yaqin yondasha olishini ta’minalash; o’t o’chirish deposini joylashtirishda ularni yong’inni o’chirish paytida har bir bino va inshootga bora olish imkonini beruvchi yo’llar bilan ta’minlash va boshqalar.
Qurilish me’yorlari sanoat korxonalarini axoli yashaydigan xududlarda joylashtirishni taqiqlaydi. Axoli yashaydigan har qanday qishloq va shahar xududi chegarasida zararli chiqindilar chiqaruvchi yoki yonish va portlash xavfi mavjud bo’lgan ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish man etiladi. Sanoat korxonalarining xududiy chegarasidan to turar joy va jamoat binolarigacha bo’lgan oraliq masofani korxonalarning xavflilik sinfiga binoan sanitariya qoidalari va me’yorlari belgilaydi.
Ishlab chiqarish bazalari va ularga tegishli omborxonalar axoli yashaydigan xududdan tashqarida joylashtiriladi. Neft maxsulotlari saqlanadigan bazalar daryo, anhor va zovurlarni hudud chegarasidan chiqish joylaridagi qirg’og’idan ancha past bo’lgan chuqurliklarda joylashtirish lozim, toki avariya xolatida neft maxsulotlari daryo o’zaniga oqib tushmasin.
Zamonaviy shaxar va qishloqlardagi axoli yashaydigan maxallayu daxalardagi ko’p qavatli binolarning orasidagi sanitariya oraliq masofalari, yong’in xavfsizligi me’yori talab qiladigan yong’inga qarshi uzilish masofasidan bir necha marta katta bo’lishi sababli ikkala me’yor talablarini qondira oladi.
Turar joy massivlarida bino va inshootlar orasidagi masofa yong’in xavfsizligi va insolyatsiya talablarini xisobga olgan xolda aniqlanadi. Loyixalash jarayonida ikkalasi uchun xam xisoblanadi va ularning eng kattasi qabul qilinadi.
Binolardagi deraza orqali yoritiladigan xonalarning kuniga 3 soatlik insolyatsiyalanish shartiga binoan, bino va inshootlar orasidagi masofa deraza qarshisidagi inshootning balandligidan kam bo’lmasligi kerak.
Yong’inga qarshi oraliq masofa yong’in paytida o’t o’chirish uskunalari ishga tushirish imkonini beruvchi vaqt oralig’ida, yonayotgan binodan chivayotgan issiqlik nurlari ta’sirida atrofdagi binolarda yong’in sodir bo’lmasligini ta’minlay oladigan bo’lishi lozim.
Afsuski, shaharlarimiz mahallalarida axolining xususiy uylarini qurish jarayonida yong’in xavfsizligi qoidalarini qo’pol ravishda buzish xollari ko’plab uchraydi. Ya’ni xususiy uylar yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagan holda, yong’inga qarshi oraliq cheklanishlarsiz bir-biriga taqab quriladi. Buning oqibatida bir xonadonda sodir bo’lgan yong’indan bir nechta qo’shni xonadonlar talafot ko’rishi mumkin, chunki xususiy uylarda yuk ko’taruvchi to’sin va ustunlar hamda naqshinkor pardozlovchi ashyo sifatida asosan yog’och ishlatiladi. Bunday noxush voqyealarni oldini olish uchun uylar orasidv yong’inga qarshi oraliq masofani ikki qavatgacha bo’lgan binolarda 9m.dan 3-5qavatli bo’lganda 12-15m.dan kam bo’lmagan miqdorda me’yorlanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Qishloq va shahar hududiga yaqin joylashgan sun’iy va tabiiy suv havzalari (anhorlar) qirg’og’ida o’t o’chirish mashinalarini suv olishi uchun beton yo’lkalar qurilishi kerak bo’ladi.

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish